• Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish
  • Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish
    . Ish joyini tayyorlash va 
    ishlashga ijozat berish faqat navbatchi yoki bunga vakolati bor shaxs tomonidan ruxsat 
    olinganidan so‘ng, amalga oshirilishi mumkin. Issikliq avtomatikasi va o‘lchovchi 
    uskunalarida ishlashga ijozat berish tartibi bundan mustasno. Ruxsat, ish joyini 
    tayyorlashga va ishlashga ijozat berishni bajaradigan shaxsga, telefon, radio, chopar yoki 
    yaqin o‘rtadagi podstansiya navbatchisi orqali beriladi. Bunday ruxsatni oldindan berish 
    qat’iyan man etiladi. Brigadani faqat bitta naryad bilan ishlashiga ijozat beriladi. 
    Naryadda ish joyini tayyorlashga taalluqli ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni o‘zgartirish man 
    qilinadi. Ish joyini tayyorlashga taalluqli chora-tadbir to‘g‘ri va etarligiga, hamda ishni 
    xavfsiz bajarilishiga shubha paydo bo‘lgan holatida, ish joyini tayyorlash to‘xtatiladi. 
    Ishboshi ishlashga ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik yo‘li bilan bajarayotgan 
    taqdirda, u ish joyini brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega 
    bo‘lgan xodim bilan tayyorlashi shart. Ishlashga ijozat beruvchi ishlashga ijozat 
    berishdan oldin, ish joyini tayyorlashga taalluqli texnik tadbirlarni bajarilganligi 
    to‘g‘risida ishonch hosil qilishi kerak. Ishonch, o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, tezkorlik jurnalida 
    yozilgan yozuvga qarab, ishlab turgan elektr tarmoq chizmasidagi belgilariga qarash yoki 
    navbatchi, tezkor-ta’mirlovchi xodim va elektr energiyani iste’mol qiluvchi korxona 
    xodimining ma’lumotlari orqali hosil qilinishi mumkin. Ish rahbari va ishboshi ishlashga 
    ijozat berishdan oldin ishlashga ijozat beruvchidan ish joyini tayyorlashda qanday chora-
    tadbirlar ko‘rilganini aniqlashi va bu joyni tayyorlash qanday bajarilganini bevosita 
    shaxsan o‘zi ish joyiga borib ko‘zdan kechirishi kerak. Ishlashga ijozat berishdan oldin 
    ish joyi tayyorligini ish rahbari ishlashga ijozat beruvchi bilan birgalikda yoki uning 
    ruxsati bilan ishboshi, ish rahbari yoki ishlashga ijozat beruvchi xodim bilan tekshirishi 
    kerak. Elektr uskunada naryad va farmoyish bilan ishlashga ijozat berish bevosita ish 
    joyining o‘zida amalga oshirilishi lozim. Farmoyish bilan ishlashda ish joyini tayyorlash 
    kerak bo‘lmagan taqdirda, brigadani ishlashga ijozat berish ish joyiga borib amalga 
    oshirilishi shart emas, havo va kabel elektr uzatish, hamda havo aloqa tarmoqlarida esa 
    talab qilinmaydi. Brigadani ishlashiga ijozat berish, ish joyining tayyorligi 
    tekshirilganidan so‘ng, amalga oshiriladi. Bunda ishlashga ijozat beruvchi kuyidagilarni 
    amalga oshirishi zarur: - naryad yoki farmoyishda ko‘rsatilgan brigada qismidagi barcha 


    xodimlarni mosligini birma-bir shaxsiy guvohnomalariga qarab tekshirish kerak; - 
    yo‘riqnoma berish (brigadani naryad va farmoyish mazmuni bilan tanishtirish); - ish 
    joyining chegarasini ko‘rsatish; - ish joyiga yaqin turgan, kuchlanish yo‘qligidan qat’iy 
    nazar, ularga yaqinlashish man qilingan joy, ta’mirlanayotgan va uning yonidagi 
    qo‘shilish jihozlarining tok o‘tkazuvchi qismlari, hamda uskunalarni ko‘rsatishi kerak; - 
    brigadaga tarmoqdagi erga ulagichlarni qo‘yish joyini ko‘rsatish bilan yoki ish joyi 
    ko‘rinmagan taqdirda, kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish bilan birgalikda, iloji bo‘lsa, 
    35 kV va undan past kuchlanishli elektr uskunalarda, keyinchalik tok o‘tkazuvchi qismga 
    qo‘l tekkizish orqali kuchlanish yo‘qligini isbotlash zarur. Brigada a’zolariga ishlashga 
    ijozat beruvchidan tashqari, ishboshi ham yo‘riqnoma berishi kerak. U ish bajarish 
    texnologiyasi, asbob-uskuna, yuk ko‘tarish mashinasi va mexanizmlardan foydalanish 
    to‘g‘risida yo‘riqnoma berish bilan birgalikda, ishni xavfsiz bajarish haqida ham 
    yo‘riqnoma beradi. Ish rahbari kerak bo‘lganda yo‘riqnomani to‘ldirishi mumkin. 
    Yo‘riqnoma bermasdan, brigadani ishlashiga ijozat berish man qilinadi. Brigadaga 
    yo‘riqnoma berish va ishlashiga ijozat berish, ishlashga ijozat beruvchi va ishboshining 
    imzosi bilan naryadning 3-jadvalida kuni va vaqti ko‘rsatilib rasmiylashtiriladi. Ishlashga 
    ijozat 
    berishda 
    o‘tkazilgan 
    yo‘riqnomani, 
    yo‘riqnoma 
    o‘tkazish 
    jurnalida 
    rasmiylashtirishni talab qilinmaydi. Ishlashga ijozat berish ikki nusxada naryadda 
    rasmiylashtiriladi. Naryadni bir nusxasi ishboshida, ikkinchisi esa navbatchi yoki tezkor-
    ta’mirlash xodimdan tayyorlangan ishlashga ijozat beruvchida qoldiriladi. Ishboshi, 
    ishlashga ijozat beruvchi shaxs vazifasini o‘rindoshlik yo‘li bilan bajargan taqdirda, 
    ishlashga ijozat berish naryadning faqat bir nusxasida rasmiylashtiriladi. Farmoyish bilan 
    ishlashga ijozat berish tezkorlik jurnalida yoki naryad va farmoyish bilan bajarilgan 
    ishlarni qayd qilish jurnalida rasmiylashtiriladi (6-ilova).

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish