• Ko‘chma erga ulagichlar
  • Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    Ko‘chma erga ulagichlar 
    Ishchilarni elektr xavfidan ehtiyotlash maqsadida elektr dastgohlarni erga ulash 
    orqali xavfsizlintiriladi. erga ulash ko‘chma va statsionar turlarda bo‘ladi. Ko‘chma erga 
    ulagichlar, ishchilar o‘chirilgan tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlayotganda, xatolik bilan 
    berilgan yoki tashqi elektr kuchlanish ta’sirida paydo bo‘lgan kuchlanishdan himoya 
    qilish uchun ishlatiladi (-rasm).
    10-rasm: Ko‘chma erga ulagich 
    Ko‘chma erga ulagichlar erga ulovchi simlarga ulash uchun xizmat qiluvchi 
    qisqich (qisma) dan, erga ulovchi va uskunaning barcha fazalari tok o‘tkazuvchi 
    qismlarini o‘zaro tutashtiruvchi simdan, hamda erga ulashga yoki erga ulangan 
    konstruksiyaga ulashga mo‘ljallangan uchlik yoki strubsinadan tashkil topgan. Har bir 
    fazaga alohida ko‘chma erga ulagichni qo‘llashga ruxsat beriladi. Ko‘chma erga 


    ulagichlar, quyidagi talablarni qanoatlantirishi shart: 1. Ular yalang‘och egiluvchan qo‘p 
    tolali mis simdan tayyorlanishi va kesimi bir fazali yoki fazalararo qisqa tutashuv 
    jarayonida termik bardoshlik talablarini qanoatlantirishi kerak. Lekin kuchlanishi 1000 V 
    dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalari uchun simning kesim yuzasi 25 mm
    2
    dan, hamda 
    kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun esa, kesim yuzasi 16 mm
    2
    dan 
    kam bo‘lmasligi zarur. Mis simlar kesimini termik bardoshligi bo‘yicha tanlab olishda 
    boshlang‘ich haroratni 30°S, yakuniy haroratni 850°S qabul qilishga ijozat beriladi. 
    Zamonaviy ko‘chma erga ulagich Ko‘chma himoya erga ulagichlarni qisqa tutashuv 
    tokidan qizishini hisoblashda, quyidagi sodda formuladan foydalanish tavsiya qilinadi:
    - simning minimal ko‘ndalang kesimi, (mm
    2
    ); 
    - qisqa tutashuv 
    tokining eng yuqori miqdori, (A); - fiktiv vaqt, (sek). Amaliyotda, 
    uchun ushbu elektr 
    uskunasini asosiy rele himoyasining eng katta o‘rnatilgan ishlash vaqti olinishi kerak. 
    Qisqa tutashuv tokining qiymati yuqori bo‘lgan holda, bitta erga ulagichning termik 
    mustahkamligi etarli bo‘lmasa, bir nechta parallel erga ulagich o‘rnatishga ruxsat 
    beriladi.
    Bir-biri bilan tutashtiruvchi simlarni shinalarga ulovchi qisqichning tuzilishi
    ko‘chma erga ulagichdan qisqa tutashuv toki o‘tganda dinamik kuch ta’sirida o‘rnatilgan 
    joyidan chiqib ketmasligi kerak. Qisqichlar, erga ulagichlarni tok o‘tkazuvchi qismlariga 
    shtanga yordamida o‘rnatish va olishga mo‘ljallangan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi 
    zarur. Egiluvchan mis sim qisqichga bevosita yoki mustahkam bosimlangan 
    (presslangan) mis uchlik yordamida ulangan bo‘lishi shart. Sim, ulangan joylaridan 
    sinmasligi uchun, uni egiluvchan po‘lat simli prujina shaklidagi qobiqga joylashtirish 
    tavsiya qilinadi. Egiluvchan mis sim tolalarini mexanik shikastlanishlardan saqlash 
    maqsadida, simni aniq ko‘rinadigan qobiqqa solib qo‘yish ham tavsiya qilinadi.
    Simdagi erga ulash uchun mo‘ljallangan uchlik, strubsina ko‘rinishida yoki erga 
    ulangan konstruksiya yoki erga ulagich simiga mahkamlanuvchi qisqich tuzilishiga 
    (barashkasiga) mos holda bajarilishi zarur.
    Ko‘chma erga ulagich elementlarining kontakt yuzalari qalaylab oqartirilgandan 
    so‘ng, presslash, payvandlash yoki bolt bilan mustahkamlab, qattiq ulanishi shart. Buning 
    uchun kavsharlash man qilinadi. Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini erga ulash 
    uchun ishlatiladigan ko‘chma erga ulagich uskunalarini, metall ustunlar konstruksiyasiga, 
    yog‘och ustunlarni erga ulash qurilmasiga yoki maxsus vaqtinchalik erga ulagichga ulash 
    ruxsat etiladi. Sinash sxemalarida ishlatiladigan ko‘chma erga ulagich simining 
    ko‘ndalang kesimi kamida 4 mm
    2
    , elektr uzatish tarmoqlaridagi ustundan 
    izolyasiyalangan yashin qaytargich trosslari, hamda ko‘chma uskunalarni (laboratoriya va 
    h.k) erga ulashda esa, mexanik mustahkamligiga qarab, kamida 10 mm
    2
    bo‘lishi shart. 
    Har bir ko‘chma erga ulagichda uning raqami va erga ulovchi simlarning ko‘ndalang 
    kesimi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bu ma’lumotlar erga ulagichga mahkamlangan 
    birkaga yoki strubsinaga (uchlikka) o‘yib yozilgan bo‘lishi lozim.
    Har bir ko‘chma erga ulagichlarni 3 oyda bir marta ishlatishdan oldin va qisqa 
    tutashuv toki ta’sirida bo‘lgan hollarda, ko‘zdan kechirilishi shart. Simlarning ulangan 
    kontaktlari emirilganda, mexanik mustahkamligi pasayganda, ular erib tushganda, 5 
    foizdan ko‘p sim tolalari uzilganda va shunga o‘xshash holatlarda ko‘chma erga 
    ulagichlar ishlatishdan olib tashlanishi kerak.



    Download 6,08 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish