elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish ma’lumotlarini yig‘ish
—
energetika korxonalari o‘rtasida elektr energiyasini (quvvatini)
oldi-sotdi va uzatish
shartnomalari bo‘yicha zarur bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun
elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish nuqtasidan hisoblash davri (kalendar
oyi) uchun ma’lumotlarni olish va qayta ishlash jarayoni.
I bob. Umumiy qoidalar
2. Elektr
energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida
qatnashayotgan energetika korxonalarning faoliyati quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak:
milliy energetik resurslardan
oqilona foydalanish, energiya va ishlab chiqarish
potensialidan samarali foydalanish. Energiya ta’minoti tizimini loyihalash, qurish,
kengaytirish, qayta jihozlash va ekspluatatsiya qilishda energiyadan oqilona foydalanish
masalasi bu ishlarning zaruriy qismini tashkil etishi kerak;
elektr energiyasini uzatish va taqsimlash rejimlarini maqbullashtirish va ishlab
chiqarish samaradorligini ko‘tarish hisobiga energiya va yoqilg‘i sarfini kamaytirish;
elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritishni tashkil etish;
tezkor-dispetcherlik boshqaruvini tashkil etish;
elektr energiyasini
ishlab chiqaruvchi, uzatuvchi va taqsimlovchi elektr
qurilmalarda mehnat xavfsizligini ta’minlash.
3. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida
qatnashuvchi xo‘jalik sub’ektlarining yangidan qurilayotgan
va qayta jihozlanayotgan
elektr qurilmalarini loyihalash Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari, shaharsozlik
me’yorlari va qoidalari, shuningdek boshqa normativ hujjatlari
talablariga muvofiq
bajarilishi kerak.
4. Elektr qurilmalarni ekspluatitsiya qilish, ta’mirlash, sozlash va boshqa ishlar
O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya
qilish qoidalari (ro‘yxat raqami 1405, 2004 yil 10 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plarni, 2004 y., 36 (120)-son, 405-modda),
Elektr qurilmalarini
ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari, Elektr stansiyalarining uskunalari,
bino va inshootlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish qoidalari va
Energetik korxonalar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarining (ro‘yxat raqami 1341, 2004
yil 22 aprel — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘plarni, 2004 y., 16-son, 194-
modda) talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
5. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida
qatnashuvchi xo‘jalik sub’ektlarining elektr qurilmalari elektr uskunalarini sinash
qoidalari va me’yorlarining talablariga muvofiq sinovdan o‘tkazilishi shart.
6.
Elektr
energiyasining
ishlab
chiqarilayotgan,
uzatilayotgan
va
taqsimlanayotgan umumiy hajmi hisobga olinishi majburiydir. Hisobga olish davlat
standartlari va o‘lchash aniqliklari me’yoriga muvofiq bajariladi.
7. Elektr energiyasini hisobga olish vositalarini metrologik nazorat qilish, davlat
metrologik xizmati organlari va yuridik shaxslarning metrologik
xizmati tomonidan
bajariladi.
8. Elektr energiyasining sifatini nazorat qilish «O‘zstandart» agentligi tomonidan
akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Elektr energiyasini (quvvatini) ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashda
energetika korxonalari O‘zbekiston Respublikasining «Tabiat muhofazasi to‘g‘risida»gi,
«Suv va suvdan foydalanish haqida»gi, «Atmosfera havosini muhofaza qilish haqida»gi
qonunlarining va boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ekologik xavfsizlikni
ta’minlovchi texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak.
11. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son
qarori bilan
tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari hamda ular o‘rtasida tuzilgan
shartnomalar bilan tartibga solinadi.