• Nollashtirishda nazorat ishlari
  • Nollashtirishda nazorat ishlari




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    Nollashtirishda nazorat ishlari 
    Nollashtirishda doim nazorat o‘rnatilishi talab etiladi. CHunki har qanday 
    nollashtirish xato bajariladigan bo‘lsa: 
    -birinchidan – tarmoqda elektr toki me’yoridan ortib ketganida dastgohning 
    elektrga ishlaydigan qismlari kuyishi mumkin; 
    -ikkinchidan – elektr qurilmada ishlayotgan kishi elektr jarohatini olishi mumkin. 
    SHunga ko‘ra doimiy ravishda nollashtirish ishlari nazoratga olinadi. Byning ustidan 
    korxonaning mehnat muhofazasi muhandisi, elektromexanigi, qolaversa, ishlovchidan 
    hushyorlik talab etiladi. 
    Nazorat ishida dastgohdagi nol simi va tarmoqdan keladigan nol, ya’ni neytral sim 
    tekshiriladi. Bunda , agar ushbu tarmoqning uzunligi 200 metrdan katta bo‘lsa, uning 
    o‘rtacha har 200 metrida erga ulash bajariladi. Elektr xavfsizligi talabiga ko‘ra erlantirish 
    simining maksimal qarshiligi 4 Om dan oshmasligi lozim. 
    Nazorat ishida nol simining butunligi, izolyasiyasining yaroqliligi, erga ulangan 
    simlar korroziyalari tekshiriladi va yaroqsiz holatga kelganlari yangisiga almashtirib, 
    talab darajasida montaj qilib qo‘yiladi.
    Nazorat ishida tegishli ogohlantiruvchi, ta’qiqlovchi belgilardan foydalanish talab 
    etiladi. 
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    Nollashtirish, elektr jihozlari, nol sim , elektr qurilmalari, indikator, aniqlik 
    sinfi,ogohlantiruvchi belgi. 
     
    Sinov savollari: 
     1. Elektr jihozlarini nollashtirish deganda nimani tushunasiz?
    2. O‘lchash deganda nimani tushunasiz?
    3. Qanday o‘lchash turlari mavjud 
    4. O‘lchash xatoligi nima?
    5. O‘lchash xatoliklarining kelib chiqish sabablari va qanday xatoliklarini 
    bilasiz?
    6. Aniqlik sinfi nima?
    7.Nima uchn nollashtirish ishlarini doim nazorat qilish talab etiladi? 
    8.Elektr xavfsizligi talabiga ko‘ra erlantirish simining maksimal qarshiligi necha 
    Om dan oshmasligi lozim? 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish