YUqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida ish
olib borilganda himoya ko‘zoynagi va kaskalar, protivogazlar, qo‘lqoplar, montyoming
himoya belbog‘lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash
mumkin –deb ko‘rsatilgan.
3.1.35 - bandida 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlarini qabul qilish-
topshirish va ishlatish sinovlari izolatsiyani yuqori kuchlanishda sinash, sxemani yuqori
kuchlanishda tekshirish, yonish kuchlanishini aniqlash va eng katta ishchi kuchlanishga
mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rsatgichidan o‘tadigan tokni o‘lchashdan iboratdir. 3.1.36 –
bandida
ikki
qutbli
kuchlanish
ko‘rsatgichi izolatsiyasini tekshirish uchun
izolatsiyalangan qar ikki korpus butun uzunligi bo‘yicha ajratgich halqaga folga bilan
o‘raladi va korpuslarni ulovchi sim suvli vannaga, dastakka 5 — 10 mm qolguncha, to‘la
ko‘milguncha tushiriladi. Sinov uskunasining bir simi kontakt-uchliklarga ulanib,
ikkinchisi erga ulangani esa, folgaga ulanib suvga tushiriladi – deb ko‘rsatilgan. Buning
asosiy mohiyati shundan iboratki, ishlatilayotgan elektr tokining umumiy kuchlanishi, tok
kuchi kabilari dastgoh korpusiga ta’sir etishi va u ishlayotgan kishining jarohatlanishiga
olib kelishi mumkinligi nazarda tutiladi.