Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/199
Sana15.05.2024
Hajmi6,08 Mb.
#236514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   199
Bog'liq
cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

 
Elektr tokining turlari 
 
Elektr tokini turlarga ajratilishida dastlab o‘zgaruvchan va o‘zgarmas, ulami sanoat 
korxonalarida ishlatilish sohalaridan kelib chiqqan holda yuqori(1000 V dan yuqori) va past(1000 
V gacha) kuchlanishli turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish korxonalarida past kuchlanishli, asosan 
380 V, 220 V kuchlanishli elektr toklari ko‘p ishlatiladi. 
Bulardan tashqari elektr tokini ishlatilishi bo‘yicha ikki turga bo‘linadi: 
-maishiy xizmat elektr toklari – bulaming kuchlanishi 110÷220 V; 
-ishlab chiqarish elektr toklari - kuchlanishi ≥ 380V. YUqorida ko‘rsatilgan barcha turdagi 
elektr toklari inson hayoti uchun xavfli bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ham ulardan 
foydalanishda dastlabki montaj, ya’ni ulash ishlaridan boshlab xavfsizlik qoidalariga amal qilish 
lozim. 
Elektr tokiga ulash ishlari saqlagich, avtoo‘chirgich, rubilniklar orqali amalga oshiriladi. 
Inson tok ta’siriga tushib qolgan paytda dastlab rubilnikdan tok uziladi. Agar rubilniklar ishlamay 
qolsa, elektr tokining ta’siridan insonlami qutqarish uchun tok kuchlanishi kattaligiga qarab, 1000 
V gacha bo‘lsa, tok ta’sirida qolgan kishining quruq kiyimidan tortishga ruxsat etiladi. 1000 V 
dan yuqori kuchlanish ta’sirida qolgan kishilami simni uzun yog‘och dastalardan foydalangan 
holda ko‘tarib olish yoki tok simlarini quruq dielektrik materialli dastali boltalar yordamida 
kesish bilan uzib, tokdan to‘la ozod etish orqali qutqarish ishi bajariladi. 
Insonga ta’siri bo‘yicha tok kuchi o‘lchamlari bo‘yicha ham guruhlarga ajratiladi. Bunga 
ko‘ra, inson organizmiga ta’sir etishi bo‘yicha o‘zgaruvchan elektr toklari quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: 


-
0,5 – 1,5 mA tok kuchiga ega bo‘lgan elektr toki. Bu sezish bo‘sag‘asi deb yuritiladi. 
Sababi bu kattalikdagi tok ta’sir etganda inson buni sezadi, zarurat bo‘lganda o‘zini bu 
tokning ta’siridan olib qocha oladi. 
-
10 – 15 mA li elektr toki. Bu xavfli elektr toki hisoblanib, buning ta’siriga tushgan 
kishi birovning yordamisiz tok ta’siridan qutula olmaydi(o‘zgarmas toklarda esa 20 mA li 
toklarda ham o‘zi qutilib olishi mumkin). 
-
100 – 110 mA li tok kuchi. Bu halok qiladigan tok deyiladi. Buning ta’sirida 3-4 minut 
qolgan odam halok bo‘ladi. 
Insonga ta’siri bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari va maishiy maqsadlarda 
ishlatiladigan toklaming kuchlanishlariga qarab hozirgi kunda quyidagi turlarga ham 
bo‘linadi: 
-
0 – 42 V. Bu inson organizmi sezishi mumkin bo‘lgan, uning ta’siridan o‘zi qutilishi 
mumkin bo‘lgan kuchlanishli elektr toki hisoblanadi. Bunday elektr toklari asosan 
xavfsizlikni 
ta’minlash maqsadida ko‘chma yoritgichlar hamda laboratoriya 
mashg‘ulotlarini o‘tkazishda ishlatiladi; 
-
110 – 220 V. Bu maishiy xizmatlar, xonadonlarda ishlatiladigan elektr kuchlanishlari. 
Buning ta’siridan inson o‘zi qutilishi mumkin emas; 
-
220 - 1000 V. Bu sanoat ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan asosiy elektr toki. 
Bunday kattalikdagi tok ta’sirida 3-4 minut qolgan inson halok bo‘ladi. 
-
1000 V dan yuqori. Bunday turdagi elektr toklarini yuqori kuchlanishli elektr toklari 
deb ataladi va bu toklar ta’siriga tushgan inson albatta halok bo‘ladi. 
Inson tanasidan o‘tayotgan tokning kattaligi elektr qurilmaning va elektr toki 
harakatlanayotgan zanjirdagi barcha elementlaming qarshiligiga, shu jumladan inson 
tanasining qarshiligiga bog‘liq bo‘ladi. 

Download 6,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   199




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish