• 1-mavzu: KIRISH.ELEKTR XAVFSIZLIGI FANINING ASOSIY MAQSADI 1.Fanning maqsadi.Elektr tokining xavfi 2.Elektr tokining turlari
  • Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    1-mavzu: KIRISH.ELEKTR XAVFSIZLIGI FANINING ASOSIY MAQSADI 
     
    1.Fanning maqsadi.Elektr tokining xavfi 
    2.Elektr tokining turlari 
    3.YUqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari 
    4.Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
    Sanoatda elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi sababli, 
    elektr toki ta’siridan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish, muhim 
    masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni 
    oldinroq sezish imkoniyati yo‘q. SHuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va 
    texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va umumiy muhofaza 
    tizimlarini o‘rnatish nihoyatda muhim. Umuman, elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir 
    bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr 
    ta’sirlariga bo‘linadi. Bulami bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga 
    kiradi. Elektr energiyani sanoatda va xalq xo‘jaligida keng qo‘llanishining o‘sishi va kengayishi 
    elektr xavfsizligini ta’minlash masalalarini qo‘yadi. 
    Elektr xavfsizligi avvalo elektr tokining inson organizmiga ta’sir etishi natijasida og‘ir tan 
    jarohatigacha borishi mumkin. SHuning uchun undan ehtiyot bo‘lib foydalanish zarur. Banda 
    bo‘lajak muhandislar elektr xavfsizligi bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lishlari talab etiladi. 
     
     


    Fanning maqsadi. Elektr tokining xavfi 
    E
    l e k t r havfsizligi fanining asosiy maqsadi, talabalarga elektr toki ta’siriga tushib 
    qolish holatlarini oldini olish, shikastlanishning asosiy sabablarini o‘rganish, elektr 
    energiyasidan keng ko‘lamda foydalanishdagi bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ulardan 
    saqlanish, bu havfni oldinroq sezish imkoniyati yo‘qligi va elektr tokini havfiga qarshi 
    tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilashni, to‘siq vositalari bilan ta’minlashni, shahsiy 
    va jamoa muhofaza tizimlarini o‘rnatish nihoyatda muhimligi va boshqalami o‘rgatishdan 
    iboratdir.
    Hozirgi kunning sanoat ishlab chiqarishdagi asosiy energiya manbai elektr toki 
    bo‘lib hisoblanadi. Ishlatilish sohasi bo‘yicha deyarli barcha dastgoh, yoritgich, minora 
    krani, havo almashtirgich, lentali transportyor, eskalator va hokazo juda ko‘p turdagi 
    harakatlanuvchi mashina-mexanizmlarlarda elektr toki ishlatiladi. Bu esa o‘z navbatida 
    elektr tokining o‘ziga xos xavfsizlik tomonlarini o‘rganishni taqozo etadi. Bunga asosiy 
    sabab shuki, ishlab chiqarishdagi barcha jarohatlanishlaming bir foizini va
    shu bilan birga 
    umumiy o‘lim bilan tugaydigan baxtsiz hodisalaming 20-30%ini elektrdan jarohatlanish tashkil 
    qiladi. Tekshirishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘lim bilan tugagan baxtsiz 
    hodisalaming deyarli 80%i 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanishli elektr tokida ishlovchi elektr 
    dastgoh va qurilmalarda yuzaga kelgan. SHuning uchun ham elektrdan jarohatlanish sabablari, 
    ulami bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan bo‘lib 
    hisoblanadi.
     
    Mehnat muhofazasining elektr xavfsizligini tushuntirishda elektr tokidan to‘g‘ri 
    foydalanish yo‘llari, elektr tokining inson organizmiga zararli ta’siri kabilar tushuntirilishi bilan 
    birga elektr tokining turlari ham to‘la tushuntiriladi. Elektr toklarining turlarini tushuntirish uchun 
    dastlab elektr tarmoqlarini esga olishimiz zarur. Sababi elektr toki sanoat ishlab chiqarishining 
    asosiy energiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Korxona va tashkilotlarda maishiy xizmatlar uchun 
    ham elektr toki ishlatiladi.
    Elektr xavfsizligi
    qisqacha aytilganda - elektr tokining, elektr yoyning, elektromagnit 
    maydonlari, statik elektr toklarining zararli va xavfli ta’sirlaridan insonlami muhofaza qilishni 
    ta’minlovchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimlari hisoblanadi. 

    Download 6,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish