- termit, gaz va elektr kavsharlash ishlarida;
- pnevmatik asbob va qurilish-ta’mirlash pistoletlarini ishlatish bilan bog‘liq ishlarda;
- nitrobo‘yoq va nitroemal ishlatib, pulverizator yordamidagi bo‘yash va asfalt laklarini
qo‘llash bilan bog‘liq ishlarda;
- yog‘ochlami antiseptik va yong‘inga chidamli birikmalar bilan shimdirish ishlarida;
- er osti inshootlarida va er qazish ishlarida;
- portlash xavfi bo‘lgan moddalami saqlash, ishlatish va tashish bilan bog‘liq ishlarda;
- balog‘atga etmagan yoshlarga belgilangan me’yorda, og‘ir narsalami ishlatish va
ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda;
- mahalliy navbatchisiz kuchaytirgich aloqa punktlari uskunalarini ta’mirlash va
profilaktika ishlarida; 18 yoshgacha bo‘lgan, ixtisoslashtirilgan texnika bilim yurtlarining
talabalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarini korxonalarda ishlab-
chiqarish amaliyotini o‘tash davrida (ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kasb o‘rganish
davrida), mehnat ta’lim muhandisi va korxona (tashkilot) ishchi-xodimlari nazorati ostida,
belgilangan ishlarda bir kunda 4 soatgacha ishlash uchun ruxsat etiladi. O‘qish muddati 3 yildan
kam bo‘lmagan ixtisoslashtirilgan texnika bilim yurti va o‘rta ma’lumot beruvchi maxsus bilim
yurtlarini tamomlab, maxsus mutaxassis kasb o‘rganib, 18 yoshga to‘lmagan
bilim yurti
bitiruvchilari belgilangan ishlarda ishlash uchun, amaldagi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha,
qoida va normalarga rioya qiluvchi, tajribali ishchi-murabbiylar rahbarligida, ruxsat etiladi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Ishlab chiqarish muhiti, elektr jihoz, tok o‘tkazuvchi asos, elektr tokidan zararlanish, energetik
tizim, elektr ta’minoti, naryad-ijozat,tok o‘tkazuvchi tarmoq.
Sinov savollari:
1.Ishlab chiqarish muhitda nisbiy namlik necha foizdan ortganda elektr jihozlaridan foydalanish
taqiqilanadi?
2.Tok o‘tkazuvchi asos deganda nimani tushunasiz?
3.Insoning elektr tokidan zararlanishiga qanday sabablar bshlishi mumkin?
4.Xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzgan ishchi-xodimlarga nisbatan qanday jazo choralari
ko‘zda tutilgan?
5.Energetikak tizimi nima?
6.Elektr ta’minti deganda nimani tushunasiz?