• Yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari
  • Yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    Yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari 
    Elektr energiyasi elektrostansiyalardan iste’molchilarga yuqori kuchlanishli (1000 
    V dan yukori) va past kuchlanishli (1000 V gacha) liniyalar orqali uzatiladi. Elektr 
    ta’minoti tizimida 6, 10, 20 va 35 kV li yuqori kuchlanishli uch simli havo tarmoqlari 
    xamda 380/220 V kuchlanishli erga ulangan nul simli past kuchlanishli (havo va kabel) 
    tarmoqlari quriladi. Havo liniyalarini asosiy elementlariga tayanchlar, simlar, izolyatorlar 
    va armatura kiradi. YOg‘ochli yoki temir beton tayanchlarga simlar osiladi. Havo 
    tarmoqlari uchun quyidagi simlar ishlatiladi; ochiq alyuminiyli (A), po‘lat – alyuminiyli 
    (AS), po‘lat ko‘psimli (PS, PSM) va bir simli (PSO). Havo liniya (tarmoq)larini kesim 
    yuzalari qizishni ruxsat etilgan qiymati, kuchlanishning yo‘qolishi va mexanik bikrligining 
    hisobi bo‘yicha topiladi. 
    Ishlab chiqarishda elektr tokidan foydalanishda ana shu tushunchalami ham bilish 
    lozim. CHunki elektr toki insonning o‘tkazgichdagi tokka tegib ketishi yoki o‘sha tokning 
    biror vosita orqali insonga tegishi natijasida elektr tokidan shikastlanish yuzaga keladi. 
    Tarmoqdagi elektr tokining elektr stansiyalaridan chiqqanidan keyin ma’lum bir 
    joyga uzatiladigan va undan transformatorlar orqali zaruriy kattalikka keltirilgan tok 
    hisoblanishini unutmaslik kerak. CHunki elektr ishlab chiqarish korxonalarida bir necha 
    o‘n ming volt kuchlanishli elektr toki ishlab chiqarish korxonalarida 110 V dan toki 10000 
    V gacha kattalikdagi elektr toki ishlatiladi. SHuning uchun ham transformatorlar orqali 
    qayta ishlash amalga oshiriladi va bu stansiya va podstansiyalarda ham elektr xavfsizligi 
    qoidalariga amal qilinadi. 


    1-rasm: Ishlab chiqarilgan elektr tokini qabul qiluvchi birlamchi stansiya 
     
    Elektr tokining inson organizmiga ta’siri 
    Elektr toki inson organizmi uchun katta xavf bo‘lib hisoblanadi. Inson organizmi orqali 
    elektr toki o‘tganda, elektrdan jarohatlanish kelib chiqadi: muskullar qisqaradi; ko‘z qorachig‘i 
    kengayadi; miya faoliyati buziladi; tana qiziydi; teri kuyishi mumkin; organizmada biologik 
    o‘zgarishlar kuzatiladi; organizmda qutblanish kuzatiladi va hokazo. 
    Dastlab barcha muskullar qisqarishi, tok urishi, elektr tokidan kuyish, turli xil 
    ko‘rinishdagi dog‘(belgi)lar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Elektr tokining ta’sirida og‘ir jarohatlar 
    yuzaga kelishi, inson hattoki o‘lishi mumkin. 
    Elektr tokining urishi natijasida inson hushsizlanib, buning natijasida qon aylanish tizimi 
    ishdan chiqib, fibrillyasiya yoki yurak faoliyati izdan chiqishi mumkin. Fibrillyasiya deb yurak 
    muskullarining alohida tolalari(fibrillari)ning xaotik(tartibsiz) holda ishlashi, ya’ni yurak turlicha 
    qisqarib-kengayishi tushuniladi. Tashqi fibrillyasiya kuzatilganda insonning yurak urishidagi puls 
    deyarli sezilmaydi. Bu holatda inson organizmi uzoq vaqt davomida me’yorida ishlay olmaydi
    o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, insonda klinik o‘lim kuzatilishi mumkin. Klinik 
    o‘lim 5-6 minut davom etishi mumkin. SHu davrda jarohatlangan shaxsga to‘g‘ri birinchi yordam 
    ko‘rsatilmasa klinik o‘lim biologik o‘limga o‘tadi. 
    Elektr tokidan kuyish elektr tokida ishlab turgan qurilma, dastgohlami qoidaga xilof holda 
    uzilganda, ya’ni simlar to‘la izolyasiya qilinmagan holda, elektr yoy hosil bo‘lganda, yuqori 
    kuchlanish bilan ishlayotgan elektr qurilmalari ochiq simlariga hamda qisqa tutashuvga yaqin 
    turilganda va shu kabilarda hosil bo‘ladi. Kuyish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tok o‘tkazuvchi qismlar bilan 
    kontaktda bo‘linganda ham yuzaga kelishi mumkin. Elektr tokidan kuyish og‘ir ko‘rinishdagi 
    kuyish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin va buni davolash juda ham qiyin kechadi. 
    Ayniqsa teri to‘qimalarining ichki qatlamlarigacha kuyganda bu holat yaqqol namoyon bo‘ladi.
    Elektr toki ta’siridan tanada hosil bo‘ladigan belgilari inson organizmiga tokning kirish va 
    chiqish joylarida kuzatiladi. Bu kulrang parda bilan qoplangan sariq rangli ko‘rinishda bo‘lib, 
    tananing shu qismidagi teri hujayralari o‘lgan holatda bo‘ladi.
    Elektrojarohatlanish inson organizmidan o‘tayotgan tok kuchiga, tok chastotasiga, 
    organizmning fiziologik holatiga, tok ta’sirining davomiylik vaqtiga, organizmdagi va ishlab 
    chiqarish sharoitidagi tok yo‘liga bog‘liq bo‘ladi. Organizm uchun eng xavflisi 50 – 500 Gs 
    chastotali elektr toki hisoblanadi.
    Agar inson tanasi quruq, toza va jarohatlanmagan holatda bo‘lsa, 10 V kuchlanish ta’sirida 
    uning qarshiligi 100 000 Om ga teng bo‘ladi. Terida biror jarohatlanish bo‘lsa, tananing qarshiligi 
    birdaniga kamayadi (1000 Om gacha). Bundan ko‘rinadiki inson tanasining qarshiligi chiziqli 
    holatda uzgaruvchan hisoblanmaydi. CHunki kuchlanishni 10 V dan 140 V ga o‘zgartirsak, inson 
    tanasining qarshiligi bir necha o‘n mingdan 800 Om ga qadar pasayib ketishi mumkin. Inson 


    tanasidan o‘tayotgan tok xavfliligi ortib boradi. Elektr xavfsizligi bo‘yicha hisoblash ishlarida 
    inson tanasining qarshiligi: 
    1000 Om 
    deb qabul qilingan. 
    Inson tanasidan o‘tayotgan tok kattaligini Om qonuni bo‘yicha shartli ravishda 
    quyidagicha aniqlanadi: 
    bu erda 
     
    - zanjiming ikki nuqtasidagi kuchlanish bo‘lib, bu erda inson tegib turgan nuqtalar 
    hisobga olinadi, V. 
    Inson organizmiga ta’sir etishini bilgan holda, barcha o‘quv laboratoriyalarida tajriba 
    maqsadlarida 12 – 42 V kuchlanishli elektr toklari ishlatiladi. Lekin shuni ham eslatib o‘tish 
    joizki, birinchidan, bunday kuchlanishdagi tok ham insonning kaftlari, bug‘inlari, bo‘yin va 
    elkalarining yumshoq pardali qismlariga ta’sir etishi, yoki tanaga uzoq muddat ta’sir etishi 
    natijasida halok qilishi mumkin. SHuning uchun ham laboratoriyada o‘tkaziladigan har kanday 
    elektr bilan bog‘liq bo‘lgan tajribalar o‘qituvchi yoki laboratoriya rahbari nazorati ostida 
    o‘tkaziladi. 
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    Elektr toki,tok kuchi, kuchlanish, qarshilik, o‘tkazgich, elektr tarmog‘i, izolyasiya,elektr 
    xavfi,yuqori kuchlanish, past kuchlanish, transformator, insonning elektr qarshiligi, 
     
    Sinov savollari: 
    1.Fanning maqsadi nimalardan iborat? 
    2.Elektr tokining turlari deganda nimani tushunasiz? 
    3.YUqori va past kuchlanishli toklaming farqi nimada? 
    4.O‘quv laboratoriya ishlari uchun qanday kuchlanishli tokdan foydalaniladi? 
    5.Hisoblash ishlari uchun insoning elektr tokiga qarshiligi necha OM qabul qilingan? 
    6.Insoning elektr tokidan jarohatlanish darajasi qaysi omillarga bog‘liq? 
     

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish