o‘chirishni ta’minlaydi.
Himoyalovchi o‘chirish uskunalar er bilan mustahkam yoki chala tutashuvida,
izolyasiyani, erga
ulash yoki nollanish zanjirini, hamda o‘z-o‘zini avtomatik holatida
nazorat etishda zarurdir.
Himoyalovchi o‘chirish o‘z himoyalovchi funksiyalarni bajarish uchun quyidagi
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: etarlicha sezgirchanligi, tez harakatlanishi (0,2 sek.dan
oshmagan vaqt davomida o‘chirish talab etiladi) ishonchli ishlash, o‘z-o‘zini nazorat
etish va hakazo.
Sezuvchi
omillarning
o‘zgarilishi kirish qiymatlariga bog‘liq bo‘lgan
himoyalovchi o‘chirish vositalarini sxemalari quyidagicha: qobig‘i erga nisbatan
kuchlanish sxemalari er bilan tutashuvga tokni nol ketma-ketlik kuchlanishiga, nol
ketma-ketlik tokini, erga
nisbatan fazani kuchlanishiga, doimiy tezkor tokiga,
o‘zgaruvchan tezkor toki va aralash sxemalarida qo‘llaniladi. Bu sxemalarni zanjiriga
magnit yurg‘izgichli g‘altagini (MG‘) kiritilib himoyalovchi o‘chirish (HO‘G‘) meyorli
berk kontaktli relesiga ketma-ket “Pusk” va “Stop” tugmalari bilan ulanadi.
16-rasm. Himoyalovchi o‘chirish sxemasi
1- korpus; 2- avtomatik o‘chirish; KO-
o‘chirish
g‘altagi;
N
–
maksimal
kuchlanish relesi; RZ - erga ulash
qarshiligi; Rb –yordamchi erga ulash
qarshiligi
Erga
nisbatan
qobiq
kuchlanishi
va
erga
tutashuv
tok
sxemalari
eng oddiy himoya
vositalari hisoblanadi.
Himyalanayotgan asbob-uskuna qobig‘i orqali erga ulaniladi. Qobig‘i erga
nisbatan kuchlanish sxemasida-kuchlanish relesi, er bilan tutashuv toki sxemasida esa-tok
relesi orqali erga ulanadi. Ulama (erga nisbatan kuchlanish yoki er bilan tutashuv toki)
ko‘tarilishi bilan rele ishlab ketadi va MG‘ ni toksizlantiradi. Asbob-uskuna o‘chadi.
Sxema to‘g‘ri ishlashi uchun dastak nazorat qilinishi ko‘zda
tutilgan, nazorat tugmasi
bosilishi bilan asbob-uskunani qobig‘iga fazalaridan biri sun’iy ulanib qoladi. Himoyaviy
o‘chirish to‘g‘ri bajarilganida asbob-uskuna o‘chib qoladi.
Qobig‘i
erga
nisbatan
kuchlanish
sxemasi
da jiddiy kamchiligi asbob-uskunani
qobig‘ini va g‘altakni ikkinchi simi aloxida erga ulab qo‘yish shart. Boshqa holatida,
qobiqni erga ulash qurilmasi bilan kuchlanish relesini g‘altak orqali, katta qarshilik bilan
erga ulanadi. Tok rele kuchlanishida (er bilan tutashuv toki sxemasida) bunday
kamchiligi yo‘q.
Nol
ketma-ket
kuchlanish
sxemasi
da datchik bo‘lib nol ketma-ket kuchlanishni
filtiri qo‘llaniladi. Filtr bo‘lib yulduz shaklida ulangan voltmetrlar, cho‘g‘lanuvchi
lampalar,
kondensatorlar, registorlar hamda gazlashgan yoritkichlar bo‘lishi mumkin.
SHu bilan birga ish bajaruvchi releni yulduzni umumiy nuqtasi bilan er orasida
o‘rnatiladi. Filtr sifatida kuchlanish transformatorlarni ham, qo‘llash mumkin. Faqat
birlamchi cho‘lg‘amini erga ulangan yulduziga o‘rnatiladi. Tarmoq qismini uzadigan
MG‘ (HO‘G) kontakti ulanadi.
Nol ketma-ketlik kuchlanish sxemalari antisimmetriyaga juda sezgir boladi. Inson
fazali simga tegib ketishi bilan kuchlanishni simetriyasi buziladi va shu zahoti himoya
vosita ishlab ketadi. Fazani erga ulanib qolishida eng katta miqdorda antisimetriya hosil
bo‘ladi.
Sxemani ijobiy tomoni shundaki, tuzilishini soddaligi
va faza erga ulanib qolishi
yoki erga ulangan asbob-uskunani qobig‘iga ulanib qolgan holatida aniq ishlab ketadi.
Sxemani kamchiligi butun tarmoqni uzilib qolishida, izolyasiya qarshiligini simmetrik
o‘zgarishlariga ta’sir etmasligi va erga ulangan neytral tarmoqlarda kerak bo‘lmasligidan
iborat.
Himoya vositalari o‘zgarmas tezkor tok sxemalarida o‘zgarilmas tezkor tokni
izolyasiyasini avtomatik holatida nazorat qilib turadi .
Sxemadagi drossellar bajaruvchi rele orqali o‘zgarmas tokni chegaralash filtri
o‘rnida qo‘llaniladi. Agar tarmoqni ekvivalent erga nisbatan qarshiligi meyoridan pasayib
ketsa va tok rele cho‘lg‘ami orqali ko‘payib ketadigan bo‘lsa, rele ishga tushadi.
Uskunani nosozligi tufayli (misol uchun zanjirni uzilishi) tok rele orqali nolgacha
pasayib ketadi va elektr tarmoqni o‘chiradi, ya’ni sxema o‘z-o‘zini nazorat qiladi.
Sxemani ijobiy tomoni, bu baland sezuvchanlikka egaligi, misol uchun fazalardan
biriga tegib ketilsa, unda insonni xavfsizligini ta’minlay oladi. Salbiy tomoni butun
tarmoqni o‘chirishi va faqat izolyasiyalangan neytral
tarmoqlarida qollanilishi
mumkinligi.
17-rasm.Himoya vositali o‘zgarmas tezkor tok sxemasi
Insonni xavfsizligini ta’minlaydigan, etarlicha sezgirchanligiga ega bo‘lgan nol
ketma-ketlik tok sxemalari ohirgi vaqtda keng qo‘llanilib keladi. Bu sxemalarni
kuchlanishi 1000 V dan oshiq bo‘lgan tarmoqlarda istalgan neytral rejimida qo‘llash
mumkin. SHu sxeamalarida datchik bo‘lib nol ketma-ket tokni filtri xizmat qiladi.
Nol ketma-ket tokni filtri bo‘lib uchta bir xil tok transformatorlari xizmat qilish
mumkin. Ularni ikkinchi chulg‘amlari parallel ulangan bo‘lib, bajaruvchi rele bilan
boyitilgan, hamda birinchi chulg‘am o‘rniga tarmoqni barcha o‘tkazgichlarni qamrab
oladi. Nol ketma-ket tok transformatorni magnitli o‘tkazgich, birinchi holatida ikkilamchi
chulg‘amlarni toklari qo‘shiladi, ikkinchi holatida-magnit oqimi, ta’siri natijasida
kuchlanishni simmetriyasi buzilganida hosil bo‘ladigan
nol ketma-ket toki ajralib
chiqadi.
Mustahkam erga ulangan neytral tarmoqlarida filtrni (tok transformatori), oziqa
manbaini neytral nuqtasi bilan ishchi erga ulash qurilmasi orasidagi o‘tkazgichga
qo‘shiladi.
Sxemani ijobiy tomoni uni universalligi (tarmoqdagi neytral rejimiga bog‘lig‘i
yo‘q) va baland sezgirchanligi, salbiy tomoni esa, nol ketma-ket transformatorini
konstruksiyasini murakkabligi (disbalans tok hisobiga).
Himoya vosita uskunalarini birinchi navbatda yurgiziladigan elektr uskunalarida
va dastakli elektr asboblariga qo‘llanish kerak.
Himoya o‘chirish yagona himoya vositasi o‘rniga (himoyalovchi erga ulash yoki,
nollanish himoya vositasi o‘rniga) yoki, asosiy himoya vositasi qilib, qo‘shimcha erga
ulash yoki nollatish bilan birga qo‘llanishi mumkin.