SO‘Z BOSHI
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk
davlat barpo etish borasidagi maqsadlari va milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar
qalbi va ongiga singdirish ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadidir. Qo‘yilgan vazifalardan kelib
chiqqan holda, korxona va tashkilotlarda ishlovchi malakali muhandislar
tayyorlash jarayonida
ta’lim mazmunini milliy istiqlol g‘oyalari bilan to‘ldirish lozim bo‘ladi.
Elektr xavfsizligi fanidan tayyorlangan ushbu ma’ruzalar matni Mehnat muhofazasi va
texnika xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashga mo‘ljallangan. Fanning
ishchi dasturi asosidagi mavzularga mos holda tayyorlangan ushbu ma’ruzalar matni ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda ishtirok etayotgan ko‘plab yirik oliy o‘quv
yurtlarining hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedralarining tajribalari asosida qo‘llanib kelingan
dasturlar, tavsiyalar, me’yoriy hujjatlar asosida tayyorlangan tegishli uslubiy ko‘rsatmalari
o‘rganib chiqilgan va bakalavrlarga qo‘yilgan talablar asos qilib olingan.
Fan o‘qitilishining maqsadi - talabalarga elektr tokidan
foydalanishda yuzaga
keladigan xavflaming kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ulami
bartaraf etish choralari, xavfsiz
ish sharoitlarini yaratish, ulami nazariy jihatdan yondashilib
amalga oshirilishni, elektr qurilmalari, uskunalar, mashina
va mexanizmlami ishlatganda,
texnik xizmat ko‘rsatganda va ta’mirlashda ko‘riladigan asosiy xavfsizlik texnikasi talablarini
o‘rgatishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalami nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar,
hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv, ishlab chiqarish faoliyatida yuzaga keladigan xavflar
va ulami o‘rganish; ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat
sharoitlarini yaratish; ishlab
chiqarishda elektr toki xavfi va elektr qurilmalarining himoya vositalari, tokdan
shikastlanishda birinchi tibbiy yordam to‘g‘risida tasavvur uyg‘otadi hamda ilmiy
dunyoqarashini shakillantirish vazifalarini bajaradi. SHunga ko‘ra ma’ruza mashg‘ulotlarida
nazariy bilimlami talabalar ongiga singdirishda ushbu fanga
doir mavzular kesimidagi
tushunchalami yaxlit bir tizim holiga keltirib tayorlangan ma’ruzalar matni har bir talaba uchun,
qolaversa shu fandan dars mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchilar foydalanishlariga
mo‘ljallangan.