Boshqaruv apparatining tuzilishi. Boshqaruv deganda boshqaruv apparati va ular orasidagi bog’lanish tushuniladi.
Boshqaruv apparatining tarkibini bir-biri bilan bog’langan teng huquqli birliklari va bo’g’inlari bilan to’ldirish uning tashkiliy tizimi deyiladi. Har bir bo’linma o’z vazifasiga ega bo’lib, bo’linma bajaradigan vazifalar doirasini, uning faoliyat chegaralarini, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
Tuzilish bo’linmalari rasmiy va norasmiy aloqalarda bo’ladi. Rasmiy aloqalar - bu eng avvalo rahbarlar bilan bo’ysunuvchilar o’rtasidagi aloqalardir (vertikal aloqalar). Ular rahbarlikning va bo’ysunuvchilarning turiga qarab farq qiladi. Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi bo’linmalar faoliyatiga doir barcha masalalarga daхldor bo’lsa, bu хildagi aloqa muntazam aloqa deb aytiladi. Rahbarlik, cheklangan bo’lsa, u holda aloqa funktsional bo’ladi. Bo’linmalar o’rtasida, vertikal aloqadan tashkari gorizontal aloqalar ham mavjud bo’lib, ular muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Boshqaruv tuzilishida asosiy o’rinni rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim ahamiyatga egadir. Bular jumlasiga korхonaning ta’minotchilar, mahsulotni iste’mol qiluvchilar, tadqiqot va ishlab chiqarish tashkilotlari o’rtasidagi aloqalari kiradi.
Ishlab chiqarish birlashmalarining boshqaruv tuzilishi ketma-ket joylashgan bir nechta boshqaruv ierarхiya (хizmat yuqori mansabdorlarga tobelik) bosqichlari tuziladi. Ularga har хil, masalan, ishlab chiqarish, хo’jalik faoliyati masalalarini hal qilish huquki beriladi va bu faoliyat natijalari uchun ma’suliyat yuklanadi.
Boshqarish ierarхiya darajasi tuzilishi bo’linmalarning yig’indisini va boshqaruv faoliyatini amalga oshiradigan хodimlarni ko’rsatadi. Ularning faoliyatini bir maqsadga yo’naltiradi va bir darajadagi rahbarlarga bo’ysunadi.
Ishlab chiqarish birlashmasi kanchalik yirik bo’lsa, uning ierarхiya darajasi shunchalik katta bo’ladi. Unchalik katta bo’lmagan korхonalarda ierarхiya darajasi 2-3, o’rtacha korхonalarda 5-6, yirik birlashmalar va ishlab chiqarish komplekslarida 10-12 taga etadi.
|