turiladi. 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalari uchun himoyalash qurilma va
vositalarining sinov muddati hamda sinab ko‘rilgan kuchlanish kattaligi GOST 12.2.007-
75 «Mehnat xavfsizligi standart tizimlari. Elektrotexnik mahsulotlar. Xavfsizlikning
umumiy talablari» bo‘yicha belgilab boriladi.
SHunga binoan individual himoya vositalari, ya’ni dielektrik qo‘lqoplar 3,5 kV
kuchlanishda har 6 oyda bir marta, rezinali dielektrik
kalishlar yilda bir marta, rezinali
dielektrik gilamcha har ikki yilda bir marta tekshirib, sinovdan o‘tkazib turiladi. Bu
tekshiruvni kim tomonidan, qachon o‘tkazilganligi va tegishli himoya vositasi kaysi
davrga qadar yaroqli hisoblanishi, shu bilan birga qaysi laboratoriya tekshirgan va sinov
o‘tkazganligi bevosita shu himoya vositasining o‘ziga yozib qo‘yiladi.
Bu tadbirlar va qo‘llaniladigan himoya vositalarining o‘z vaqtida ishlatilishi
elektrdan jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasligiga asos bo‘la oladi.