60. Energetika korxonalarida elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritishni
avtomatlashtirish maqsadida elektr energiyasini nazorat
qilish va hisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimlari kiritilishi lozim bo‘lib, quyidagi vazifalarni hal etishni
ta’minlashga qaratiladi:
energetika korxonalarining o‘zaro hisob-kitoblari (shu qatorda differensial
tariflar bo‘yicha ham) olib borish uchun hisob-kitob hisobini yuritish ma’lumotlarini
to‘plash, axborotni yuqori boshqaruv darajasiga uzatish;
alohida elektr tarmoqlari, tugunlar va umuman yagona elektr energetika tizimi
bo‘yicha elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansini shakllantirish;
asosiy iste’molchilar tomonidan elektr energiyasini iste’mol
qilish va elektr
energiyasidan foydalanish rejimlarini tezkor tekshirish va tahlil qilish;
statistik hisobotni shakllantirish;
iste’molchilar yuklamalarini maqbul boshqarish;
moliya-bank
operatsiyalari
va
iste’molchilar
bilan
hisob-kitobni
avtomatlashtirish;
elektr energiyasini hisobga olish asboblari ko‘rsatgichlarining ishonchligini
tekshirish.
61. Energetika korxonalarida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga
olishning avtomatlashtirilgan tizimlari loyihaga muvofiq, seriyali ishlab chiqarilgan
texnik vositalar va dasturiy ta’minot asosida qonun hujjatlarida
belgilangan talablarga
muvofiq bajarilishi kerak.
62. Energetika korxonalarida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga
olishning avtomatlashtirilgan tizimlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan akkreditlangan
metrologik xizmatga ega bo‘lgan montaj tashkilot tomonidan amalga oshirilishi kerak.
63. Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimlari qurilmalari elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar amalga
oshiriladigan nazoratdagi barcha hisobga olish uskunalarining ko‘rsatgichlarini bir vaqtda
qayd etish imkonini ta’minlashi lozim.
Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar amalga oshiriladigan hisobga olish
uskunalari aniq vaqtning signallari bo‘yicha yil, oy, sana, soat, daqiqalar va sekundlarni
avtomatik tuzatadigan aniq astronomik vaqt tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Elektr
energiyasi
iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimlari ko‘rsatgichlarini o‘zgartirishdan va ma’lumotlarga ruxsatsiz
kirishdan kompleks himoya bilan ta’minlangan, shuningdek inson ta’siri
omili
minimallashtirilgan bo‘lishi shart.
Elektr
energiyasi
iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimlari qurilmalari elektr energetika ob’ektlari bo‘yicha:
sutka davomida uzluksiz va «uyda» navbatchilik qilinganda — 45 sutkagacha;
tezkor-chiqish brigadasi (keyingi o‘rinlarda — TCHB) tomonidan xizmat
ko‘rsatilganda — 80 sutkagacha zarur ma’lumotlarni saqlashni ta’minlashlari lozim.
Elektr
energiyasi
iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimlarining asosiy ta’minotida tanaffus bo‘lganda, yig‘ilgan
ma’lumotlarni va soat yurishini saqlab qoladigan zaxira manba bilan ta’minlangan
bo‘lishi kerak.
64. Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimlari qurilmalarini ekspluatatsiyaga
kiritish vaqtida ular
belgilangan tartibda metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
65. Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimlarida ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish tizimi dispetcherlik
boshqaruvining tuzilishiga mos keladigan ierarxik tuzilishga ega bo‘lishi, ekspluatatsiya
qilinadigan aloqa vositalari, kommutatsiya qilinadigan va ajratiladigan aloqa kanallarini
maksimal
darajada ishlatishi, shuningdek zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan
foydalanishda ish samaradorligini ta’minlashi kerak.
66. Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimlari dalolatnoma bo‘yicha ekspluatatsiyaga topshirilgandan
so‘ng tegishli energetika korxonasining balansiga qabul qilinishi kerak.
67. Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning
avtomatlashtirilgan tizimlarini ekspluatatsiya qilish tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.