• Fan :Boshqaruv tamoyillari Topshirdi: 010-20 sirtqi
  • Qabul qildi: Toshkent – 2021 y. Boshqaruvda innovatsion jarayonlar (O‘zbekiston akt soxasi misolida) pest tahlil




    Download 28.97 Kb.
    Sana23.09.2023
    Hajmi28.97 Kb.
    #83784
    Bog'liq
    1-topshiriq (2)
    mustaqil ish 2 (2), ..., 1. Dasturiy ta’minot arxitekturasi va loyihalash tushunasi, Документ Microsoft Word (2), Borliq tushunchasi tarixiy borliq muamosi borliq va yoʻqlik dialekttikasi, Ekologiya fanining shakllanishiga va uning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar, Ekologiya fanining shakllanishiga va uning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar, abduraxmonova-u.r.-matnni-qayta-ishlash-va-tahlil-qilish-usullari (5), СВАОЛ ЖАВОБ, 15-amaliyot, Doc2222222

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    AKT sohasida iqtisodiyot va menejment FAKULTETI

    TOPSHIRIQ № 1
    Fan :Boshqaruv tamoyillari
    Topshirdi: 010-20 sirtqi guruh talabasi
    Qo’ldoshev Elbek
    Qabul qildi:


    Toshkent – 2021 y.

    Boshqaruvda innovatsion jarayonlar (O‘zbekiston AKT soxasi misolida) - PEST tahlil.

    1.Prezidentning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori qabul qilindi.


    2.Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularni it industriya bilan integratsiya qilish chora tadbirlari bo’yicha qaror imzolandi. .Hukumat qaror va farmoyishlari ijrosi natijasida IT kompaniyalar va yangi start up lar uchun kopgina soliq to’lovlar bekor qilindi. Bu o’z navbatida IT industriyani o’sishiga va kompaniyani tezda o’zini o’nglab olishi xizmat qiladi.Soft ishlab chiqishda va uni expert hajmini kengaytirilishi.IT industriyani rivojlantirish uchun chet el investitsiyani jalb qilish orqali yangi imkoniyatlar yaratish. Siyosiy qo’llab quvatlash, davlat soliqlaridagi imtiyozlar natijasida korxona iqtisodiyoti rivojlanishi.Export hajmi o’sishi oqibatida korxona yoki firmadagi ishchilar sonini ortishi va ularni jahon bozorida erkin raqobat olib borishi uchun imkoniyat yaratilishi.
    Innovatsion faoliyat maqsadlari shakllanishi.

    • Tashkilot yoki faoliyat maqsadlari ma’lum vaqt oraligiga o’zining aniq

    • yo’nalishga ega bo’lishi kerak. Shunday qilib, tashkilot maqsadi, bir tomondan, jarayon

    • baholanishi va prognozi natijasi bo’lib, ikkinchi tomondan, rejalashtirilgan innovatsion

    • tadbirlarga cheaara bo’lib xizmat qiladi. Shu ikki funktsiyaga amal qilish uchun innovatsiya

    maqsadini shakllantirish bir qancha talablarga javob berishi kerak.
    Prognozlash usuli deganda retrospektiv ma’lumotlar, eksogen (tashqi) va endogen (ichki) aloqalar, prognozlash ob’ekti, shuningdek, ko’rilayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ularning o’lchovlarini tahlil qilish asosida ob’ektning kelgusida rivojlanishini aniq muhokama qilish imkonini beradigan fikrlash yo’llari va usullari majmuasini tushunish lozim.Prognoz - ekspert ob'ekti perspiktiv taraqqiyotiga qaraganda mutaxassislarning individual fikrlashini namoyon qiladi hamda mutaxassis tajribasi mobilizastiya va intuistiyaga asoslangan. Ekspert baholash usuli ob’ektlar va muammolarni tahlil qilishda, ularning taraqqiyoti to'liq yoki qisman matematik shakllantirishga to'g'ri kelmaydigan, ya’ni adekvang (o'xshash, to'grilangan) modelni ishlab chiqish qiyin bo’lgan hollarda ishlatiladi. Prognozlashda qo'llaniladigan ekspert baholash usuli individual va kollektivga bo’linadi. Innovatsiyalar, fan va texnika rivojining o’zaro aloqasi innovatsion jarayonning asosi bo’lgan yangi texnika texnologiyani yaratish va o’zlashtirish jarayonini ko’rib chiqishdan kelib chiqadi. Innovatsion jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: fan-texnikaishlab chiqarish-iste’mol. Innovatsion jarayonning boshlanishini fundamental va izlanish xarakteridagi, ya’ni sof nazariy turdagi ilmiy tadqiqotlar bilan bog’lashadi. Boshqacha qilib aytganda, joriy davrdaminimalma’lumotlar mavjud bo’lgan yoxud umuman mavhum bo’lgan tabiat xususiyatlari tadqiq etiladi. Bu kabi tadqiqotlarning natijalari bo’lib, tabiatning xususiy yoki umumiy qonun va qonuniyatlarini ochish, shuningdek,
    nazariy hisob-kitoblarga asoslangan holda tabiatning yangi moddiy ob’ektlari, moddalarini ochish kabilar hisoblanadi.
    Yuqoridagi natijalar asosida amaliy turdagi ishlar va tadqiqotlar olib boriladi, ularni an’ana bo’yicha umumlashtirilgan holda ishlanmalar deb atash qabul qilingan. Ularga maxsus amaliy yo’nalishdagi tadqiqotlar kirib, ushbu tadqiqotlarning natijalari sifatida tor doiradagi qonuniyatlarni ochish bilan bir qatorda kelajakda sun’iy ishlab chiqariladigan moddiy ob’ektning muayyan texnik echimini yaratish yuzaga chiqadi va ular qoida bo’yicha ixtiro deb talqin qilinadi. Keyinchalik ixtiro asosida loyihakonstruktorlik yo’nalishidagi ishlar amalga oshiriladi. (loyiha-texnologik va TKI). Bu kabi ishlarning natijasi yangi texnik ob’ektning tajriba namunasi (mashina, pribor, apparat va boshqa asbob-uskuna), yoki yangi (ilg’or) texnologik jarayon bo’lishi mumkin. So’ngra amaliy tusdagi ishlanmalar tarkibiga yangi texnikani o’zlashtirish ishlari qo’shilib, mazkur ishlar seriyali va ommaviy iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishga tayyorlash tadbirlarini ham qamrab oladi. Ko’pgina sohalarda sanoat ishlab chiqarish faqatgina iste’mol qiymatining birlamchi namunalarini yaratib qolmay, yangi mahsulotni sanoatda keng o’zlashtirish jarayoni yuz beradi. Ushbu holatda innovatsion jarayon yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash faoliyati sohasidan seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sohasiga o’tadi.So’nggi yillarda rivojlangan xorij davlatlarining diqqat markazi innovatsion jarayonning oxirgi bosqichiga taqalmoqda. Ular faqatgina ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish borasidagi chora tadbirlar muvaffaqiyatli ishlab chiqarish faoliyatini olib borish uchun etarli emas, degan fikrni ilgari surishadi. Ularning fikricha, ilmiy tadqiqot ishlarining tijoratlashuvini ta’minlaydigan barcha bo’g’inlar faoliyatini kompleks rivojlantirish lozim. Bunda asosiy rolni korporativ strategiyaning tashkiliy va boshqaruv jihatlari o’ynaydi. Innovatsiyalarning tijoratlashtirish Buyuk Britaniya va EI davlatlarining sust tomonlaridan hisoblanadi. AQSh hamda Yaponiya kompaniyalari bu borada oxirgi yillarda maksimal muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Innovatsion jarayon bilan innovatsion salohiyat va innovatsion siyosat tushunchalari chambarchas bog’liq. Muayyan innovatsion korxona (tashkilot) yangilikni ishlab chiqarishga (qabul qilish) tayyorlig’i va qbiliyati uning innovatsion salohiyatini ko’rsatadi. Innovatsion salohiyat bu—innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan intellektual,moddiy-ishlab chiqarish,moliyaviy, ilmiy-texnik va boshqa resurslar to’plamidir. Innovatsion siyosat—innovatsion strategiyaning maqsadlari va ustuvor yo’nalishlarini hamda uning davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi mexanizmlarini belgilovchi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning bir qismidir. Davlat innovatsion siyosati quyidagilardan shakllantirilishi maqsadga muvofiq: jamiyatni rivojlantirishning optimal yo’llarini izlash; istiqbolli tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni aniqlash va ularni moliyaviy qo’llab quvvatlash; innovatsion jarayonlarni iqtisodiy tartibga solish; fan texnika yutuqlarining tez sur’atlarda ishlab chiqarish va xizmatlar sohasiga joriy etilishini tashkiliy, huquqiy va boshqa yo’nalishlarda ta’minlash. Shunday qilib, innovatsion siyosat innovatsion infratuzilmaning shakllanishi va kelgusida samarali amal qilishiga mos sharoitlar yaratishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar majmuasidir. Davlat innovatsion siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni alohida ko’rsatish lozim.
    Download 28.97 Kb.




    Download 28.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qabul qildi: Toshkent – 2021 y. Boshqaruvda innovatsion jarayonlar (O‘zbekiston akt soxasi misolida) pest tahlil

    Download 28.97 Kb.