• IV bob. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish 1-§. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish tizimiga bo‘lgan asosiy talablar
  • Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    IV bob. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish 
    1-§. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish tizimiga bo‘lgan asosiy 
    talablar 
    48. Elektr energiyasining (quvvatining) hisob-kitob hisobini yuritish va 
    keltirilgan hisobni yuritish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish o‘rnatilgan tartibda barcha 
    energetika korxonalarida bajarilishi shart. 
    49. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish jarayonida 
    qatnashuvchi barcha energetika korxonalarida elektr energiyasining (quvvatining) hisob-
    kitob hisobini yuritish quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 
    500 kV — 6 kV li elektr tarmoqlari va past kuchlanishli zanjirlarda elektr 
    energiyasining (quvvatining) hisob-kitob hisobini yuritishning har bir nuqtasida elektr 
    energiyasini qabul qilish va berish hajmini kWh va kVArh da, quvvatini kW da o‘lchash 
    imkoniyati mavjudligi; 
    elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualari O‘zstandart» 
    agentligi tomonidan ro‘yxatdan va metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan hamda 
    qo‘llanishga ruxsat etilgan bo‘lishi shart; 
    elektr energiyasining (quvvatining) hisob-kitob hisobini yuritish majmualari 
    elementlarining aniqligi va xar bir elektr energiyasining (quvvatining) hisob-kitob 
    hisobini yuritish nuqtasida o‘lchalishi lozim bo‘lgan parametrlar ulangan uskunaning 
    kuchlanishi va quvvatiga muvofiq aniqlanishi lozim; 
    elektr energiyasining (quvvatining) hisob-kitob hisobini yuritish majmualarining 
    uskunalari mazkur Qoidalar ilovasining 1- va 2-jadvallarida o‘rnatilgan o‘lchash 
    aniqligini ta’minlashi shart; 
    elektr energiyasi uchun hisob-kitob amalga oshiriladigan hisob yuritish asboblari 
    Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — HEK) standarti, 60687 (0,2S 
    klassi), 60687 (0,S) Standarti yoki GOST 30206-94 (MEK 987-92 ), 61035 (1,0 klassi) 
    yoki GOST 30207 (MEK 1036-90), HEKning 61268 Standarti (2,0 klassi) talablariga 
    muvofiq bo‘lishi shart; 
    elektr energiyasi uchun hisob-kitob amalga oshiriladigan hisob yuritish asboblari 
    Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi, O‘zbekiston 
    Respublikasining moslik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak; 
    elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualari zanjirlari, 
    kuchlanish transformatorlarining katak va kameralari, ularning saqlagichlari, kuchlanish 
    zanjirlarining avtomatik uzgichlari, sinash bloklari va hisob yuritish zanjirlarining barcha 
    oraliq klemmniklari tashqi kirishdan himoyalangan bo‘lishi va o‘zaro hamkor tomonlar 
    vakillarining ishtirokida muhr bilan muhrlangan bo‘lishi kerak; 


    elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualarini ekspluatatsiya 
    qilish O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuniga va boshqa 
    qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim; 
    elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualari ishga tayyorligi 
    yiliga kamida 99% ni tashkil etishi lozim; 
    elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualari davlat metrologik 
    tekshiruvidan va nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘ladi. Oraliq qiyoslashdan o‘tkazish 
    intervali davlat metrologik xizmati tomonidan o‘rnatiladi. 
    50. Xar bir energetika korxonasi elektr energiyasining hisob-kitob hisobini 
    yuritish nuqtalarida elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualarini 
    o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatini ta’minlashi shart. 
    51. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualarining texnik 
    holatiga va metrologik xizmat ko‘rsatishga javobgarlik energetika korxonasining 
    metrologiya xizmatiga yuklatiladi. 
    52. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualariga texnik 
    xizmat ko‘rsatish, faoliyatning ushbu ko‘rinishini amalga oshirishga qonunchilikka 
    muvofiq vakolatli bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilishi lozim. 
    53. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmuasini o‘rnatish bilan 
    bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, haqiqiy joylashish joyidan qat’iy nazar hisob-kitob hisobini 
    yuritish majmuini o‘z balansiga kirituvchi energetika korxonasi yoki iste’molchiga 
    taalluqlidir. 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish