• Elektr tokdan jarohatlangandaa birinchi yordam ko‘rsatish
  • Elektr tokdan jarohatlangandaa birinchi yordam ko‘rsatish




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    Elektr tokdan jarohatlangandaa birinchi yordam ko‘rsatish 
    Elektr toki urgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda yordam beruvchi 
    kishining bilim va malakaga ega bo‘lgan holda tez va uddaburon harakatlanishi talab 
    qilinadi. Bunda ayniqsa tok urgan kishining nafas olishi, yurak urishi kabi belgilarni 
    zudlik bilan aniqlash talab etiladi. Nafas olishi, pulsi, yurak urishi to‘xtagan kishiga 
    yordam ko‘rsatishni to‘xtatish hamda uni o‘lganga chiqarish mutlaqo mumkin emas.
    Korxona va tashkilotlarda xodimlarning doimiy ishlaydigan xonalarida dori-
    darmonlar va tibbiyot vositalari solingan quticha bo‘lishi kerak. Bundan tashqari elektr 
    toki bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalarini ifoda etuvchi, birinchi tibbiy yordam 
    ko‘rsatish, sun’iy nafas oldirish hamda yurakni massaj qilish qoidalari to‘g‘risidagi 
    plakatlar bo‘lishi kerak. Plakatlar ko‘zga ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yilgan bo‘lishi 
    kerak. SHikastlangan kishiga birinchi o‘rinda uni tok ta’siridan xalos etish bilan yordam 
    ko‘rsatish boshlanadi. Tok urgan kishini elektr toki ta’siridan xalos etish quyidagi usullar 
    bilan amalga oshiriladi (30-35-rasmlar): 
    -tok manbaiga ulangan simlarni uzgich(otklyuchatel)dan uzish; 
    -uzgich bo‘lmasa yoki ishlamay qolgan taqdirda simlarni quruq yog‘och dastali bolta 
    bilan uzish; 
    -Elektr toki keltirilgan simlarni topishning iloji bo‘lmasa, kishini toksizlantirish iloji 
    bo‘lmasa, tok urgan kishini u tegib turgan tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratib olish 
    choralari ko‘riladi. Buning uchun tok 1000 V gacha kuchlanishda bo‘lsa, tok urgan 
    kishining quruq kiyimidan tortiladi(iloji boricha bir qo‘lda tortiladi), quruq yog‘och yoki 
    boshqa quruq dielektrik narsalardan foydalanib, yo simni tok urgan kishidan uzib olish, 
    yoki tok urgan kishini tortib olish bajariladi. 
    -shikatlangan kishini erdan yoki 1000 V dan katta kuchlanish ostida bo‘lgan tok 
    o‘tkazuvchi qismlardan ajratib olishda dielektrik qo‘lqop va boti kiyib olish hamda shu 
    qurilma kuchlanishiga mo‘ljallangan shtanga yoki omburdan foydalaniladi. 
     


     
    30-rasm. Elektr toki tasiriga tushgan insonni elektr ustanovkasini uchirish yo‘li bilan qutqarish.
    31-rasm. 1000V gacha bo‘lgan elektr toki tasiriga tushgan insonni quriq keyimidan tortishyo‘li 
    bilan qutqarish. 
    32-rasm. 1000 V gacha bo‘lgan elektr shitlaridagi tok tasiriga tushgan insonni qutqarish 


    33-rasm. 1000 V dan ortiq kuchlanishga ega bo‘lgan elektr toki tasiriga tushgan insonni elektr 
    o‘tkazgichini izolatsiyali shtangga bilan olib tashlash orqali qutqarish. 
    34-rasm. 1000 V gacha bo‘lgan elektr toki tasiriga tushgan insonni o‘tkazgichni yog‘och dastali 
    bolta bilan kesib tashlash yo‘li orqali qutqarish 
    35-rasm. 1000 V gacha bo‘lgan elektr toki tasiriga tushgan insonni o‘tkazgichni yog‘och bilan 
    olib tashlash yo‘li orqali qo‘tqarish. 


    Birinchi tibbiy yordam tadbirlari tok urgan kishi tok ta’siridan xalos etilgandan 
    keyin qanday ahvolda bo‘lishiga bog‘liq. Buni aniqlash uchun quyidagi tadbirlarni 
    ko‘rish lozim:

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr tokdan jarohatlangandaa birinchi yordam ko‘rsatish

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish