ijozat berishda texnika xavfsizligining qoidasi talablari bajarilishi kerak. Texnika
xavfsizligi qoidasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalami faqat uni tasdiqlagan tashkilot
kiritishi mumkin. Texnika xavfsizligi qoidasiga muvofiq ish jarayonida foydalaniladigan
himoya vositalari Davlat yagona nusxasi talablariga va «Elektr
uskunalarida
foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidasi» ga javob berishi shart.
Ishlami bajarishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, kompressor
va havo yig‘uvchi qurilmalar, asbob va moslamalar sinalgan bo‘lishi va mehnat xavfsizligi
yagona nusxasi talablariga, O‘zbekistan Respublikasi Davlat tog‘-kon
texnikasi nazorati
qoidalariga va «Asbob va moslamalar yordami bilan ish bajarishda xavfsizlik qoidalari» ga,
shuningdek, ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomasi talablariga muvofiq ishlatilishi kerak. Ishlab
turgan elektr uskunalarida qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarayotganda qurilish me’yori, ya’ni
«Qurilishda texnika xavfsizligi» qoidasiga rioya qilish shart. Qoida hamma uchun majburiydir.
Ishchi
va
xizmatchilar
mehnatini
muhofaza
qilish
yo‘riqnomasi ushbu qoidaga
muvofiqlashtirilishi kerak. Har bir xodim qoida talablariga zid bo‘lgan chekinish yoki texnika
xavfsizligining qoidalari
talabini bajarmaslikni, hamda elektr uskunalaridagi inson hayoti uchun
xavf tug‘diruvchi nosozlikni, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashina, mexanizm, asbob,
moslama va himoya vositalaridagi buzilishni bartaraf etish chorasini ko‘ra olmasa, zudlik bilan
yuqori tashkilot rahbariyatiga bu haqida xabar berishi shart. Texnika xavfsizligi qoidalariga zid
keladigan farmoyish va topshiriqlami bajarish qat’iyan man qilinadi.