• II bob. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash 1-§. Elektr energiyasini ishlab chiqarish
  • 2-§. Elektr tarmoqlarida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash
  • Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    II bob. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash 
    1-§. Elektr energiyasini ishlab chiqarish 
    12. O‘zbekiston Respublikasining elektr energiya resurslari o‘zida ishlab 
    chiqarilgan hamda boshqa davlatlar elektr energetik tizimlaridan import qilingan elektr 
    energiyasidan iborat bo‘ladi. 
    14. Elektr energiyasini ishlab chiqarishning hajmi va iste’moli hajmi O‘zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tomonidan tasdiqlanadigan elektr energiyasini 
    ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansiga muvofiq shakllanadi. 
    15. YOqilg‘ining strategik zaxirasini shakllantirish, to‘plash va saqlash tartibi 
    Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 26 iyundagi 287-56-son «O‘zbekiston Respublikasi 
    davlat strategik zaxirasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori 
    bilan belgilanadi. 
    16. Elektr stansiyalari elektr energetika sohasida davlat nazorat organi bo‘lgan va 
    elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda va iste’mol qilishda xavfsizlikni 
    ta’minlash bo‘yicha choralar qo‘llanishini, shuningdek undan oqilona foydalanishni 
    nazorat qiluvchi «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi tomonidan energetik nazoratga 
    olinishi lozim bo‘ladi. 
    2-§. Elektr tarmoqlarida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash 
    17. Elektr tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash 
    iste’molchilarning elektr ta’minoti uchun amalga oshiriladi. 
    18. Elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalardan elektr 
    energiyasini, keyinchalik uni magistral elektr tarmoqlari bo‘yicha uzatish va hududiy 
    elektr tarmoqlari korxonalariga sotish maqsadida, sotib olish tuzilgan shartnomaga 
    muvofiq elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi tomonidan bajariladi. 
    19. Elektr energiyasini sotib olish va sotish hajmi elektr energiyasini (quvvatini) 
    elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish ma’lumotlari bo‘yicha belgilanadi. 
    20. Elektr energiyasini uzatish magistral elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 
    elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha amalga 
    oshiradilar. 
    21. Hisob-kitob davrida magistral elektr tarmoqlari korxonalariga to‘lanishi 
    lozim bo‘lgan elektr energiyasi hajmi, elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisining 
    elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalari va blok-sansiyalardan sotib olingan elektr 
    energiyasining umumiy hajmidan, boshqa davlatlar elektr energetik tizimlaridan import 
    va tranzit qilingandan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va iste’molchilar 
    tarmoqlariga bevosita elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalaridan kelib tushgan 
    elektr energiyasining ayirmasidan tashkil topadi. 
    22. Hisob-kitob davrida magistral elektr tarmoqlari korxonalarining tarmoqlari 
    orqali elektr energiyasini uzatish uchun sarf, elektr energiyasining yagona xarid 
    qiluvchisining elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalari va blok-sansiyalardan 
    sotib olingan elektr energiyasining umumiy hajmidan, shuningdek boshqa davlatlar elektr 
    energetik tizimlaridan import qilingan elektr energiyasini yagona sotib oluvchi 
    tomonidan hududiy elektr tarmoqlariga sotilgan, va eksport qilingan hajmining ayirmasi 


    bilan aniqlanadi. Magistral elektr tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasini uzatishga ketgan 
    uning sarfi, magistral elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasining 
    yagona xarid qiluvchisidan elektr energiyasining sotib olinishi hisobiga qoplanadi. 
    Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda uning 
    texnologik yo‘qotishlarini hisoblash Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish 
    va 
    taqsimlashda 
    texnologik 
    yo‘qotishlarning normativlarini hisoblash tartibi 
    to‘g‘risidagi 
    yo‘riqnomaga
     (ro‘yxat raqami 2871, 2017 yil 31 mart) muvofiq amalga 
    oshiriladi. 
    23. Elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonasidan va blok-stansiyalardan 
    elektr energiyasini sotib olish, elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari 
    korxonalariga sotish, shuningdek elektr energiyasini uzatish va elektr energiyasini 
    uzatishda uning sarflari uchun magistral elektr tarmoqlari korxonalariga to‘lov tariflari 
    qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi. 
    24. O‘tgan hisob-kitob davridagi elektr energiyasini sotib olish, sotish va 
    uzatishning noto‘g‘ri aniqlangan hajmi aniqlanganda joriy hisob-kitob davrida 
    yuritilayotgan tarif bo‘yicha tegishli korrektirovka kiritiladi. 
    25. Elektr tarmoqlari «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi tomonidan nazorat 
    qilinishi lozim. 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish