lozim bo‘lgan ro‘yxatlarda keltirilgan vakolatli shaxslar tomonidan imzolash orqali
amalga oshiriladi.
84. Ishni xavfsiz bajarishga javobgar shaxslar tomonidan qabul qilingan barcha
harakatlar o‘zaro kelishilishi kerak. Har ikki tomon xavfsizlik choralari bo‘yicha
ko‘rilgan choralar ko‘rilgan qurilmalarni identifikatsiya qilishi kerak.
85. Ish boshlanishidan oldin barcha tomonlar xodimlarga mazkur ob’ektda
ishning xususiyatlari hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar to‘g‘risida
instruktaj o‘tkazishlari shart. Agar zarurat bo‘lsa, shaxsiy himoya vositalari ko‘zda
tutilishi kerak.
86. Ishlarni xavfsiz olib borish uchun javobgar shaxs ishlarning xavfsiz
bajarilishini ta’minlaydigan choralar bajarilgandan so‘nggina ishlar (sinovlar) o‘tkazish
uchun ruxsat berishi lozim.
87. Ish (sinovlar) tugatilganidan so‘ng, ularning bajarilishiga javobgar shaxslar
ish (sinovlar) tugatilgan va xodimlar ish joyidan chiqarilishi haqida ish xavfsizligi uchun
javobgar shaxslarga xabar berishadi. Xabar har ikkala tomonda mavjud bo‘lishi lozim
bo‘lgan ro‘yxatlarda keltirilgan vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan yozma yoki
telefonogramma orqali rasmiylashtirilishi kerak.
88. Xavfsizlik choralarini bekor qilish va o‘zgartirish ketma-ketligi tegishli
dispetcherlik xizmatlarining buyruqlariga binoan kelishilgan rejaga muvofiq amalga
oshiriladi.
89. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchilar ishning xavfsizligini
ta’minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish jadvallarini tuzadilar
va kelishib oladilar va mazkur bobning talablariga muvofiq xavfsizlik masalalarini
muvofiqlashtirish uchun zarur bo‘lgan har qanday hujjatlarni, shu jumladan, ularga
tegishli barcha xabarlarning xronologik qaydlarini, shuningdek, ishlarni (sinovlarni)
o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilgan xavfsizlik choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotni
keyinchalik arxivda saqlashlari kerak.
90. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va iste’molchilar ekspluatatsiya
qiluvchi xodimlar uchun etarli axborotni qamrab olgan elektr qurilmalarining sxemalarini
almashishlari kerak.
91. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan elektr
qurilmalar, taqsimlash tarmog‘i va har qanday foydalanuvchining tizimi Elektr
qurilmalarda foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalarning
talablariga muvofiq himoya vositalari bilan to‘ldirilgan bo‘lishi shart.
92. Barcha elektr uskunalar ishchi chastotaga, nominal kuchlanish va tokka,
shuningdek u ulangan taqsimlash tarmog‘ining qisqa tutatish tokiga (keyingi o‘rinlarda
— QT), QT va kommutatsiya rejimlariga bardoshlilik imkoniyatlarini hisobga olgan
holda mos kelishi shart.
93. Elektr uskunalar, elektr uzatish tarmoqlari va er osti kabellar qizish bo‘yicha
ko‘rsatgichlar standartiga muvofiq nominallar chegarasida ekspluatatsiya qilinishi va
xavfsizlikni boshqarish tizimi doirasida taqsimlovchi tarmoqlarning ekspluatatsiya
parametrlariga muvofiq kelishi lozim.