Tayanch so‘z va iboralar:
Tok,
jarohatlanish,xavfsizlik,
muskul
qisqarishi,
tok
urishi,
fibrillyasiya,qisqa
tutashuv,elektr yoyi,
Sinov savollari:
1.Elektr tokidan jarohatlanishlami oldini olish uchun qanday talablar qo‘yiladi?
2.Xavfsizlik texnikasi nima?
3.Nima sababdan eletr tokidan jarohatlanishlaming 80%dan ko‘prog‘i 1000 Vgacha ya’ni
past kuchlanishli elektr tarmoqlarida yuz beradi?
4.Nima sababdan insoning elektr tokiga qarshiligida inson terisining qarshilishgi yuqori
hisoblanadi?
5.Insonlarda elektr tokiga qarshilik birhil bo‘ladimi?
6.Insonning elektr tokiga qarshiligi insondagi qaysi omillarga bog‘liq?
4-mavzu. INSONNI ELEKTR TOKIDAN SHIKASTLANISHI OMILLARI VA
SABABLARI
1.Elektr tokidan zararlanishlaming yuzaga kelishiga sababchi omillar
2. Insonlaming elektrdan jarohatlanishiga sabab bo‘luvchi omillami aniqlash mehnat
sharoitini tekshirish
3. Elektr tokidan jarohatlanishning insonning shaxsiy xususiyatiga bog‘liqligi.
Elektr tokidan zararlanishlaming yuzaga kelishiga sababchi omillar
Elektr tokidan to‘g‘ri foydalanish insonning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlaydi.
Elektr tokidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqadigan zararli tomonlari juda xunuk
holatlarga olib kelishi mumkin. Bunda insonga ta’sir etuvchi elektr tokining inson tanasidagi
harakatlanib
turuvchi qon, terining tuz eritmali namligi, turli shilliq qavatlar orqali
harakatlanishlarini tushunib etish kerak. Bilish lozimki, insonga elektr tokining ta’sir
etishi
natijasida organizmdagi me’yoriy faoliyat buziladi, miya to‘qimalari, asab tizimlari, nafas olish
tizimlari va yurak ishdan chiqishi kuzatiladi.
Elektr xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha shuni ta’kidlash lozimki, o‘quv laboratoriya xonalari
uchun qo‘llaniladigan past kuchlanishli(42 V gacha) elektr tokidan
foydalanishda ham bir kishi
yakka tartibda ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Buning asosiy sababi shundaki, biror xatolikka yo‘l
qo‘yiladigan bo‘lsa, kuzatuvchi kishi bunga qarshi chorani belgilashi zarur.
Elektrdan jarohatlanishlar yuzaga kelishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
-Elektr qurilmalari izolyasiyalangan o‘tkazgich(sim)lar izolyasiyasi eskirib, emirilib,
qisqa
tutashib qolishi, korpus yoki elektromotorga me’yoridan ortiqcha kuchlanishlar ulanib qolishi;
-Elektr dastgohlaridagi avtouzgichlaming buzilib qolishi va buni o‘z vaqtida hisobga olmaslik;
-1000 V dan yuqori kuchlanish hisobiga ishlovchi elektr qurilmalarida ishlovchi kishi bilan elektr
qurilmasi o‘rtasida elektr yoy yuzaga kelishi. Bular oldindan ishchiga ma’lum qilinishi, tok
kattaligiga qarab ishchi va elektr qurilma oraliq masofasi - 15 kV da 0,7 metr, 220 kV da 3 metr
bo‘lishligi saqlanishi zarur;
-er sirtiga tok o‘tkazuvchi simlaming tegib qolishi natijasida qadam kuchlanishlarining paydo
bo‘lib qolishi;
-Elektr dastgohlarini noto‘g‘ri montaj qilish;
-Elektr dastgohlarga ulaming texnik pasportida ko‘rsatilgan elektr tokidan yuqori kattalikdagiga
ulash;
-mehnat sharoitlari bo‘yicha xonadagi namlikning ortib ketishi;
-ishchining mas’uliyatsizligi, nazoratning susayishi, xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi;
-tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi(shamol, suv toshqini, sel, zizila va hok.);
-himoya vositalarining eskirib qolishi yoki dielektrik xossalarining
kamayib ketganligi va shu
kabi ishni tashkil etishdagi kamchiliklar.
Elektr tokidan zararlanishlar miqdorini kamaytirish uchun korxona ishchilari ongiga
yuqoridagi tushunchalami singdirish kerak.