|
Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978
E
lektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish uchun qo‘yiladigan umumiy talablar
Elektr qurilmalaridan foydalanish uchun elektr toki, ulardan foydalanishga doir
bo‘lgan xavfsizlik texnikasi qoidalarini mukammal bilish va unga amal qilishi kerak.
GOST 12.1.019-79 - «Mehnat xavfsizligi standart tizimlari. Elektr xavfsizligi. Umumiy
talablar» bo‘yicha elektr xavfsizligi elektr qurilmalar konstruksiyalari bilan, himoya
vositalari va texnik usullari, tashkiliy va texnikaviy tadbirlar bilan ta’minlashi kerak.
Elektr xavfsizligini ta’minlovchi himoya vositalari va texnikaviy usullarini aniqlashda
quyidagi omillar hisobga olinadi:
- nominal kuchlanish, elektr qurilmasi ishlashi uchun zaruriy tok turi va chastotasi;
-
Elektr ta’minoti usullari, turlari(o‘rnatib qo‘yilgan manbaami, avtonom manbaami va
hok.);
-
Elektr energiya bilan ta’minlashdagi neytrallik rejasi(izolyasiyalangan, erlantirilgan,
neytral);
-
tashqi muhit shartlari(yuqori xavfli, xavfli, yuqori bo‘lmagan xavfli).
GOST 12.1.013-78ga binoan elektr xavfsizlik darajalari bo‘yicha tashqi
sharoitlarni hisobga olgan holda mehnat sharoitlari ko‘rib chiqilgan:
Kishilarning elektr tokidan yuqori xavfli jarohatlanish shartlari(sabablari):
-
namlik mavjudligi – bug‘ yoki kondensirlangan namliklar mayda tomchi singari
ajralib chiqishi natijasida nisbiy namlikning 75 % dan ortib ketishi kuzatiladi(yuvish
xonalari, issiq sexlar);
-
tok o‘tkazuvchi changlarning mavjudligi – mashina va apparatlar ichiga,
o‘tkazgichlarga o‘tirib qolgan texnologik va turli xil changlar (un ishlab chiqarishdagi,
ko‘mirxona, omborxona va boshqa joylardagi changlar), o‘rtacha ishlab chiqarish
sharoitlarida bular sovishga va izolyasiyaga tusqinlik qilishi kuzatiladi ammo yong‘in
yoki portlash keltirib chiqarmaydi;
-
tok o‘tkazuvchi asos(taglik)lar mavjudligi (metalli, tuproqli, temirbetonli, g‘ishtli);
-
yuqori harorat - yil fasllari va issiqlik nurlanishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda harorat
uzoq muddat 35
o
S, qisqa muddatli 40
o
S bo‘lishi;
-
insonning bir vaqtning o‘zida bir tomondan binoning erga mahkamlangan metall
konstruksiyali qismiga, ikinchi tomondan elektr qurilmaning metall korpusiga tegib
turishi.
Kishilarning elektr tokidan xavfli jarohatlanish sharoitlari:
-
zax (yomg‘ir, qor, binoning ichida joylashgan namlik bilan qoplangan shift, pol,
devor, buyum);
-
kimyoviy aktiv (faol) muhit;
-
bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq yuqori xavfli sharoitlarning mavjudligi.
Kishilarning yuqori xavfli bo‘lmagan jarohatlanish sharoitlari:
-
xavf va yuqori xavflarni keltirib chiqaruvchi omillarning mavjud emasligi (ya’ni
yuqori bo‘lmagan xavflarning mavjudligi).
Elektr qurilmalaridan foydalanishda turli baxtsiz hodisa kelib chiqishi
mumkinligini bilgan holda ulardan foydalanishda yuqori xavfli holatlar bo‘yicha kuzatuv
ishlari amalga oshiriladi. SHu bilan birga himoya vositalari va texnikaviy usullar elektr
xavfini keltirib chiqarmaydigan bo‘lishini ta’minlash zarur. Agar elektr xavfsizligiga doir
biror kamchilik sezilsa, elektr bilan ishlash ta’qiqlangani holda bu kamchiliklarni bartaraf
etishga kirishiladi.
|
| |