-avtomobillar yo‘laklarida kamida 6 m;
-piyodalar yo‘laklarida kamida 3 m;
-Elektr payvandlash joylarida kamida 2.5 metr balandlikda bo‘lishi kerak.
Er ostidan olib o‘tishda o‘tkazgich simlarning talab darajasidagi izolyasiyasiga
e’tibor berish talab etiladi; har ikki usulda o‘rnatilganda ham xavfsizlikni ta’minlash
maqsadida tegishli ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi talab etiladi. Er ostidan olib
o‘tkaziladigan elektr simlari eming tuproqli joyida 50 sm, shag‘al-toshli
joylardan olib
o‘tishda esa 70 sm chuqurlikda, simlar ustidan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida metall
qoplamalar kiydirilgan holatda bo‘lishi talab etiladi. Er osti elektr tarmoqlari uchun
uloqsiz, kuchli izolyasiyali simlar tanlanadi. Agar uzoq masofalarga tortiladigan simlar
bo‘lsa, uloq tushish joylari alohida, qopqoqli beton quduq betonlar ko‘rinishida
ixotalangan holda bo‘lishi talab etiladi. Bular imkoni boricha transport vositalari
harakatlanadigan yo‘llar va sug‘orish xududidan chetroqda bo‘lishi talab etiladi.
Er ustidan olib o‘tilgan simlarning salqiligi yilning
sovuq kunlarida simlarning
qisqarish jarayonida taranglik darajasi me’yoridan ortib ketmaydigan holda tanladi.
Simlar ustunlarga chinni izolyasiya choynaklari yordamida ulanishi talab etiladi.
Korxona dastgohlariga etib kelgan elektr simlarini dastgohlarga ulash ishlarida
quyidagilarga e’tibor beriladi:
-Elektr simlari dastgoh va qurilmalarga izolyasiyasiz holda olib kelinmaydi; -dastgohlar
to‘la quvvat bilan ishlagan holda bardoshligi ta’minlanadigan izolyasiyalar bo‘lishi shart;
-har bir o‘tkazgich fazalari orasida GOST talablari asosidagi masofa saqlanishi zarur;
simlar ustma-ust montaj qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
-iloji boricha montaj uchun ishlatilayotgan elektr simlari fazalar bo‘yicha
turli
ranglardagi izolyasiyali holda bo‘lishligi ta’minlanishi kerak;
-Elektr qurilma va dastgohlarni nollash va erlantirishga qat’iy e’tibor beriladi;
-simlarning ulanish qismlari bir biriga tegib ketishini oldini olish maqsadida bu qismlar
alohida olingan diElektr materialli maxsus qopqoqlar bilan yopib qo‘yiladi;
-Elektr simlarini gaz quvurlari bilan birga uzatilmaydi, ular orasidagi masofa tok
kuchlanishiga qarab 25sm dan toki 5m gacha bo‘lishi kerak;
-montaj qilingan simlar imkoni boricha qimirlamaydigan holda o‘rnatib qo‘yiladi;
-ishchilar harakatlanib yurishi mumkin bo‘lgan yo‘laklardan simlarni tegib ketish
darajasida olib o‘tishga ruxsat berilmaydi;
-xonada pol ustidan olib o‘tiladigan simlar maxsus yopma bilan ixotalab qo‘yiladi;
-dastgoh va qurilmalarni elektro-montaj ishlari tegishli saqlagich (predoxranitel)
lar va
avtouzgichli kalitlar orqali amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish xonalari quruq, changsiz, izolyasiyalovchi poli bo‘lgan holda
elektroxavfsiz xonalar hisoblanadi. O‘quv xonalari, o‘quv
ustaxonalari, o‘quv
laboratoriya xonalari ana shunday elktroxavfsiz bo‘lishi ta’minlanishi zarur.
Nisbiy namligi 75 % dan ortadigan xonalar elektr jihatdan yuqori xavfli
hisoblanadi. Bundan tashqari metall, ko‘mir changlari kabilar bilan ifloslangan xonalar
ham yuqori xavfli xonalar hisoblanadi. CHunki bunday changlar elektr o‘tkazuvchan
bo‘lib hisoblanib, hatto bu changlar o‘tirgandan keyin ham
inson uchun elektrxavfli
bo‘lib hisoblanadi.
Xonalarning pol qismi tok o‘tkazuvchi bo‘lsa, ya’ni tuproqli, temir betonli, metalli
bo‘lsa ham bunday xonalar yuqori xavfli bo‘lib hisoblanadi.
Juda yuqori xavfli holat xonalar nisbiy namligi 100 % ga yaqinlashganda,
devorlar nam bo‘lganda, barcha dastgoh va qurilmalar namlangan hollarda bo‘lganda