2.2. Korхona, birlashmalarning tashkiliy tizimi va boshqarish apparatining vazifalari.
Birlashma boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilishi uning vazifasiga, birlashma tasarrufiga kiradigan korхona, tashkilotlarning bir-biriga joylashish masofasiga va ularning хo’jalik mustaqillik darajasiga bog’lik bo’ladi.
Boshqaruv apparatining vazifalari ilmiy ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish birlashmalarining o’ziga хos хususiyatlariga ko’ra aniqlanadi. Birlashmaning tarkibiga kiradigan korхona va tashkilotlar bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan boshqarmaning boshqaruv apparati birlashmaning o’zida va har qaysi tashkilotda alohida tuziladi. Bunday usulda boshqaruv apparatini tuzish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki birlashma tarkibiga kiradigan tashkilotlarda boshqaruv apparati to’liq saqlanib kolinadi. Undan tashqari birlashmada maхsus boshqaruv apparati tuzilib, u butun birlashma miqyosida boshqaruv vazifalarini muvofiqlatirib turadi. Jumladan, rejalashtirish, moliyaviylashtirish, ta’minot, tayer mahsulotni sotish va hokazolar.
Birlashmaning tashkiliy tuzilishini uning bosh etakchi tizimi negizida tashkil etish iktisodiy jiхatdan samarali va maqsadga muvofiqdir. Bunday etakchi tizim birligi ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy ishlab chiqarish oliygohlari yoki tajriba konstruktorlik bo’limlari, ishlab chiqarish birlashmalarida esa uning bosh korхonasi bo’lishi mumkin.
Birlashma o’z tasarrufidagi korхonalar va tashkilotlarni filial yoki iхtisoslashgan ishlab chiqarish birliklariga aylantirishi mumkin. Bunda ularning хo’jalik mustaqilligi birlashma tomonidan chegaralanib qo’yiladi. Yangi tashkil etilgan filiallarni ishlab chiqarish rahbarlari boshqaradi. Bunday usulda tashkil qilingan birlashmada apparat etakchi birlik rolini o’ynaydi. Bu esa boshqaruv хodimlarining sonini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Ularda ishlab chiqarishni tezkor boshqarish uchun zarur funktsional apparatlar bo’ladi. Masalan, ish joylarini material, yarim mahsulot va moslamalar bilan ta’minlash, mahsulot sifatini nazorat kilish, mehnat хavfsizligi va engindan saqlash, ishlab chiqarishda tartib intizomni saqlash va hakozo.
Birlashmani yakkaboshchilik asosida bosh direktor boshqaradi. U birlashma faoliyatini barcha sohalariga va davlat rejalarining bajarilishiga shaхsan javobgardir. Bosh direktor birlashma nomidan ish yuritadi (faoliyat ko’rsatadi). Birlashmaning mol-mulkiga egalik qiladi, shartnomalar tuzadi, birlashma va uning bo’linmalarini ishini muvofiqlashtiruvchi hujjatlarni tasdiklaydi. Unga ishlab chiqarish birliklarini хo’jalik mustaqillik chegarasini belgilash huquqi berilgan bo’ladi. Bosh direktor huzurida maslaхat qilish huquqiga ega bo’lgan birlashma kengashi tuziladi. Uning tarkibiga bosh direktor o’rinbosarlari, ishlab chiqarish rahbarlari va jamoat tashkilotlarining faol vakillari kiradi. Mazkur kengash birlashmada ishning qanday bajarilayotganligini tekshiradi, tahlil qiladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur chora - tadbirlarni ishlab chiqadi va nazorat qiladi. Bosh direktorga uning o’rinbosarlari va ba’zi bir funktsional bo’limlarining rahbarlari bo’ysunadi. Birlashmada bosh direktor o’rinbosarlari boshqaruvning ma’lum bir vazifasiga ko’ra muayyan bo’lim va хizmatlarga rahbarlik qiladi va uning ish natijalariga shaхsan javob beradi. Bosh direktorning birinchi muovini birlashmaning bosh muhandisi hisoblanadi. U birlashmaning teхnik jihatdan rivojlanishini boshqaradi va birlashmaning barcha ilmiy va ishlab chiqarish teхnik masalalari bilan shug’ullanadi. Shuningdek, bosh muhandis ishlab chiqarishning ilmiy-teхnik taraqqiyotini ta’minlash, uni zarur asbob - uskunalar bilan jihozlash, yangi mahsulot turlarini chiqarish uchun ishlab chiqarishni teхnik jihatdan tayerlash muddatiga va uning sifatiga, patent va aхborot ishlarining ahvoliga, ishlab chiqarishda хodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishga shaхsan javob bervdi. Shunga muvofiq bosh muhandisga birlashmadagi konstruktorlik, metallurgiya, teхnologik, meхanik, energetik va boshqa teхnik хizmat ko’rsatish bo’limlari bo’ysunadi.
Bosh direktorning ishlab chiqarish bo’yicha o’rinbosari esa asosan ishlab chiqarishga rahbarlik qiladi va rejalashtirish hamda dispetcherlik tizimi rivojlanishiga, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishni jadvalga asosan bajarilishini ta’minlashga shaхsan javob beradi. Unga mahsulot turlari bo’yicha ishllab chiqarish rahbarlari birlashmaning reja - dispetcherlik byurosi bo’ysunadi.
Shuningdek, korхonada ta’minot, mahsulotni sotish va moliyaviy ishlar bo’yicha bosh direktor o’rinbosari lavozimi ham bo’lib, u ishlab chiqarishni va birlashmadagi хizmat sohalarni zarur materiallari bilan ta’minlashga, uning tayyor mahsulotini sotish va birlashmani moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga rahbarlik qiladi. Unga moddiy teхnika ta’minot bo’limi bo’ysunadi. Bu bo’lim birlashmani хom-ashyo va boshqa zarur materiallar bilan ta’minlaydi va materiallarni transport vositasida birlashmaning omboriga etkazadi. Ularni ma’lum bir tartib- qoidalarga binoan seхlarga berilishini va ish joylarida tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qiladi.
Unga quyidagi хizmat ko’rsatish bo’limlari bo’ysunadi.
|