• Inson terisining tuzilishi va elektr tokiga qarshiligi
  • Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

     
    Elektr xavfsizligi 
    Hozirgi kunning sanoat ishlab chiqarishdagi asosiy energiya manbai elektr toki bo‘lib 
    hisoblanadi. Ishlatilish sohasi bo‘yicha deyarli barcha dastgoh, yoritgich, minora krani, havo 
    almashtirgich, lentali transportyor, eskalator va hokazo juda ko‘p turdagi harakatlanuvchi 
    mashina-mexanizmlarlarda elektr toki ishlatiladi. Bu esa o‘z navbatida elektr tokining o‘ziga xos 
    xavfsizlik tomonlarini o‘rganishni taqozo etadi. Bunga asosiy sabab shuki, ishlab chiqarishdagi 
    barcha jarohatlanishlaming bir foizini va shu bilan birga umumiy o‘lim bilan tugaydigan baxtsiz 
    hodisalaming 20-30%ini elektrdan jarohatlanish tashkil qiladi. Tekshirishlar natijasida shu narsa 
    ma’lum bo‘ldiki, o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalaming deyarli 80%i 1000 V gacha bo‘lgan 
    kuchlanishli elektr tokida ishlovchi elektr dastgoh va qurilmalarda yuzaga kelgan. SHuning 
    uchun ham elektrdan jarohatlanish sabablari, ulami bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish mehnat 
    muhofazasining asosiy vazifalaridan bo‘lib hisoblanadi.
     
    Mehnat muhofazasining elektr xavfsizligini tushuntirishda elektr tokidan to‘g‘ri 
    foydalanish yo‘llari, elektr tokining inson organizmiga zararli ta’siri kabilar tushuntirilishi bilan 
    birga elektr tokining turlari ham to‘la tushuntiriladi. Elektr toklarining turlarini tushuntirish uchun 
    dastlab elektr tarmoqlarini esga olishimiz zarur. Sababi elektr toki sanoat ishlab chiqarishining 
    asosiy energiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Korxona va tashkilotlarda maishiy xizmatlar uchun 
    ham elektr toki ishlatiladi.
    Elektr xavfsizligi
    qisqacha aytilganda - elektr tokining, elektr yoyning, elektromagnit 
    maydonlari, statik elektr toklarining zararli va xavfli ta’sirlaridan insonlami muhofaza qilishni 
    ta’minlovchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimlari hisoblanadi. 
    Inson terisining tuzilishi va elektr tokiga qarshiligi 
    Insonda eng yuqori qarshilik inson terisiga to‘g‘ri keladi. Terining qarshiligi terining holatiga 
    ya’ni terining quruqligiga, jarohatlaming yo‘qligiga va boshqalarga bog‘liq 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish