asosan, havo elektr uzatish tarmog‘ida bajariladigan ishlar bundan mustasnodir. Bunday
ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga ega bo‘lgan ishchilar bajarishi zarur.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan har bir brigada a’zosiga I guruhga ega
bo‘lgan bir ishchi biriktirilishi mumkin, lekin I guruhli brigada a’zolarining umumiy soni
uch kishidan oshmasligi kerak. Texnika xavfsizligi qoidalarida ko‘zda
tutilgan ayrim
ishlarni farmoyish bo‘yicha bir ishchi (yakka o‘zi) bajarishi mumkin. Navbatchi o‘zidan
yuqoridagi navbatchining ruxsati bilan naryadga kiritmasdan, tezkor dispetcherlik
jurnalida
qayd qilib, ta’mirlash brigadasida ishlashga jalb qilinishi mumkin. Brigada
tarkibini o‘zgartirish naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada ishni bajarish uchun
naryad berish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xodimga ruxsat etiladi.
Brigada tarkibini
o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatma telefon, radio yoki chopar orqali ishlashga ijozat
beruvchiga, ish rahbariga yoki ishboshiga berilishi mumkin. Ular o‘z imzosi bilan ushbu
o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani bergan xodimni tasdiqlab,
uning ism-sharifi va
familiyasini naryadda yozib qo‘yadi. Brigada tarkibini o‘zgartirish jarayonida yuqorida
qayd etilgan talablarni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ishboshi brigada tarkibiga
qo‘shilgan yangi ishchilarga yo‘riqnoma berishi shart. Ish
rahbarini yoki ishboshini
almashtirilganda, hamda brigada tarkibini yarmidan ko‘proq qismi o‘zgartiriladigan
bo‘lsa, yangi naryad berilishi lozim.
-