namlik mavjudligi – bug‘ yoki kondensirlangan namliklar mayda tomchi singari ajralib
chiqishi natijasida nisbiy namlikning 75 % dan ortib ketishi kuzatiladi(yuvish xonalari, issiq
sexlar); (Nisbiy namlik 75%dan ortiq bo‘lgan muhitda elektr jihozlardan foydalanish taqiqlanadi)
tok o‘tkazuvchi changlaming mavjudligi –
mashina va apparatlar ichiga, o‘tkazgichlarga
o‘tirib qolgan texnologik va turli xil changlar (un ishlab chiqarishdagi, ko‘mirxona, omborxona
va boshqa joylardagi changlar), o‘rtacha ishlab chiqarish sharoitlarida bular sovishga va
izolyasiyaga tusqinlik qilishi kuzatiladi ammo yong‘in yoki portlash keltirib chiqarmaydi;
tok o‘tkazuvchi asos(taglik)lar mavjudligi (metalli, tuproqli, temirbetonli, g‘ishtli);
yuqori harorat - yil fasllari va issiqlik nurlanishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda harorat
uzoq muddat 35oS, qisqa muddatli 40oS bo‘lishi;
insonning bir vaqtning o‘zida bir tomondan binoning erga mahkamlangan metall
konstruksiyali qismiga, ikinchi tomondan elektr qurilmaning metall korpusiga tegib turishi.
Kishilaming elektr tokidan xavfli jarohatlanish sharoitlari:
zax (yomg‘ir, qor, binoning ichida joylashgan
namlik bilan qoplangan shift, pol, devor,
buyum);
kimyoviy aktiv (faol) muhit;
bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq yuqori xavfli sharoitlaming mavjudligi.
Kishilaming yuqori xavfli bo‘lmagan jarohatlanish sharoitlari:
xavf va yuqori xavflami keltirib chiqaruvchi omillaming mavjud emasligi (ya’ni yuqori
bo‘lmagan xavflaming mavjudligi).
Elektr qurilmalaridan foydalanishda turli baxtsiz hodisa kelib chiqishi mumkinligini bilgan
holda ulardan foydalanishda yuqori xavfli holatlar bo‘yicha kuzatuv ishlari amalga oshiriladi.
SHu bilan birga himoya vositalari va texnikaviy usullar elektr xavfini keltirib chiqarmaydigan
bo‘lishini ta’minlash zarur. Agar elektr xavfsizligiga doir biror kamchilik sezilsa,
elektr bilan
ishlash ta’qiqlangani holda bu kamchiliklami bartaraf etishga kirishiladi.