Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/199
Sana15.05.2024
Hajmi6,08 Mb.
#236514
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   199
Bog'liq
cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

 
 
 
 
 
2-rasm Inson terisining ko‘rinishi (kesmada) a) epidermis – teming tashqi qatlami; b) derma - 
teming ichki qatlami; 1) yuqori qatlami; 2) usish qatlami; 3) yog‘ qatlami; 4) ter bezi; 5) yog‘ 
bezlari; 6) qil; 7) qon tomiri; 8) sezgi asab uchlari 
 
 


Inson tanasining elektr tokiga qarshiligi
 
Elektr toki inson organizmi uchun katta xavf bo‘lib hisoblanadi. Inson organizmi orqali 
elektr toki o‘tganda, elektrdan jarohatlanish kelib chiqadi: muskullar qisqaradi; ko‘z qorachig‘i 
kengayadi; miya faoliyati buziladi; tana qiziydi; teri kuyishi mumkin; organizma biologik 
o‘zgarishlar kuzatiladi; organizmda qutblanish kuzatiladi va hokazo. 
Dastlab barcha muskullar qisqarishi, tok urishi, elektr tokidan kuyish, turli xil 
ko‘rinishdagi dog‘(belgi)lar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Elektr tokining ta’sirida og‘ir jarohatlar 
yuzaga kelishi, inson hattoki o‘lishi mumkin. 
Elektr tokining urishi natijasida inson hushsizlanib, buning natijasida qon aylanish tizimi 
ishdan chiqib, fibrillyasiya yoki yurak faoliyati izdan chiqishi mumkin. Fibrillyasiya deb yurak 
muskullarining alohida tolalari(fibrillari)ning xaotik(tartibsiz) holda ishlashi, ya’ni yurak turlicha 
qisqarib-kengayishi tushuniladi. Tashqi fibrillyasiya kuzatilganda insonning yurak urishidagi puls 
deyarli sezilmaydi. Bu holatda inson organizmi uzoq vaqt davomida me’yorida ishlay olmaydi, 
o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, insonda klinik o‘lim kuzatilishi mumkin. 
Elektr tokidan kuyish elektr tokida ishlab turgan qurilma, dastgohlami qoidaga xilof holda 
uzilganda, ya’ni simlar to‘la izolyasiya qilinmagan holda, elektr yoy hosil bo‘lganda, yuqori 
kuchlanish bilan ishlayotgan elektr qurilmalari ochiq simlariga hamda qisqa tutashuvga yaqin 
turilganda va shu kabilarda hosil bo‘ladi. Kuyish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tok o‘tkazuvchi qismlar bilan 
kontaktda bo‘linganda ham yuzaga kelishi mumkin. Elektr tokidan kuyish og‘ir ko‘rinishdagi 
kuyish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin va buni davolash juda ham qiyin kechadi. 
Ayniqsa teri to‘qimalarining ichki qatlamlarigacha kuyganda bu holat yaqqol namoyon bo‘ladi.
Elektr toki ta’siridan tanada hosil bo‘ladigan belgilari inson organizmiga tokning kirish va 
chiqish joylarida kuzatiladi. Bu kulrang parda bilan qoplangan sariq rangli ko‘rinishda bo‘lib, 
tananing shu qismidagi teri hujayralari o‘lgan holatda bo‘ladi.
Elektrojarohatlanish inson organizmidan o‘tayotgan tok kuchiga, tok chastotasiga, 
organizmning fiziologik holatiga, tok ta’sirining davomiylik vaqtiga, organizmdagi va ishlab 
chiqarish sharoitidagi tok yo‘liga bog‘liq bo‘ladi. Organizm uchun eng xavflisi 50 – 500 Gs 
chastotali elektr toki hisoblanadi.
Agar inson tanasi quruq, toza va jarohatlanmagan holatda bo‘lsa, 10 V kuchlanish ta’sirida 
uning qarshiligi 100 000 Om ga teng bo‘ladi. Terida biror jarohatlanish bo‘lsa, tananing qarshiligi 
birdaniga kamayadi (1000 Om gacha). Bundan ko‘rinadiki inson tanasining qarshiligi chiziqli 
holatda uzgaruvchan hisoblanmaydi. CHunki kuchlanishni 10 V dan 140 V ga o‘zgartirsak, inson 
tanasining qarshiligi bir necha o‘n mingdan 800 Om ga qadar pasayib ketishi mumkin. Inson 
tanasidan o‘tayotgan tok xavfliligi ortib boradi. Elektr xavfsizligi bo‘yicha hisoblash ishlarida 
inson tanasining qarshiligi:1000 Om 
deb qabul qilingan. 
Inson tanasidan o‘tayotgan tok kattaligini Om qonuni bo‘yicha shartli ravishda 
quyidagicha aniqlanadi: 

bu erda 
 
- zanjiming ikki nuqtasidagi kuchlanish bo‘lib, bu erda inson tegib turgan nuqtalar 
hisobga olinadi, V. 
Inson organizmiga ta’sir etishini bilgan holda, barcha o‘quv laboratoriyalarida tajriba 
maqsadlarida 12 – 42 V kuchlanishli elektr toklari ishlatiladi. Lekin shuni ham eslatib o‘tish 
joizki, birinchidan, bunday kuchlanishdagi tok ham insonning kaftlari, bug‘inlari, bo‘yin va 
elkalarining yumshoq pardali qismlariga ta’sir etishi, yoki tanaga uzoq muddat ta’sir etishi 
natijasida halok qilishi mumkin. SHuning uchun ham laboratoriyada o‘tkaziladigan har kanday 
elektr bilan bog‘liq bo‘lgan tajribalar o‘qituvchi yoki laboratoriya rahbari nazorati ostida 
o‘tkaziladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   199




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish