|
elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisiBog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi
— elektr energiyasini hosil
qiluvchi korxonalar bilan elektr energiyasini xarid qilish, hududiy elektr tarmoqlari
korxonalariga elektr energiyasini sotish, magistral elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr
energiyasi uzatish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi berilgan elektr energetikasi
sohasidagi maxsus vakolatli organning tarkibiy qismi;
hisob-kitob davri
— uning doirasida elektr energiyasi (quvvati) iste’moli sarfi
(hajmi) belgilanishi, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun iste’molchi va hududiy
elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi shart bo‘lgan vaqt davri
(oy);
hisob-kitob amalga oshiriladigan elektr energiyasini hisobga olish
uskunasi
— elektr energiyasini hisobga olish uskunasi bo‘lib, iste’mol qilingan elektr
energiyasining haq to‘lanishi lozim bo‘lgan hajmi uning ko‘rsatkichlari asosida
aniqlanadi;
elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish
— elektr energiya uchun
o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun hisobga olish asboblarining
ko‘rsatgichlariga asoslanadigan, elektr energiyasini (quvvatini) ishlab chiqarish, uzatish,
taqsimlash va iste’mol qilishda uning haqiqiy hajmlarini o‘lchash tizimi;
elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmui
— elektr
energiyasi (quvvati) uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan
hisoblash majmui yoki ularning yig‘indisi, shuningdek o‘zaro bir-biri bilan belgilangan
chizma bo‘yicha ulangan bir birikmaning qurilmalari yig‘indisidan tashkil topadigan va
elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish uchun mo‘ljallangan uskunalar (tok va
kuchlanishning
o‘lchash transformatorlari, schetchiklar, telemetrik datchiklar,
informatsion-o‘lchash tizimlari va ularning aloqa tarmoqlari va boshqalar) elektr
energiyani hisobga olishning o‘lchash majmuini tashkil etadi;
|
| |