• 3-§. Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi
  • -§. Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    3-§. Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi 
    26. Elektr energiyasining ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’moli qilish 
    jarayonining uzluksizligi tizim operatori tomonidan bajarilayotgan yagona tezkor 
    dispetcherlik boshqaruvi (keyingi o‘rinlarda — YADB) tomonidan ushlab turiladi, uning 
    vazifasi yagona elektr energetika tizimining faoliyatini ta’minlash, elektr energiyasi 
    ishlab chiqarish va iste’moli balansini ushlab turish, avariyaviy rejimni oldini olish, 
    shuningdek uni bartaraf etish, avariyaviy rejimning bartaraf etilganidan so‘ng tizim 
    ishonchligini tiklash, iste’molchilarni energiya ta’minotning barqarorligi va ishonchligini 
    ta’minlash, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida minimal 
    texnologik sarfni ta’minlovchi optimal rejimni tanlashdan iboratdir. 
    27. Dispetcherlik boshqaruv, xizmat va punktlarining rejim xususiyatidagi tezkor 
    farmoyishlari yagona elektr energetika tizimiga ulangan barcha energetika korxonalari 
    uchun majburiydir. 
    28. YAgona elektr energetika tizimiga ulangan energetik korxonalarning 
    kelishilgan holda ishlashi sutka davomida markazlashgan YADB asosida bajariladi. 
    29. YADB ierarxik tuzilmasi asosida bajarilib, alohida darajalar orasidagi tezkor 
    nazorat qilish va boshqarish vazifalarini taqsimlashni, shuningdek pastki darajani yuqori 
    darajaga bo‘ysunishini nazarda tutadi. 
    30. YUqori turuvchi dispetcherlik xizmatining tezkor farmoyishlari idoraviy 
    mansubligidan qat’iy nazar elektr energiyasini (quvvatni) ishlab chiqarish, uzatish, 
    taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida qatnashuvchi barcha energetika korxonalarining 
    past pog‘onadagi dispetcherlik tuzilmalari tomonidan bajarilishi majburiydir. 
    31. YAgona elektr energetika tizimi tomonidan YADB amalga oshirilayotganda 
    tezkor farmoyish bajarilmasligi, moddiy zararga olib kelgan taqdirda, O‘zbekiston 
    Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlik keltirib chiqaradi. 
    32. Elektr energiyasini (quvvatni) ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash 
    jarayonida qatnashuvchi energetika korxonalari yagona elektr energetika tizimini YADB 
    uchun zarur bo‘lgan texnik axborotni yuqori turuvchi dispetcherlik xizmatiga taqdim 
    etishi shart. 


    33. Dispetcherlik xizmati rahbariyati va xizmatchilar qonunchilikka muvofiq 
    quyidagilarni ta’minlashga javobgardir: 
    yagona elektr energetik tizimning ishonchli va tejamli ishlashini; 
    yagona elektr energetik tizim asosiy tarmoqlarining ishonchli tezkor sxemalarini 
    o‘z vaqtida ishlab chiqishni; 
    yagona elektr energetik tizimining barqaror ishlashini; 
    elektr energiyasi sifati bo‘yicha talablar bajarilishini; 
    elektr energiyasini uzatishga uning sarfi me’yorlarini va tasdiqlangan maqbul 
    rejimdan asoslanmagan holda chetga chiqilishi tufayli me’yordan yuqori sarflarni 
    yo‘qotishni. 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish