asosan xavfsizlik texnikasi to‘g‘risidagi tushunchaga ega bo‘lishlari va unga amal qilishlari
ko‘zda tutiladi.
Xavfsizlik texnikasi -
ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillar ta’sir etishining
oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimidir. Elektr xavfsizligi
-
ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi elektr toki ta’sir etishining
oldini oluvchi tashkiliy va
texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimidir.
Hozirgi rivojlangan texnika davrida ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda
xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi qoidalari maxsus yo‘riqnoma sifatida gavdalanadi. Ish
beruvchi xodimlaming mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qishlarini ta’minlashi,
ulaming
bilimlarini sinab, tekshirib turishlari shart. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quvdan, yo‘l-
yo‘riqdan o‘tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlami ishga qo‘yish ta’qiqlanadi. Bu haqda
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining XIII-bobida aytib o‘tilganligini bilamiz.