Sana; 12. 03. 2018.
Sinf; 1 – B
Fan ; Ona tili.
Mavzu; So`zning manosi.
Maqsadlar;
Ta`limiy maqsad; O`quvchilarga so`zning ma’nosi haqida bilim berish, erkin mustaqil ishlashga o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad; O`quvchilarda ona tabiatga bo`lgan mehr- muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash, uni asrab – avaylashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad; O`quvchilarni mashqlar ishlash orqali chi-
royli va bexato yozish ko`nikmalarini hosil
qilish. Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim ko`nikma va malakalarini shakllantiruvchi dars
Darsning metodi; “Video lug`at diktant”, “Raqamli joylashuv”, savol-javob.
Darsning jihozi.; “Bilarjonni kim yengadi?” ko`rgazmasi, darslik, proektor, kompyuter.
Tayanch kompetensiya elementlari; axborot bilan ishlash kompetintsiyasi, o`zini – o`zi rivojlantiruvchi kompetentsiyasi.
Nutqiy kompetensiya elementlari; ( tinglab tushunish, so`zlash, o`qish, yozish). O`qituvchi nutqini, audio va video ( multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab yushuna oladi, gapda so`zlarni o`zaro bog`lanishi va ma`lum bir vazifani bajara olishini bilib oladi.
Lingvistik kompetensiya elementlari; talaffuz me`yorlariga rioya qila oladi, bo`g`in ko`chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so`zlarni og`zaki va yozma nutqda qo`llay oladi, o`zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo`llay oladi.
|
Dars jarayoni va uning bosqichlari.
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Vaqt.
|
1 – bosqich;
Tashkiliy qism.
|
Salomlashish, o`quvchilarni darsga tayyorlash, navbatchi davomatini tinglash va tarbiyaviy daqiqa.
|
5 daqiqa
|
2 – bosqich;
O`tgan mavzuni mustahkamlash.
|
“Bilarjonni kim yengadi?”, “Ko`rgazmali savollar”.
|
12 daqiqa
|
3 – bosqich;
Yangi mavzu bayoni.
|
So`z ma’nosini tushuntirish, 81-82-83 mashqlar ustida ishlash
|
15 daqiqa
|
4 – bosqich;
Mustahkamlash
|
83-mashq, vidiolug`at diktant mashqi asosida “Raqamli joylashuv” oyini asosidamustahkamlanadi.
|
10 daqiqa
|
5 – bosqich;
Baholash.
Dars yakuni.
|
Darsni xulosalash va faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.
|
2 daqiqa
|
6 – bosqich;
Uyga vazifa.
|
O`quvchilarga uyga vazifani tushuntirish.
|
1 daqiqa
|
Darsning borishi;
Tashkiliy qism; Salomlashish.
Salom aziz bolalar Chiroyli gul lolalar O`quvchilar: Assalomu alaykum Ustoz sizga qilamiz ta’zim
O`qituvchi: - Qaranglarchi bolalar Tozamikan sinfimiz? Saramjon sarishtalab Qo`ysakmikan o`zimiz ?
O`quvchilar: - Sinchiklab qaradik biz saramjon ekan qarang Navbatchining mehnatin Olqishlaymiz hammamiz.
O`qituvchi; - Har narsadan xabarchi sinfda kim navbatchi.
Salimova Nigora : - Sinfda men navbatchi.
Tayyor barcha o`quvchi.
O`qituvchi: Hozir ona tili darsi shundaymi?
Ona tili darsi haqidagi shiorimizni aytib olaylik.
O`quvchilar : - Ona tilim - jonu dilim
Senla kamol topdi elim.
Tarbiyaviy daqiqa; Aziz o`quvchilar bugun biz siz bilan Yusuf Xos Xojibning “Qutadg`u bilig” asaridan, “Bilim, uquv – idrok farqini, nafini aytadi” bo`limidagi, “O`quv – idrok zulmat tunidagi mash’al kabidir, Bilim senga nur sochgan rushnolikdir” hikmatli so`zi haqida suhbatlashamiz. O`quv, idrok, bilim haqida alohida to`xtash joizdir. O`quv, idrok qorong`u tundagi mashalga o`xshaydi . Bilim esa mash’aldan taralayotgan nurga o`xshaydi.
O`quv qut beradi, bilim sharaf – shon, Shu ikkovi tufayli ulug`dir inson. O`qituvchi: - Shirin aziz bolajonlar
Bog`dagi gul lolajonlar.
Yaxshi yotib turdingizmi
Uy ishini qildingizmi?
O`quvchi: Uyda yaxshi dam oldik
Uy ishin ham bajardik.
O`qituvchi o`quvchilarning uyga vazifalarini tekshirib chiqadi.
Dars qoidasi bilan tanishtirish.
Vaqtdan unumli foydalanish.
O`ng qo`l qoidasi.
O`zaro hurmat.
Intozom.
Faol ishtirok etish.
Sinf o`quvchilarini dars boshlanishidan oldin 3 guruhga bo`lib olamiz. Mana kartochkalar orqasida guruhlarga nom yozilgan. Ularni guruh sardorlari bittadan tanlab oladilar.
Demak; 1 – guruh “ Lola “
2 – guruh “ Boychechak “
3 – guruh “ Qaldirg`och”.
Har bir guruh o`zlariga ta`rif beradilar.
1 – guruh birgalikda: Biz bo`lamiz birinchi,
Qani, yetib ko`ring-chi.
Dars qilamiz hamma vaqt,
Bizga bo`lar baland taxt.
2 – guruh birgalikda: Biz ham ortda qolmaymiz,
So`nggi o`rin bo`lmaymiz.
Chiqing maydon kutmasin
Hech kim xafa bo`lmasin.
3 – guruh birgalikda: Bugun oddiy dars emas
Balki sinov darsidir.
O`tib olsak sinovlardan
Bu har narsadan yaxshidir.
O`tgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.
O`tilgan mavzular yuzasidan savol – javob o`tkaziladi. Buning uchun “Bilarjonni kim yengadi?” ko`rgazmasidan foydalaninadi. O`quvchilar o`qituvchi tomonidan oldindan yozib, ko`rgazma cho`ntaklariga solib qo`yilgan savollarga javob beradilar. O`zlari istagan savolni olib javob beradilar, to`g`ri javob bergan o`quvchi rag`bat kartochkasi bilan rag`batlantirib boriladi.
Ko`rgazmali savollar:
1.So`zlar nimalarga bo`linadi? 2. Qaysi tovushlar bo`g`in hosil qiladi? 3. So`zlar birinchi satrdan ikkinchi satrga qanday ko`chiriladi? 4. “Qaldirg`och” so`zi nechta bo`g`inli so`z? 5. Alifboda nechta unli tovush bor? 6. Alifboda nechta undosh tovush bor? “Lola” guruhidan ikki nafar o`quvchi, “Boychechak” guruhidan ikki nafar o`quvchi, “Qaldirg`och “ guruhidan ikki nafar o`quvchi shu oltita savolga javob beradilar. “Lola” guruhiga 2 ta 5 ballik rag`bat kartockasi, “Boychechak “ guruhiga 1ta 4 ballik, 1ta 5 ballik rag`bat kartochkasi, “Qaldirg`och” guruhi 1ta 5 ballik, 1ta 3 ballik rag`bat kartochkasi bilan taqdirlanadi.
Multimediya ilova asosida gap yozishda harflarning bog`lanishi va so`zlar orasidagi masofa tushuntiriladi:
Gulsiz bo`lar mevasi,
Shirin shaker donasi. (Anjir)
|
Hozir biz yonimizdagi sheriklarimiz bilan daftarlarimizni almashamiz va husnixat mashqini qanday bajarganliklarini ko`rib chiqamiz. ( Har bir o`quvchi yonidagi sherigining bajargan ishini ovoz chiqarmay o`qiydi.)
Berilgan topishmoqni guruhdan uchtadan o`quvchi o`qiydi. Chunki, vaqtimiz kam. Su uch nafar o`quvchining o`qigan topishmog`idagi imloviy xatolar javobini qanday yozilganliklari hisobga olinib rag`batlantiriladi.
1 – guruhdan:
Bozorova E`zoza berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlandi.
Samiyev Botir berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan baholandi.
Farxodova Charos berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan baholandi.
2– guruhdan:
Lutfullayev Islom berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan baholandi.
Bahronov Jafar berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlandi.
Fayzullayev Shaxro`z berilgan topshiriq uchun “Yaxshi” kartochkasi bilan baholandi.
– guruhdan:
Xalilova Dilnura berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan baholandi.
Rahmonqulova Zaynura berigan topshiriq uchun “Yaxshi” kartochkasi bilan baholandi.
Azamatov Akbarali berilgan topshiriq uchun “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlandi..
O`qituvchi: Mana aziz o`quvchilar o`tgan mavzuni savol – javob bilan eslab oldik. O`tgan mavzuni biz “Bilarjonni kim yengadi?” ko`rgazmasidan va “Ko`rgazmali savollar”dan foydalandik .
3 Yangi mavzu bayoni.
O`qituvchi: Bolajonlar kitobimizning 152 betidagi 365 – mashqqa qaraymiz. Mashq qoidasini Rahmatov Muhiddin o`qiydi.
Rahmatov Muhiddin: O`qing. Ajratib kop`rsatilgan otlarning o`rniga shu otlarni ko`rsatadigan olmoshlarni qo`yib ko`chiring. Yana qanday olmoshlar borligini ayting.
(Mashq guruhlar o`rtasida o`qiladi va otlar o`rniga mos kishilik olmoshlari qo`yilib mashq doskada o`quvchilar tomonidan yoziladi.)
365 – mashq.
_ Rahimjon otingiz judayam chiroyli ekan, - dedim men. Rahimjon yalt etib menga qaradi. Rahimjonning ko`zlarida sevinch, g`urur bor edi. Rahimjon ikkimiz o`zimizni oftobga solib yotdik. Men Rahimjonga tikilib yotardim. Rahimjonni oftobda kuygan, tog` shamoli yalagan badani qizg`ish jo`yanga o`xshardi, hozir unga juda – juda havasim keldi.
O`qituvchi; Bolajonlar mashqdagi otingiz so`ziga ma`nodosh so`z toping va matnda qaysi so`z ko`chma ma`noda qo`llanganini aniqlang.
3 – guruhdan Hamroqulov Murod javob berdi; Otingiz so`ziga ma`nodosh so`z ismingiz.
O`qituvchi: Ofarin Murodga To`liq javob bergani uchun “Ofarin kartoshkasini beramiz.
2 – guruhdan Rahmatov Muhiddin javob berdi; “Tog` shamoli yalagan badani qizg`ish jo`yanga o`xshardi”. Bu yerda Rahimjonning badani qizib turgan cho`yan pechga o`xshatilayapdi. Ko`chma ma`noda qo`llangan.
O`qituvchi: Ofarin Muhiddin .To`liq javob bergani uchun Muhiddin “Ofarin” kartochkasi bilan taqdirlanadi.
365 – mashq doskada otlarga mos kishilik olmoshlari qo`yilib yoziladi.
- Rahimjon otingiz judayam chiroyli ekan, - dedim men. U yalt etib menga qaradi. Uning ko`zlarida sevinch, g`urur bor edi. Biz ikkimiz o`zimizni oftobga solib yotdik. Men unga tikilib yotardim. Rahimjonning oftobda kuygan, tog` shamoli yalagan badani qizg`ish cho`yanga o`xshardi, hozir unga juda – juda havasim keldi.
366 – mashq o`quvchilarga mustaqil ishlash uchun berildi. O`qituvchi qoidasini o`qidi.
O`qituvchi: Matnni o`qing. Undagi ot, sifat, son va olmoshlarni aniqlang. Ularni alohoda guruhlab yozing.
( Mashq Matashova Gulsanam tomonidan o`qildi va o`qituvchi tomonidan tushuntirildi. O`quvchilar mustaqil bajardilar.)
Ot
|
Sifat
|
Son
|
Olmosh
|
Yunus rajabiy kuy va qo`shiqlari bilan xalqqa tanildi.
|
Bastakor radioda maqomchilar ansamblini tuzgan
|
Yigirma yil davomida to`plagan asarlarini tartibga keltirib, ajoyib kitib qilgan.
Yunus Rajabiyning 5 jildli “O`zbek xalq musiqasi”, 6 jildli “Shashmaqom” kitoblari xalqimizga o`lmas meros bo`lib qoldi.
|
Uning hayoti va ijodi O`zbekiston radiosi bilan bog`liq.
|
( Har bir guruhdan ikkitadan o`quvchi 366 – mashqni yozganini o`qidi va to`g`ri yozdi deb, topilgan o`quvchilar baholandilar. Bular)
1 – guruhdan Abdurashidov Temur “Ofarin”, Musurmonova Asila “Ofarin”, 2 – guruhdan Ergashova O`g`iloy “Ofarin”, Rahmatov Muhiddin “Ofarin”, 3 – guruhdan Hamroqulov Murod “Ofarin”, Islomov Dilshod “Yaxshi” baholari bilan taqdirlandi.
Mustahkamlash.
O`qituvchi: Bolajonlar bugungi mavzuni mustahkamlash uchun 5 ta test savoli o`qiyman siz javoblarini belgilab borasiz. Belgilab bo`lgandan so`ng yoningizdagi sherigingiz bilan javoblarni alishamiz va tekshiramiz. 5 ta to`g`ri topgan o`quvchilar “Ofarin”, 4 ta to`g`ri topgan o`quvchilar “Yaxshi” kartochkalari bilan rag`batlantiriladi.
1.Qaysi olmosh hurmatni bildirsa bosh harf bilan yoziladi?
Men b) sen s) siz d) u
2. Umid ko`zin senga tikkan
Ona xalqing, ona yurt,
Senda g`ayrat, senda sur`at,
Senda orzu, matonat.
Ushbu she`rda nechta olmosh qatnashgan?
4 b) 5 s) 6 d) 3
3. Demang meni hunarsiz,
Menda ham bir hunar bor,
Hunarim zo`r, ko`rarsiz,
Mening kasbim duradgor.
Ushbu she`rda nechta olmoshning o`zagida tovush tushishi sodir bo`lgan?
3 b) 1 s) 2 d) 4
4. Bitta orzim bor mening,
Do`stlarim sizga aytsam.
Uyga kelsam, menga ish
Buyurmasa hech oyim.
Ushbu she`rda nechta olmoshning o`zagida tovush tushushi bo`lgan?
1 b) 2 s) 3 d) 4
5. Qaysi javobdagi gapda 2 shaxs ko`plik sondagi olmosh qatnashgan?
a) Oyi, nima yumush bo`lsa, menga ayting.
b) Men bo`sh vaqtimda qayiqcha yasayman.
s) Sen bu gapimni uqib ol.
d) Sizni sog`indim, mehribon akajonim.
( To`g`ri javoblar 1 s ; 2 a; 3 s; 4 a; 5 a; tekshiriladi va 5 ta 4 ta topgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Ular;)
1 – guruhdan Abdurashidov T, Shaxriyeva E, Musurmonova A, “Ofarin” va Tilabov M, Amriddinova F, Bektimirov A, Ziyodullayeva N “Yaxshi” kartochkasi bilan rag`batlantirldi.
2 – guruhdan Rahmatov M, Ergashov O, Islomov O, Ergashova O`, Turdaliyeva G, Haqberdiyev R “Ofarin” kartochkasi bilan rag`batlantirildi.
3 – guruhdan Hamroqulov M, Nasimboyev D, Islomov D, Suyarov X, Merzayeva U, Matashova G “Ofarin”, Azimjonov B, Anvarova S “Yaxshi” kartochkasi bilan rag`batlantirildi.
Darsni yakunlash.
Darsni xulosalash.
1 – guruh “Olmoshlar “ 88 ball
2 – guruh “Kelishiklar” 96 ball
3 – guruh “Sifatlar” 99 ball.
Bugungi darsimizda “Sifatlar “ jamoasi 99 ball to`plab 1 – o`rinni egalladi. 2 – o`rin “Kelishiklar” jamoasi 96 ball to`plaid. Oxirgi jamoamiz 88 ball to`plagan “Olmoshlar jamoasi 3 – o`rinni egalladi.
Bugungi darsimizda eng faol qatnashgan o`quvchilarni turli namenatsiyalar bilan taqdirlaymiz.
Eng “Bilimdon” o`quvchi; Rahmatov M 25 ball va Hamroqulov M 25 ball.
Eng “Topqir” o`quvchi; Abdurashidov T 20 ball
Eng “Ziyrak” o`quvchi Musurmonova Asila 15 ball.
Uyga vazifa;
4 - sinf “O`qish kitobi”dagi Hakim Nazarning “Shoira” hikoyasidan ot, sifat, son, kishilik olmoshlari qatnashgan gaplar topib ko`chiring. So`zlarning ustiga turkumini yozing.
Darsda mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalari samaradorligi 94,3 foizni tashkil qildi.
Dars namunali deb topildi.
Kuzatuvchilar:
Maktab direktori; Mamadaliyeva M.
Ona tili va adabiyot o`qituvchisi; Nizomova Sh.
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi; Qurbonova H.
Sana; 16. 03. 2018 yil.
SAMARQAND VILOYAT XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
Urgut tuman XTB ga qarashli 36 – umumiy o`rta ta`lim maktabi
4 – B sinf o`qituvchisi Hamroyeva Nazokatning bir soatlik namunaviy
2018 yil
2018 yil
2018 yil.
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Urgut tuman XTBga qarashli 36- umumta’lim maktabining 1-“B” sinf o`qituvchisi Haqberdiyeva Binobarning bir soatlik namunaviy
DARS ISHLANMASI
2018- yil.
DARS ISHLANMASI
|