Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/199
Sana15.05.2024
Hajmi6,08 Mb.
#236514
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   199
Bog'liq
cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

3.
 
Elektrstansiya va podstansiyalarning elektr uskunalari, hamda kabel 
elektr tarmoqlarida farmoyish bo‘yicha ish bajarish. 
Vaqtinchalik to‘siq qo‘yish va kuchlanishni olib tashlash talab qilinmaydigan elektr 
uskunalarning tok o‘tkazuvchi qismida bajariladigan ishlar, farmoyish bilan bajarilishi 
mumkin. 
1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida farmoyish bilan quyidagi 
ishlarni bajarishga ijozat beriladi: 
-
kabeli olinib va uchlari qisqa tutashtirilib erga ulab qo‘yilgan elektr 
motorlarda; 
-
shina 
va kabellari 
tok 
chiqadigan 
joyidan 
olib
tashlangan generatorlarda; 
-
taqsimlovchi elektr uskunalari xonalari ichidagi temir pardalari ѐpilib 
qulflangan bo‘lsa, sudralib olingan aravachalarda. 
Umumiy shinalarga kuchlanish berib yuborish ehtimoli bo‘lgan taqsimlovchi elektr 
uskunalarining umumiy shinalarida, shchitlari va ularni tarmoqlarida bajariladigan 
ishlardan tashqari, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalaridagi ishlarni 
farmoyish 
bilan 
bajarishga 
ijozat 
beriladi. Odamlarning 
elektr 
tokidan 
shikastlanishlariga nisbatan xavfi kam bo‘lgan xonalarda joylashgan 1000 V 
kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishboshi bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan III 
guruhga ega bo‘lgan ishchi, yakka o‘zi ishlashi mumkin. 
Kuchlanish bor-yo‘qligidan qat’iy nazar, ikkilamchi zanjirlar, o‘lchov asboblari, releli 
himoya uskunalari, avtomatika, telemexanika, aloqa vositalari va ularning agregat 
shkaflari, uzatmalari bilan birgalikda ta’mirlash, hamda ularga xizmat qilish bilan 
bog‘liq ishlarni bajarishda quyidagilarga ijozat beriladi: 


-
ishlarni farmoyish bo‘yicha bajarishga, naryad bilan bajarganda ish rahbari 
tayinlanmaslikka; 
-
1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlari bo‘lmagan, 
ular to‘la to‘silgan ѐki ularni to‘sish talab qilinmaydigan balandlikda joylashgan 
bo‘lsa, xonalardagi ikkilamchi zanjir va uskunalarda IV guruhli ishboshining yakka 
o‘zi ishlashiga; 
-
yuqoridagi uskunalarda xizmat qiluvchi IV guruhli ishboshi ishlashga ijozat 
beruvchi xodim vazifasini bajarishiga, bunda ish joyini etarlicha tayѐrlashda 
ko‘riladigan xavfsizlik choralarini o‘zi aniqlaydi; 
-
ish joyini tayѐrlash uchun 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr 
zanjirlarini o‘chirish, erga ulash, hamda vaqtinchalik to‘siqlar qo‘yish talab 
qilinmasa, bunday o‘rindoshlik vazifasini bajarishga yuqorida ko‘rsatilgan 
uskunalarni ishboshi tomonidan o‘chirishi ѐki ѐqishiga, hamda ish joyini tayѐrlashga 
va ishlashga ijozat berishga ruxsat bergan xodimning ruxsati bilan o‘chirgichni 
o‘chirishi ѐki ѐqishiga tegishli releli himoya va avtomatika uskunalarini sinab 
ko‘rishga ruxsat etiladi. 
Elektrstansiya va podstansiyalardagi elektr uskunalarida elektr xavfsizligi bo‘yicha III 
guruhga ega bo‘lgan o‘zi ishchiga quyidagi ishlarni farmoyish bilan amalga oshirishga 
ijozat beriladi: 
-
ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari hududini obodonlashtirish, o‘t- 
o‘lanlardan tozalash, yo‘llar va yo‘lakchalardagi qorni tozalash; 
-
balandligi 2,5 metrdan past bo‘lgan taqsimlovchi elektr uskunalari 
xonasidan tashqarida joylashgan radio va aloqa tarmoqlari uskunalariga xizmat 
ko‘rsatish va ta’mirlash; 
-
taqsimlovchi elektr uskunalari xonasidan tashqarida joylashgan to‘siqlarda 
va uskuna ustiga ѐpilgan qoplamalardagi doimiy ѐzuvlarni qayta tiklash; 
-
transformatorlar, generatorlar va boshqa uskunalarni quritilishini nazorat 
qilib turish; 
-
moylarni quritish va tozalashda moy tozalagich, hamda ѐrdamchi 
apparatlarga xizmat ko‘rsatish; 
-
kompressorlar, 
transformatorning 
moy 
nasoslari, 
shamollatgich 
(ventilyator) larning mexanik qismlari va elektr motorlarida bajariladigan ishlar; 
-
havo tozalagich filtrlarini tekshirish va uning ichidagi sorbentlarni 
almashtirish; 
Taqsimlovchi elektr uskunalari tashqarisida, balandligi 2,5 metrdan pastda joylashgan 
ѐritgichlarni tozalash, ulardagi lampalarni almashtirishni elektr xavfsizligi bo‘yicha II 
guruhga ega bo‘lgan bir ishchi farmoyish bilan bajarish mumkin. Balandligi 2,5 
metrgacha bo‘lgan taqsimlovchi elektr uskunalar ichida, uning xonalaridan tashqarida 
o‘rnatilgan ѐritgich apparatlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash farmoyish bilan elektr 
xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan bir ishchi tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin. 
Tok o‘tkazuvchi qismlari to‘silgan 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr 
uskunalari, hamda boshqaruv va releli himoya vositalari joylashgan xonalarni tozalash 
farmoyish bilan elektr xavfsizligi bo‘yicha II guruhga ega bo‘lgan bir ishchi tomonidan 
bajarilishi mumkin. Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari maydonini tozalash 
farmoyish bilan elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan yakka ishchi 
tomonidan bajarilishi mumkin. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   199




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish