|
Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978Insonlaming elektrdan jarohatlanishiga sabab bo‘luvchi omillami aniqlash mehnat
sharoitini tekshirish
GOST 12.1.013-78ga binoan elektr xavfsizlik darajalari bo‘yicha tashqi sharoitlami
hisobga olgan holda mehnat sharoitlari ko‘rib chiqilgan:
1.
Kishilaming elektr tokidan yuqori xavfli jarohatlanish shartlari(sabablari):
-
namlik mavjudligi – bug‘ yoki kondensirlangan namliklar mayda tomchi singari ajralib
chiqishi natijasida nisbiy namlikning 75 % dan ortib ketishi kuzatiladi(yuvish xonalari, issiq
sexlar);
-
tok o‘tkazuvchi changlaming mavjudligi – mashina va apparatlar ichiga, o‘tkazgichlarga
o‘tirib qolgan texnologik va turli xil changlar (un ishlab chiqarishdagi, ko‘mirxona, omborxona
va boshqa joylardagi changlar), o‘rtacha ishlab chiqarish sharoitlarida bular sovishga va
izolyasiyaga tusqinlik qilishi kuzatiladi ammo yong‘in yoki portlash keltirib chiqarmaydi;
-
tok o‘tkazuvchi asos(taglik)lar mavjudligi (metalli, tuproqli, temirbetonli, g‘ishtli);
-
yuqori harorat - yil fasllari va issiqlik nurlanishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda harorat uzoq
muddat 35
o
S, qisqa muddatli 40
o
S bo‘lishi;
-
insonning bir vaqtning o‘zida bir tomondan binoning erga mahkamlangan metall
konstruksiyali qismiga, ikinchi tomondan elektr qurilmaning metall korpusiga tegib turishi.
2.
Kishilaming elektr tokidan xavfli jarohatlanish sharoitlari:
-
zax (yomg‘ir, qor, binoning ichida joylashgan namlik bilan qoplangan shift, pol, devor,
buyum);
-
kimyoviy aktiv (faol) muhit;
-
bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq yuqori xavfli sharoitlaming mavjudligi.
3.
Kishilaming yuqori xavfli bo‘lmagan jarohatlanish sharoitlari:
-
xavf va yuqori xavflami keltirib chiqaruvchi omillaming mavjud emasligi (ya’ni yuqori
bo‘lmagan xavflaming mavjudligi).
Elektr qurilmalaridan foydalanishda turli baxtsiz hodisa kelib chiqishi mumkinligini bilgan
holda ulardan foydalanishda yuqori xavfli holatlar bo‘yicha kuzatuv ishlari amalga oshiriladi.
SHu bilan birga himoya vositalari va texnikaviy usullar elektr xavfini keltirib chiqarmaydigan
bo‘lishini ta’minlash zarur. Agar elektr xavfsizligiga doir biror kamchilik sezilsa, elektr bilan
ishlash ta’qiqlangani holda bu kamchiliklami bartaraf etishga kirishiladi.
Ish joylarida tok ta’siridan shikastlanish ish sharoitlarining elektr xavfsizligi bo‘yicha
klassifikatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi:
Atrof-muhit omillariga bog‘liq ravishda ishlab chiqarish sharoitlari elektr xavfsizligi
bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi:
– yuqori xavfli sharoit;
– o‘ta xavfli sharoit;
– xavfi kam bo‘lgan sharoit. Xavfi kam bo‘lgan sharoitda elekt tokidan jarohatlanadigan kishiga
o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilsa, hattoki jarohatlanish kuzatilmasligi mumkin.
|
| |