• 4.Elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish uchun qo‘yiladigan umumiy talablar. 5.Elektr tokidan zararlanishlarning yuzaga kelishi
  • Elektr toki ta’siriga tushib qolgan odamni elektr tokidan xalos etish usullari
  • Elektr xavfsizligi
  • Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

     
     


    19-mavzu. ELEKTR TOKIDAN JAROHATLANGANDA BIRINCHI 
    YORDAM KO‘RSATISH

    1.Elektr toki ta’siriga tushib qolgan odamni elektr tokidan xalos etish 
    usullari. 
    2. Elektr xavfsizligi 
    3. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
    4.Elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish uchun qo‘yiladigan umumiy 
    talablar.
    5.Elektr tokidan zararlanishlarning yuzaga kelishi 
    6.Elektr tokdan jarohatlangandaa birinchi yordam ko‘rsatish
    Elektr tokidan jarohat olgan kishilarning 80 % atrofida o‘lishi elektr xavfsizligi 
    bo‘yicha o‘qitish ishlarini amalga oshirish qat’iy talab etilishini bildiradi. SHundan kelib 
    chiqib, elektr tokidan jarohatlanish o‘zi nima ekanligini bilish lozim. 
    Elektr toki inson organizmiga ta’sir etishi natijasida inson oladigan jarohat turiga 
    mos holda birinchi yordam ko‘rsatiladi. Bu birinchi bo‘lib jabrlanuvchini elektr tokidan 
    ozod etishdan boshlanadi. 
    Elektr toki ta’siriga tushib qolgan odamni elektr tokidan xalos etish usullari 
    Elektr toki ta’siriga tushgan odamni tok ta’siridan qutqarish – odamga tegib turgan 
    tokni uzish, rubilnik yoki o‘chirgidan o‘chirish, odamni tok tegib turgan holdagi 
    buyumdan tortib olish kabi usullardan foydalaniladi. Bularni xatosiz bajarish uchun esa 
    ishlab chiqarishda elektr xavfsizligini o‘rganish uchun quyidagi mavzular muhim 
    sanaladi: 
    Elektr xavfsizligi 
    Hozirgi kunning sanoat ishlab chiqarishdagi asosiy energiya manbai elektr toki 
    bo‘lib hisoblanadi. Ishlatilish sohasi bo‘yicha deyarli barcha dastgoh, yoritgich, minora 
    krani, havo almashtirgich, lentali transportyor, eskalator va hokazo juda ko‘p turdagi 
    harakatlanuvchi mashina-mexanizmlarlarda elektr toki ishlatiladi. Bu esa o‘z navbatida 
    elektr tokining o‘ziga xos xavfsizlik tomonlarini o‘rganishni taqozo etadi. Bunga asosiy 
    sabab shuki, ishlab chiqarishdagi barcha jarohatlanishlarning bir foizini va shu bilan 
    birga umumiy o‘lim bilan tugaydigan baxtsiz hodisalarning 20-30%ini elektrdan 
    jarohatlanish tashkil qiladi. Tekshirishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘lim 
    bilan tugagan baxtsiz hodisalarning deyarli 80%i 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanishli 
    elektr tokida ishlovchi elektr dastgoh va qurilmalarda yuzaga kelgan. SHuning uchun 
    ham elektrdan jarohatlanish sabablari, ularni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish mehnat 
    muhofazasining asosiy vazifalaridan bo‘lib hisoblanadi.
     
    Mehnat muhofazasining elektr xavfsizligini tushuntirishda elektr tokidan to‘g‘ri 
    foydalanish yo‘llari, elektr tokining inson organizmiga zararli ta’siri kabilar 
    tushuntirilishi bilan birga elektr tokining turlari ham to‘la tushuntiriladi. Elektr 
    toklarining turlarini tushuntirish uchun dastlab elektr tarmoqlarini esga olishimiz zarur. 
    Sababi elektr toki sanoat ishlab chiqarishining asosiy energiya manbai bo‘lib hisoblanadi. 
    Korxona va tashkilotlarda maishiy xizmatlar uchun ham elektr toki ishlatiladi. 
    Elektr xavfsizligi
    qisqacha aytilganda – elektr tokining, elektr yoyning, 
    elektromagnit maydonlari, statik elektr toklarining zararli va xavfli ta’sirlaridan 
    insonlarni muhofaza qilishni ta’minlovchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda 
    vositalar tizimlari hisoblanadi.




    Download 6,08 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish