Elektr tokidan zararlanishlarning yuzaga kelishi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/199
Sana15.05.2024
Hajmi6,08 Mb.
#236514
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   199
Bog'liq
cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

 
Elektr tokidan zararlanishlarning yuzaga kelishi 
Elektr tokidan to‘g‘ri foydalanish insonning hayot faoliyati xavfsizligini 
ta’minlaydi. Elektr tokidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqadigan zararli 
tomonlari juda xunuk holatlarga olib kelishi mumkin. Bunda insonga ta’sir etuvchi elektr 
tokining inson tanasidagi harakatlanib turuvchi qon, terining tuz eritmali namligi, turli 
shilliq qavatlar orqali harakatlanishlarini tushunib etish kerak. Bilish lozimki, insonga 
elektr tokining ta’sir etishi natijasida organizmdagi me’yoriy faoliyat buziladi, miya 
to‘qimalari, asab tizimlari, nafas olish tizimlari va yurak ishdan chiqishi kuzatiladi.
 
Elektr xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha shuni ta’kidlash lozimki, o‘quv laboratoriya 
xonalari uchun qo‘llaniladigan past kuchlanishli(42 V gacha) elektr tokidan 
foydalanishda ham bir kishi yakka tartibda ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Buning asosiy 
sababi shundaki, biror xatolikka yo‘l qo‘yiladigan bo‘lsa, kuzatuvchi kishi bunga qarshi 
chorani belgilashi zarur. 
Elektrdan jarohatlanishlar yuzaga kelishining asosiy sabablari quyidagilardan 
iborat:
 
-Elektr qurilmalari izolyasiyalangan o‘tkazgich(sim)lar izolyasiyasi eskirib, emirilib, 
qisqa tutashib qolishi, korpus yoki elektromotorga me’yoridan ortiqcha kuchlanishlar 
ulanib qolishi; 
-Elektr dastgohlaridagi avtouzgichlarning buzilib qolishi va buni o‘z vaqtida hisobga 
olmaslik; 
-1000 V dan yuqori kuchlanish hisobiga ishlovchi elektr qurilmalarida ishlovchi kishi 
bilan elektr qurilmasi o‘rtasida elektr yoy yuzaga kelishi. Bular oldindan ishchiga 
ma’lum qilinishi, tok kattaligiga qarab ishchi va elektr qurilma oraliq masofasi - 15 kV da 
0,7 metr, 220 kV da 3 metr bo‘lishligi saqlanishi zarur; 
-er sirtiga tok o‘tkazuvchi simlarning tegib qolishi natijasida qadam kuchlanishlarining 
paydo bo‘lib qolishi; 
-Elektr dastgohlarini noto‘g‘ri montaj qilish; 
-Elektr dastgohlarga ularning texnik pasportida ko‘rsatilgan elektr tokidan yuqori 
kattalikdagiga ulash; 
-mehnat sharoitlari bo‘yicha xonadagi namlikning ortib ketishi; 
-ishchining mas’uliyasizligi, nazoratning susayishi, xavfsizlik texnikasi qoidalarining 
buzilishi; 
-himoya vositalarining eskirib qolishi yoki dielektrik xossalarining kamayib ketganligi va 
shu kabi ishni tashkil etishdagi kamchiliklar.
Elektr tokidan zararlanishlar miqdorini kamaytirish uchun korxona ishchilari 
ongiga yuqoridagi tushunchalarni singdirish kerak.

Download 6,08 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   199




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr tokidan zararlanishlarning yuzaga kelishi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish