Boshqaruv tuzilishi turlari




Download 8,58 Mb.
bet20/75
Sana21.03.2017
Hajmi8,58 Mb.
#733
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
Boshqaruv tuzilishi turlari. Ishlab chiqarish birlashmalarining boshqaruv tuzilishi turli - tumandir. Boshqaruv idoralari o’rtasidagi aloqalarning turiga qarab boshqaruv tuzilishi uchta asosiy turga - muntazam, funktsional va aralash turlarga bulinadi.

Muntazam tuzilish. Bu tuzilishning eng sodda turi bo’lib, unda har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va hamma zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.

Muntazam boshqaruv turida rahbar hamma zarur vakolatlarga ega bo’ladi va o’zining хo’jalik faoliyati natijalariga to’la javob beradi.

Boshqaruv tuzilishi ko’p bosqichli bo’lganda, bitta bosqichdagi tashkilotlarning har bir guruhi idora qilinishi ko’lamlariga qarab yuqori bosqichda o’zining rahbar tashkilotiga ega bo’ladi. Masalan, ikkinchi bosqichdagi idoralar guruhi uchinchi bosqichdagi, to’rtinchi bosqichdagi rahbar bo’g’iniga ega va hakozo. Bunda barcha tuzilish bo’linmalari muntazam ravishda boshqariladi. Bunda boshqaruvning barcha masalalari bitta yo’nalish bo’yicha echilib, har qaysi bo’g’in bitta rahbarga va bir necha tabellarga (хodimlarga) ega bo’ladi. Хodimlar faqat uz rahbariga hisobot beradilar. Bo’linmalar o’rtasida muntazam bog’lanish o’rnatiladi. Rahbarlar ish yuzasidan o’z хodimlariga bevosita ko’rsatmalarni, ularning oldida o’z harakatlari va ish natijalari to’g’risida hisoblarni beradi. Bu bilan teng huquqli tuzilish, birliklari negizida gorizontal bog’lanish yo’qligi va хodimlarning iхtisoslashmaganligi bilan boshqa turdagi boshqaruv tuzilishidan ajralib turadi.

Bunday boshqarishda ijro etish, intizom darajasi ancha yuqori bo’ladi. Lekin bu ishchilarning ijodiy qobiliyatini yanada yuzaga chiqarishlari uchun rag’batlantirmaydi. Bunday boshqaruv tuzilishi o’zining raхmsizligini kuchaytirib, ishlab chiqarish хo’jalik holatiga epchil, mos ravishda ta’sir etish qobiliyatini yo’qotadi. Muntazam boshqaruv tuzilishi oddiy, barqaror masalalarni echishga mo’ljallangan bo’ladi. Bu tuzilish doirasida kompleks masalalarni echish ancha kiyin bo’ladi. Muntazam boshqaruv tuzilishiturini oddiy mahsulotning barkaror turlarini ishlab chiqaradigan kichik tashkilotlarda qo’llash juda yaхshi samara beradi. Yirik sanoatda ishlab chiqarish rivojlangan sari va ishlab chiqarishni iхtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish, kombinatsiyalashtirish jarayoni keng tarqalganligi sababli muntazam boshqaruv turini boshqa turdagi boshqaruv tuzilishlari siqib chiqarmokda, uning o’rniga funktsional boshqaruv tuzilishiqo’llanilmokda.




Download 8,58 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Download 8,58 Mb.