• Ajratuvchi himoya vositalari
  • Himoya vositalaridan foydalanish qoidalari to‘g‘risida
  • Ajratuvchi himoya vositalari




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    Ajratuvchi himoya vositalari 
    Ushbu toifadagi himoya uskunalari kollektiv xavfsizlikni ta’minlash uchun, 
    xususan elektr tok manbalarini vaqtincha to‘sib qo‘yish yoki erga ulash uchun 
    mo‘ljallangan. Bularga qalqon, ekranlar, to‘siqlar, kameralar, shuningdek erga ulash va 
    manyovrlar uchun tayanchlar kiradi. Aynan shular va maxsus belgilar hamda plakatlar 
    yordamida elektr xavfi oldini olish mumkin. 
    Ish jarayoni elektr toki bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday ishlab chiqarishda elektr 
    toki urishidan jamoaviy va individual himoya vositalaridan foydalanish zaruriy shartdir. 
    Xodimlarni zarur himoya vositalari va mablag‘ bilan ta’minlashga ish beruvchining 
    javobgarligi belgilab qo‘yilgan. 


    Himoya vositalaridan foydalanish qoidalari to‘g‘risida
    Elektr tokidan jarohatlanish oldini olishga qaratilgan tadbirlar, choralarni 
    belgilashda odatda qonun va qoidalarga amal qilish talab etiladi. Masalan, yuqorida 
    berilgan 
    “O‘zdavenergonazorat” agentligining 2001-yil 29-noyabrdagi 374-sonli buyrug‘i bilan 
    “TASDIQLANGAN” 
    “O‘zbekenergo” 
    Davlat 
    aksiyadorlik 
    kompaniyasi 
    O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 
    O‘zbekiston 
    Kasaba 
    uyushmalari 
    Federatsiyasi 
    Kengashi 
    bilan 
    “KELISHILGAN” e
    lektr uskunalaridan foydalaniladigan himoya vositalarini 
    qo‘llash va sinash qoidalari
    ning 1.1.4. bandida elektr himoya vositalariga 
    izolatsiyalovchi shtangalar (operativ, o‘lchov, erga ulagichni o‘rnatish uchun), 
    izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash operatsiyalari 
    uchun), kuchlanish ko‘rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichi va 
    hokazolar; 
    1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun 
    ishlatiladigan izolatsiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish ostidagi 
    elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izolatsiyalovchi dastakli 
    chilangarlik-yig‘uv asboblari; 
    dielektrik qo‘lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolatsiyalovchi qoplamalar 
    va izolatsiyalovchi tagliklar; 
    shaxsiy ekranlovchi komplektlar; 
    ko‘chma erga ulagichlar; 
    to‘siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar; 
    xavfsizlik plakatlari va belgilari. 
    YUqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida ish 
    olib borilganda himoya ko‘zoynagi va kaskalar, protivogazlar, qo‘lqoplar, montyorning 
    himoya belbog‘lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash 
    mumkin deb ko‘rsatilgan. SHundan kelib chiqib, barcha elektr tokiga bog‘liq ishlarni 
    bajario‘da birinchi o‘rinda himoya vositalariga, qolaversa ularning izolyasiyalari 
    butunligiga e’tibor berish lozim. 
    Ma’lumki, fan bo‘yicha tarmoq elektr toki kuchlanishi bo‘yicha 2 turga – 1000 V 
    gacha va 1000 V dan yuqori qilib belgilab olingan. SHunga mos holda qoidalarning 1.1.5 
    bandida - 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida 
    ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: 
    izolatsiyalovchi shtangalar, izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar, 
    kuchlanish ko‘rsatgichlari, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi kuchlanish ko‘rsatgichlari; 
    Elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi 
    qismlarga tegib turib ta’mirlash ishlarini olib borishda ko‘llaniladigan izolatsiyalovchi 
    qurilma va asbob-uskunalar (izolatsiyalovchi narvonlar, havozalar, bevosita simlarga 
    tegib turadigan izolyatsiyalovchi tortqilar, arqonlar, teleskopik minoralar savatchasi, 
    simlarda ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma minoralar va hokazolar) deb ko‘rsatilgan. 
    Demak, elektr tarmoq yoki korxonadagi mavjud elektr toki turidan kelib chiqqan holda 
    himoya vositalarini tanlab olinadi.. 
    Xulosa qilib aytish mumkinki, himoya vositalaridan foydalanishda albatta ularning 
    dielektrik xususiyatlari, korpuslarga elektr toklari qisqa tutashib qolish holatlari kabilar 
    tekshirib, me’yoriy holatda ekanligiga ishonch bildirilgach, so‘ngra ulardan 
    foydalanishga ruxsat beriladi. 


    Himoyalovchi vositalar GOST bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar asosida bo‘lishi 
    kerak: 
    -texnik tavsifi; 
    -ishlab chiqarilgan yili; 
    -yaroqlilik muddati; 
    -dopusk, ya’ni elektr tokining kattaligi – volt va amperlar ko‘rsatilgani holda 
    bo‘lishi. Doim ulardan foydalanishdan oldin ana shu ko‘rsatkichlar tekshirib olinadi. 
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    Himoyalovchi 
    vosita, 
    elektr 
    toki, 
    dielektrik 
    material, 
    kaska 
    ,qo‘lqop, dielektrik kalish,tok o‘tkazuvchi element, yaroqlilik muddati, dopusk, himoya 
    belbog‘i, xavfsizlik arqonlari. 
    Sinov savollari

    1.Elektr tokining xavflilik darajasi qanday omillarga bog‘liq? 
    2.Elektr tokidan himoyalanish vositalari deganda nimani tushunasiz? 
    3. Elektr xavfsizligiga muvofiq, texnik xavfsizlikning asosiy choralari nimalardan 
    iborat? 
    4.Elektr tokidan saqlovchi himoya vositalari deganda nimani tushunasiz? 
    5.Elektrdan himoyalanish vositalaridan foydalanishdan oldin qanday amallar 
    bajarilishi kerak? 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish