Uch fazali zanjirlarga iste’molchilami ulash usullari . Uch fazali tok zanjirida ikki xil
ulanish usullari mavjud. YUlduzchasimon ulanish bu uch fazali elektr energiya istemolchilarini
shartli ravishda qabul qilingan kirish qismi. A V S chulg‘amlar manbaga ulanib, ulaming
tugallanishi x; y; z lar o‘zaro birlashtiriladi. Bunday ulash Y belgisi bilan belgilanadi. Generator
va iste’molchilami 0 nuqtalarini birlashtiruvchi sim nolinchi (neytral) simi deyiladi. Nolinchi
simdan o‘tadigan tok I
0
tarzda belgilanadi. Kirxgofning birinchi qonuniga muvofiq neytral
simidan o‘tadigan toklami geometrik yig‘indisi nolga teng. Elektr energiyasi iste’molchilari
yulduz sistemada ulangan bo‘lsa liniya kuchlanishlari (Ul) faza kuchlanishlaridan 3 marta katta
bo‘ladi.
4-rasm: Uch fazali sistemalarda quvvatni o‘lchash- A) Simmetrik; B) Nosimmetrik rejim
uchun.
Uch fazali sistemalarda uchburchaksimon ulanish sxemasi va vektor diogrammalari.
Uchburchaksimon ulanish esa A fazani tugallanishi x bilan V fazani boshlanishi, V fazani
tugallanishi u bilan S fazani boshlanishi, S fazani tugallanishi z bilan A fazani boshlanishini
biriktirishdan hosil bo‘ladi.
Uch fazali zanjirlarda simmetrik va nosimmetrik ish rejimlar. Uch fazali tizimlarda
iste’molchilar yuklamasi har bir fazalarda bir xil bo‘lsa bu simmetrik rejim deb ataladi,
fazalardagi yuklanish qiymatlarini biri boshqasidan farq qilsa nosimmetrik ish rejimi deyiladi.
Uch fazali (sinusoidal) tok zanjirida elektr energiyasining iste’molchilari uch fazali manbaaga
“yulduz” yoki “uchburchak” sxema bo‘yicha biriktiriladi. 3 fazali tok manbaiga iste’molchilami
qanday ulanishi ulaming har qaysi fazalarining qarshiliklarini qanday miqdordagi nominal
kuchlanishga mo‘ljallanganligiga bog‘lik. Iste’molchilari “yulduz” sxemada ulanganda Za, Zv ,
Zs faza qarshiliklari bosh uchlari A, V, S manbaadan kelayotgan liniya simlariga, oxirgi uchlari
esa neytral nuqta 0 ga ulanadi. Uch fazali sistema EYUKlarini oniy qiymatlari miqdor jihatidan
bir-biriga teng bo‘lib, faza jihatidan bir-biridan 120
o
ga farq qiladi. Agar liniya simlari va neytral
simning qarshiligi nolga teng bo‘lsa, sistema EYUK miqdorlari kuchlanishga teng bo‘ladi.