• 2-§. Elektr energiyasining davlatlararo o‘tkazmalarini hisobga olish
  • -§. Elektr energiyasining davlatlararo o‘tkazmalarini hisobga olish




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    2-§. Elektr energiyasining davlatlararo o‘tkazmalarini hisobga olish 
    54. Elektr energiyasining davlatlararo uzatishlar O‘zbekiston Respublikasi 
    bojxona hududi elektr uzatish tarmoqlari orqali olib o‘tiladigan elektr energiyasining 
    bojxona 
    nazorati 
    va 
    rasmiylashtiruvini 
    amalga 
    oshirish 
    tartibi 
    to‘g‘risidagi 
    nizomga
     (davlat ro‘yxati 1433, 2004 yil 17 dekabr) muvofiq davlatlararo 
    elektr uzatish tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. 
    55. Elektr energiyasining davlatlararo o‘tkazmalarini hisobga olish elektr 
    energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansini shakllantirish, moliyaviy hisob-
    kitobni amalga oshirish, ushbu oqimlarda elektr energiyasining texnologik sarfini 
    aniqlash, shuningdek elektr tarmoqlarining ish rejimlarini maqbullashtirish maqsadida 
    amalga oshiriladi. 
    56. Davlatlararo elektr uzatish tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasining 
    (quvvatining) o‘tkazmasiga bo‘lgan texnik talablar, shuningdek elektr energiyasining 
    hisob-kitob hisobini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar hukumatlararo 
    bitimlar asosida shartnomalarda kelishib olinadi. 
    57. Davlatlararo elektr energiyasi uzatmalari tarmoqlaridagi elektr energiyasining 
    hisob-kitob hisobini yuritish tizimlari mazkur bobning 1-paragrafi talablariga muvofiq 
    amalga oshirilishi kerak. 
    58. Davlatlararo elektr uzatish tarmoqlarida o‘rnatilgan hisob-kitob hisobini 
    yuritish tizimlari o‘zaro munosabatdagi tomonlar vakillari tomonidan birgalikda davriy 
    tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Tekshiruv shartlari va tartibi tomonlarning shartnomasida 
    aniqlanadi. 
    59. YAgona elektr energiya tizimining magistral elektr tarmoqlari bo‘yicha elektr 
    energiyasining davlatlararo tranzit uzatmalari amalga oshirilishi mumkin. Elektr 
    energiyasining tranzit uzatmalari tartibi va shartlari hukumatlararo bitimlar va xalqaro 
    huquq normalari asosida shartnomalarda aniqlanadi. 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Elektr energiyasining davlatlararo o‘tkazmalarini hisobga olish

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish