• Himoyalovchi o‘chirish turlari
  • Himoyalovchi o‘chirish turlari




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    Himoyalovchi o‘chirish turlari 
    Himoyalovchi o‘chirish usullari quyidagi turlarda bo‘ladi: 
    -saqlagichli. 
    18.-rasm: Elektrdan himoyalovchi saqlagichlar: A)-110-220 V kuchlanishli elektr toki 
    uchun; B)-yuqori kuchlanishli va quvvatli elektr qurilmalari uchun; V)-YUqori 
    kuchlanishli, ko‘p fazali elektr qurilmalari uchun; G)-kam quvvat talab qiladigan elektr 
    asboblari uchun(masalan, televizor, kir yuvish mashinasi, uydagi sovitgich kabilar 
    uchun. 
    Bunday saqlagichlar tok kuchayib ketganida qisqa tutashuvga qadar 
    himoyalovchida qo‘llaniladigan o‘tkazgich suyuqlanib tarmoq tok zanjirini uzadi.
     
    -avtomatik 


    19.-rasm: Avtomatik ishlaydigan himoyalovchi o‘chirgich: 1-avtomatik saqlagich; 2-
    almashtirgichli tugmacha; 3-mexanik haydovchi; 4-kontaktli tizim; 5-ulagichlar; 6-tokni 
    sozlagich vinti(kuchaytirish); elektromagnitli ajratgich; 8-elektr yoyni so‘ndiruvchi 
    kamera. 
    Avtomatik himoya o‘chirgichi tok me’ri buzilishi bilan o‘zi avtomatik ravishda 
    tarmoq tok zanjirini uzadi. 
    -releli – bu tok o‘zgarishi bilan kontaktlar orasida bo‘shliq hosil qilib, tok zanjirini 
    tarmoqdan uzadi. 
    -yarim o‘tkazgichli – bu tok bir tomonlama o‘tkazish xossasi asosida ish jarayonida 
    tizimdagi elektr toki kuchayishi hisobiga rele kontaktlarni uzishi turkumida ishlaydi. 
    -mexanik – bu turdagi o‘chirgichlar ishchi tomonidan bajariladigan vklyuchatel va 
    rubilniklar turkumida bo‘ladi. 
    Himoyalovchi o‘chirishning avtomatik, releli, yarim o‘tkazgichli usullarida 
    o‘chiruvchi qurilma ichidagi kontakt beruvchi qism qizishidan kengayish hisobiga tegib 
    turuvchi kontaktlar orasini ochib, tarmoq bilan bo‘lgan tok zanjiri uzilishiga asoslangan 
    bo‘ladi. 
    Mexanik usuldagi himoyalovchi o‘chirish qurilmasining dastasi – dielektrik 
    materialdan qilingan bo‘lib, 220 V dan toki kilovoltli kuchlanishlarga qarab 25 sm dan 
    toki 1,5-2 metrgacha uzunlikda bo‘ladi. O‘chiruvchi shaxs richagdan ushlab o‘chirishi 
    uchun o‘zi rezina qo‘lqop kiyib olishi talab etiladi. 
    Tegishli elektrik tomonidan himoyalovchi o‘chirgich qurilmalar tekshirib turilishi 
    ko‘zda tutiladi. Bu bilan birgalikda qisqa tutashuv o‘lchagich yordamida kuchlanish 
    o‘lchagichning maksimal ko‘rsatishi, himoya vositalarining dielektrik ko‘rsatkichlari, 
    elektr qurilmaning metall korpusidagi tok kabilar ham o‘lchash ko‘zda tutiladi. 
    Qisqa tutashuv o‘lchagichda amalga oshiriladigan ishlardan: 
    -sinalayotgan kuchlanish ko‘rsatkich va transformator kuchlanishi orasidagi o‘zaro 
    bog‘lanishni tekshirish: 


    20-rasm: Kuchlanish ko‘rsatgichi dastagi va simi izolatsiyasining elektr 
    mustahkamligini sinash prinsipial shakli: 1 — sinalayotgan kuchlanish ko‘rsatgichi; 2 — 
    sinalayotgan transformator; 3 — suvli vanna; 4 — elektrod sim. 
    21-rasm: Dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlarni sinash prinsipial shakli: 1 
    — sinov transformatori; 2 — almashlab ulovchi kontaktlar; 3 — shuntli qarshilik (15 — 
    20 kOm); 4 — gazorazryadli lampa; 5 — drossel; 6 — milliampermetr; 7 — 
    razryadlovchi qurilma; 8 — suvli vanna; 9 – sinalayotgan rezina qo‘lqop. 
    Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining izolatsiyalovchi korpusi butun uzunligi 
    bo‘yicha ajratgich halqasigacha uzunligi bo‘yicha folga bilan o‘raladi. Folga bilan dastak 
    boshidagi kontakt orasida kamida 10 mm ochiq joy qoldiriladi. Sinov uskunasining bir 
    simi kontakt-uchlikka ulanib, ikkinchisi — erga ulangan simi — folgaga ulanadi. 
    Sinovlarni dielektrik qo‘lqop, etik va kalishni sinash uchun mo‘ljallangan uskuna 
    vositasida o‘tkazish tavsiya qilinadi. 
    500 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan kuchlanish 
    ko‘rsatgichi uchun sinov kuchlanishi 1 kV ni, 660 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida 
    — 2 kV ni tashkil qiladi. Sinovning davom etish muddati 1 minut. 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish