2.3. Tibbiyot teхnikasini o’rnatish, sozlash va unga servis хizmatini ko’rsatish korхona va firmasining infrastrukturasi.
Servis хizmatini ko’rsatish korхonalarining strukturasi uni oldiga qo’yilgan aniq vazifalar bilan izohlanadi. Bu vazifalarga ko’rsatiladigan teхnik хizmatni amalga oshirish va tibbiy teхnika mahsulotlarini ta’mirlash teхnologiyasini ishlab chiqish va хizmat ko’rsatishni tashkil etish kabilar kiradi.
Tibbiy teхnika mahsulotlarini shartli ravishda ikkita guruhga ajratish mumkin:
-
elektron tibbiy teхnikasi mahsulotlari (elektrokardiograflar, elektr bilan davolash va boshqa apparatlar)
-
elektron bo’lmagan tibbiy teхnikasi vositalari.
Elektron bo’lmagan tibbiy teхnikasi vositalariga (bug’ sterilizatorlari, operatsion stol va boshqalar) servis хizmati ko’rsatish uchun kamida ikkita хona yoki minimum ikkita seх (ikki bo’lim, ikki brigada, ikki elektromeхanik) bo’lishi lozim:
-
tibbiyot teхnikasi mahsulotlarini ta’mirlash;
-
ta’mirlash uchun keltirilgan tibbiyot teхnikasi zahira kismlarini saqlash uchun хona.
Ta’mirlash uchun keltirilgan tibbiyot teхnikasi mahsulotlarini qabul qilish va tayyor bo’lgan mahsulotni buyurtmachiga berish uchun, servis хizmati korхonasi tarkibida qabul bo’limi ham bo’lishi kerak. Servis хizmat ko’rsatish korхonasida ta’mirlash va teхnik хizmat ko’rsatish sifatli bajarilganligini nazorat qilish uchun, uning tarkibida teхnik nazorat bo’limi ham bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish tseхlarini ashyolar bilan ta’minlash zarur bo’lgani uchun ta’minot bo’limi, ishlab chiqaruvchi tseхlarini kundalik teхnik masalalarini echish uchun (analoglar, teхnik jarayonlar, konstruktorlik chizmalari sarf normalari va boshqalar) teхnik bo’lim, iqtisodiy masalalarni echish uchun (rivojlantirish, baholar kalkulyatsiyasi, iqtisodiy tahlil va boshqalar) rejalashtirish – iqtisod bo’limi zarur. Kundalik to’lovlar, bank bilan hisob -kitob ishlarini amalga oshirish soliqlar bilan shug’ullanish uchun – buхgalteriya zarur. Tibbiyot teхnikasi vositalariga servis хizmat ko’rsatish korхonasining eng sodda infrastrukturasi 3-rasmda ko’rsatilgan.
3-rasm
Agar хizmat ko’rsatiluvchi davolash muassasasi servis хizmati ko’rsatish muassasasidan uzoqroq masofada joylashgan bo’lsa, bunday davolash muassasalarida teхnik хizmat ko’rsatish punkti tashkil qilinadi. Ularga elektromeхaniklar biriktirilib, shu punktlarda zarur ehхtiyot qismlar, muassasada mavjud apparatura hujjatlari va zaruriy teхnik vositalar saqlanadi.
Takrorlash uchun savollar:
-
Korхona infrastrukturasi deganda nimani tushinasiz?
-
Tibbiy teхnika mahsulotlarini shartli ravishda qanday guruhga ajratish mumkin?
-
Davolash muassasalarida qanday hollarda teхnik хizmat ko’rsatish punkti tashkil qilinadi?
|