|
Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978ELEKTR
USKUNALARIDAN
FOYDALANILADIGAN
HIMOYA VOSITALARINI QO‘LLASH VA SINASH QOIDALARIDA
GOST 12.
4. 011-75 bo‘yicha himoya vositalari ikki turga bo‘linishi, elektr tokini 2 guruhga – 1000
V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishlarga bo‘lib, xavfsizlik qoidalari shu bo‘yicha
belgilanishi ko‘rsatilgan.
Qabul qilingan qoidaga ko‘ra elektr tokiga bog‘liq ishlarni amalga oshirishda –
ishlar rejaga muvofiq va rejadan tashqari hamda o‘z vaqtida belgilangan tartibda va
operativ bajariladigan ish turlari e’tiborga olingan. SHuning uchun ham elektr tarmog‘ida
ishlovchi kishilarga quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart deb ko‘rsatiladi:
-xavfsilik yo‘riqnoma(instruktajdan o‘tganligi) to‘g‘risidagi guvohnoma va qaydnomalar;
-ishlashga ruxsat beruvchi dopusk (qanday kuchlanishgacha bo‘lgan elektr tarmoqlarida
ishlashga berilgan ruxsatnoma);
-bajariladigan ishlarga berilgan ruxsatnoma kabilar qat’iy talab etiladi. SHuning uchun
ham 500 V (0,5 kV) dan ortiq kuchlanishga bog‘liq ishlarni bajaruvchi kishilar Mehnat
vazirligi qoshida tashkil etilgan maxsus, ya’ni og‘ir sharoitli ishlarda ishlovchilarni
o‘qitish va ularga tegishli ruxsatnomalar berish asosida ishlashga ruxsat beriladi.
1.1.10. Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshqa ishlarni
bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab olish mazkur Qoidalar asosida, “Elektr
uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Sanoat chastotasida ishlayotgan
o‘zgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari va
podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza qilish me’yorlari va
qoidalari” hamda boshqa tegishli me’yoriy texnik hujjatlar bilan, shuningdek, mazkur
hujjatlarda talab etilganidek mahalliy sharoitga qarab aniqlanadi.
1.1.11. Asosiy himoya vositalaridan foydalanilganda qo‘shimcha himoya
vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan
shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam
kuchlanishdan saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham ishlatiladi.
1.1.12. Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning eng yuqori
qiymatida ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur (GOST 1516.1-76 va 20690-75).
1
Bu erda va bundan keyin kuchlanish deganda himoya vositalari uchun
mo‘ljallangan kuchlanish sinfi tushuniladi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Dielektrik qo‘lqop, shtanga, kuchlanish,qisqich, izolyasiya,himoya vositasi,
dielektrik etik,
Sinov
savollari:
1.Dielektrik qo‘lqoplarni ishlatishdan oldin qanday amallar bajarilishi kerak?
2.Tok o‘tkazuvchi qismlarda tok bor-yo‘qligini qanday tekshiriladi?
3.Himoya vositalarining mexanik lat eyishi deganda nimani tushunasiz?
4.SHtanga bilan ishlashga qanday talablar qo‘yiladi?
5. Qadam kuchlanishi nima?
12-rasm. 1000 V dan ortiq kuchlanishga ega bo‘lgan elektr toki tasiriga tushgan insonni
elektr o‘tkazgichini izolatsiyali shtangga bilan olib tashlash orqali qutqarish.
|
| |