|
-
uni orqasi bilan qattiq asosga chalqancha yotqizish;
-
nafas olishini tekshirish Pdf ko'rish
|
bet | 101/199 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 6,08 Mb. | | #236514 |
Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978
-
uni orqasi bilan qattiq asosga chalqancha yotqizish;
-
nafas olishini tekshirish
;
-
bilagidan va bo‘ynining old yon yuzasidan pulsni tekshirish;
-
ko‘z qorachig‘ining holatini tekshirish, agar bu qorachiq kengaygan bo‘lsa, miyaga qon
kelishi keskin yomonlashganini bildiradi.
Agar tok urgan kishi behush bo‘lsayu, ammo nafas olishi va yurak urishlari
barqaror bo‘lsa, uni tekis erga yotqizish, kiyimlarining tugmalarini echish, toza havo
bilan ta’minlash, navshadil spirt hidlatish (agar bo‘lsa), yuziga sovuq suv purkash va
tinch holda qo‘yish kerak. Ayni holda darhol vrach chaqirish kerak.
Agar shikastlangan kishi yomon nafas olayotgan bo‘lsa(yoki nafas olmayotgan,
tomiri urmayotgan bo‘lsa), unga sun’iy nafas oldirish, yuragini massaj qilish zarur.
Buning uchun uni havosi toza xonaga olib chiqib, orqasi bilan yotqizish, bo‘yniga
kiyimlarni yostiq ko‘rinishga keltirgan holda qo‘yish, tugmalarini echish, og‘zini begona
narsalardan tozalab, «og‘izdan burunga» yoki «og‘izdan og‘izga» usulida sun’iy nafas
oldirish hamda yuragini massaj qilish zarur. Bu quyidagicha bajariladi:
-yordam ko‘rsatayotgan kishi shikastlangan odamning boshi tomonida tizzalab o‘tirib,
ikkala qo‘lining bosh barmoqlari bilan tok urgan kishining burnini qisadi va darhol uning
og‘ziga trubka yoki ro‘molcha orqali bir necha marta qattiq puflaydi. Bu ishni u to
bemoming nafas olishi to‘liq tiklanguncha yoki vrach kelguncha minutiga 10-12 marta
nafas berish tezligida (har 5-6 sekundda) davom ettiradi. har bir nafas chiqarish paytida
og‘zi yoki bumini bo‘shatib turiladi (ko‘krak qafasini sekin-sekin bosilsa ham bo‘ladi).
Agar tok urgan kishining og‘zi shikastlangan bo‘lsa, havoni uning bumi orqali
puflash ham mumkin. Bunda uning og‘zini mahkam berkitib turish kerak. SHikastlangan
kishining tomiri urmayotgan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ham
massaj qilish kerak. Buning uchun shikastlangan kishining bumi yoki og‘ziga ikki-uch
marta havo puflangach, ko‘krak qafasining yurak joylashgan tomonini 15-20 marta siqish
bajariladi (sekundiga bir marta hisobidan). Bunda u ko‘krakning pastki uchdan bir qismi
holatini aniqlab olib, bir qo‘li kaftining chetiga ikkinchi qo‘lini qo‘ygan holda, taxminan
sekundiga bir marta tezlikda ko‘krak qafasini bosadi, keyin yana 2-3 marta qattiq
puflaydi va yurak bo‘shlig‘idan qon tomirlariga qon siqib chiqarish maqsadida ko‘krak
qafasini yana 15-20 marta bosadi. Bunda bir minutlik tanaffus ham tuzatib bo‘lmas
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Dastlabki tirila boshlash alomatlari paydo
bo‘lgandan(tomir urishi boshlangandan, yuzining rangi yaxshilangandan, mustaqil nafas
ola boshlagandan) so‘ng ham yana 10-15 minutgacha yurakni massaj qilish va sun’iy
nafas oldirish davom ettiriladi. Birinchi tibbiy yordam berish bilan bir qatorda tibbiyot
xodimiga xabar berishni unutmaslik kerak.
Tok urgan kishini har qanday holda ham erga ko‘mish ta’qiqlanadi. CHunki odam
organizmi tok ta’sirida kuchsizlanib, katta energiya yo‘qotgan bo‘ladi.
Elektr tokining ta’siriga uchragan har qanday kishi tibbiy muolaja va statsionar
davolanish bosqichini o‘tashi shart.
Tayanch so‘z va iboralar:
Tok kuchi, kuchlanish,elektr qarshiligi,elektr qurilmalarini erlashtirish va nollash,
himoya o‘chirgichi, avtomat o‘chirgich, saqlagich,el tokidan halos etish, sn’iy nafas,
yurak massaji, trubka.
Nazorat savollari:
1.
Elektr toklarining qanday turlari bor?
2.
Tok kuchiga qarab elektr toklari qanday turlarga bo‘linadi?
3.
Kuchlanish kattaligiga ko‘ra elektr toklari qanday turlarga bo‘linadi?
4.
Elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv nima?
5.
Inson elektr tokiga tushganida birinchi yordam bo‘yicha dastlab qaysi amal bajariladi?
6.
.Elektr tokiga tushgan insonga birinchi yordam ko‘rsati tartibi qanday?
|
| |