• 4.3. Algoritm
  • Qabul qildi: begulov olmos




    Download 329,75 Kb.
    bet2/3
    Sana26.12.2023
    Hajmi329,75 Kb.
    #128536
    1   2   3
    Bog'liq
    9iaZvX6g1OnzDdMiWy3JLFRNadaGArP3

    4.2. Binar daraxtlarni qurish
    Binar daraxtda har bir tugun-elementdan ko‘pi bilan 2 ta shox chiqadi. Daraxtlarni xotirada tasvirlashda uning ildizini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich berilishi kerak. Daraxtlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishiga ko‘ra har bir element (binar daraxt tuguni) to‘rtta maydonga ega yozuv shaklida bo‘ladi, ya’ni kalit maydon, informatsion maydon, ushbu elementni o‘ngida va chapida joylashgan elementlarning xotiradagi adreslari saqlanadigan maydonlar.
    Shuni esda tutish lozimki, daraxt hosil qilinayotganda, otaga nisbatan chap tomondagi o‘g‘il qiymati kichik kalitga, o‘ng tomondagi o‘g‘il esa katta qiymatli kalitga ega bo‘ladi. Har safar daraxtga yangi element kelib qo‘shilayotganda u avvalambor daraxt ildizi bilan solishtiriladi. Agar element ildiz kalit qiymatidan kichik bo‘lsa, uning chap shoxiga, aks holda o‘ng shoxiga o‘tiladi. Agar o‘tib ketilgan shoxda tugun mavjud bo‘lsa, ushbu tugun bilan ham solishtirish amalga oshiriladi, aks holda, ya’ni u shoxda tugun mavjud bo‘lmasa, bu element shu tugunga joylashtiriladi.
    Masalan, daraxt tugunlari quyidagi qiymatlarga ega 6, 21, 48, 49, 52, 86, 101. U holda binar daraxt ko‘rinishi quyidagi 8.1-rasmdagidek bo‘ladi:

    4.1-rasm. Binar daraxt ko‘rinishi
    Natijada, o‘ng va chap qism daraxtlari bir xil bosqichli tartiblangan binar daraxt hosil qildik. Agar daraxtning o‘ng va chap qism daraxtlari bosqichlarining farqi birdan kichik bo‘lsa, bunday daraxt ideal muvozanatlangan daraxt deyiladi. Yuqorida hosil qilgan binar daraxtimiz ideal muvozanatlangan daraxtga misol bo‘ladi. Daraxtni muvozanatlash algoritmini sal keyinroq ko‘rib chiqamiz. Undan oldin binar daraxtni yaratish algoritmini o‘rganamiz.

    4.3. Algoritm

    Binar daraxt yaratish funksiyasi


    Binar daraxtni hosil qilish uchun kompyuter xotirasida elementlar quyidagi 8.2-rasmdagidek toifada bo‘lishi lozim.

    4.2-rasm. Binar daraxt elementining tuzilishi
    p – yangi element ko‘rsatkichi
    next, last – ishchi ko‘rsatkichlar, ya’ni joriy elementdan keyingi va oldingi elementlar ko‘rsatkichlari
    r=rec – element haqidagi birorta ma’lumot yoziladigan maydon
    k=key – elementning unikal kalit maydoni

    left=NULL – joriy elementning chap tomonida joylashgan element adresi


    right=NULL – joriy elementning o‘ng tomonida joylashgan element adresi.
    Dastlab yangi element hosil qilinayotganda bu ikkala maydonning qiymati 0 ga teng bo‘ladi.
    tree – daraxt ildizi ko‘rsatkichi
    n – daraxtdagi elementlar soni
    Boshida birinchi kalit qiymat va yozuv maydoni ma’lumotlari kiritiladi, element hosil qilinadi va u daraxt ildiziga joylashadi, ya’ni tree ga o‘zlashtiriladi. Har bir hosil qilingan yangi elementning left va right maydonlari qiymati 0 ga tenglashtiriladi. Chunki bu element daraxtga terminal tugun sifatida joylashtiriladi, hali uning farzand tugunlari mavjud emas. Qolgan elementlar ham shu kabi hosil qilinib, kerakli joyga joylashtiriladi. Ya’ni kalit qiymati ildiz kalit qiymatidan kichik bo‘lgan elementlar chap shoxga, katta elementlar o‘ng tomonga joylashtiriladi. Bunda agar yangi element birorta elementning u yoki bu tomoniga joylashishi kerak bo‘lsa, mos ravishda left yoki right maydonlarga yangi element adresi yozib qo‘yiladi.
    Binar daraxtni hosil qilishda har bir element yuqorida ko‘rsatilgan toifada bo‘lishi kerak. Lekin hozir biz o‘zlashtirish osonroq va tushunarli bo‘lishi uchun key va rec maydonlarni bitta qilib info maydon deb ishlatamiz.


    Download 329,75 Kb.
    1   2   3




    Download 329,75 Kb.