|
Elektr tokining inson organizmiga ta’siriBog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
Elektr toki inson organizmi uchun katta xavf bo‘lib hisoblanadi. Inson organizmi
orqali elektr toki o‘tganda, elektrdan jarohatlanish kelib chiqadi: muskullar qisqaradi;
ko‘z qorachig‘i kengayadi; miya faoliyati buziladi; tana qiziydi; teri kuyishi mumkin;
organizma biologik o‘zgarishlar kuzatiladi; organizmda qutblanish kuzatiladi va hokazo.
Dastlab barcha muskullar qisqarishi, tok urishi, elektr tokidan kuyish, turli xil
ko‘rinishdagi dog‘(belgi)lar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Elektr tokining ta’sirida og‘ir
jarohatlar yuzaga kelishi, inson hattoki o‘lishi mumkin.
Elektr tokining urishi natijasida inson hushsizlanib, buning natijasida qon aylanish
tizimi ishdan chiqib, fibrillyasiya yoki yurak faoliyati izdan chiqishi mumkin.
Fibrillyasiya deb yurak muskullarining alohida tolalari(fibrillari)ning xaotik(tartibsiz)
holda ishlashi, ya’ni yurak turlicha qisqarib-kengayishi tushuniladi. Tashqi fibrillyasiya
kuzatilganda insonning yurak urishidagi puls deyarli sezilmaydi. Bu holatda inson
organizmi uzoq vaqt davomida me’yorida ishlay olmaydi, o‘z vaqtida birinchi tibbiy
yordam ko‘rsatilmasa, insonda klinik o‘lim kuzatilishi mumkin.
Elektr tokidan kuyish elektr tokida ishlab turgan qurilma, dastgohlarni qoidaga
xilof holda uzilganda, ya’ni simlar to‘la izolyasiya qilinmagan holda, elektr yoy hosil
bo‘lganda, yuqori kuchlanish bilan ishlayotgan elektr qurilmalari ochiq simlariga hamda
qisqa tutashuvga yaqin turilganda va shu kabilarda hosil bo‘ladi. Kuyish to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tok o‘tkazuvchi qismlar bilan kontaktda bo‘linganda ham yuzaga kelishi mumkin.
Elektr tokidan kuyish og‘ir ko‘rinishdagi kuyish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin
va buni davolash juda ham qiyin kechadi. Ayniqsa teri to‘qimalarining ichki
qatlamlarigacha kuyganda bu holat yaqqol namoyon bo‘ladi. Elektr toki ta’siridan tanada
hosil bo‘ladigan belgilari inson organizmiga tokning kirish va chiqish joylarida
kuzatiladi. Bu kulrang parda bilan qoplangan sariq rangli ko‘rinishda bo‘lib, tananing shu
qismidagi teri hujayralari o‘lgan holatda bo‘ladi.
Elektrojarohatlanish inson organizmidan o‘tayotgan tok kuchiga, tok chastotasiga,
organizmning fiziologik holatiga, tok ta’sirining davomiylik vaqtiga, organizmdagi va
ishlab chiqarish sharoitidagi tok yo‘liga bog‘liq bo‘ladi. Organizm uchun eng xavflisi 50
– 500 Gs chastotali elektr toki hisoblanadi.
Agar inson tanasi quruq, toza va jarohatlanmagan holatda bo‘lsa, 10 V kuchlanish
ta’sirida uning qarshiligi 100 000 Om ga teng bo‘ladi. Terida biror jarohatlanish bo‘lsa,
tananing qarshiligi birdaniga kamayadi (1000 Om gacha). Bundan ko‘rinadiki inson
tanasining qarshiligi chiziqli holatda uzgaruvchan hisoblanmaydi. CHunki kuchlanishni
10 V dan 140 V ga o‘zgartirsak, inson tanasining qarshiligi bir necha o‘n mingdan 800
Om ga qadar pasayib ketishi mumkin. Inson tanasidan o‘tayotgan tok xavfliligi ortib
boradi. Elektr xavfsizligi bo‘yicha hisoblash ishlarida inson tanasining qarshiligi:1000
Om
deb qabul qilingan.
Inson tanasidan o‘tayotgan tok kattaligini Om qonuni bo‘yicha shartli ravishda
quyidagicha aniqlanadi:
bu - zanjiring ikki nuqtasidagi kuchlanish bo‘lib, bu erda inson tegib turgan nuqtalar
hisobga olinadi, V.
Inson organizmiga ta’sir etishini bilgan holda, barcha o‘quv laboratoriyalarida
tajriba maqsadlarida 12 – 42 V kuchlanishli elektr toklari ishlatiladi. Lekin shuni ham
eslatib o‘tish joizki, birinchidan, bunday kuchlanishdagi tok ham insonning kaftlari,
bug‘inlari, bo‘yin va elkalarining yumshoq pardali qismlariga ta’sir etishi, yoki tanaga
uzoq muddat ta’sir etishi natijasida halok qilishi mumkin. SHuning uchun ham
laboratoriyada o‘tkaziladigan har kanday elektr bilan bog‘liq bo‘lgan tajribalar o‘qituvchi
yoki laboratoriya rahbari nazorati ostida o‘tkaziladi.
|
| |