• Namangan
  • Buyuk Britaniya , Fransiya , Italiya
  • Qarori oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish Chora-tadbirlari to‘G‘risida




    Download 23.81 Kb.
    Sana02.01.2020
    Hajmi23.81 Kb.
    #8170
    O‘ZBeKISTON ReSPUBLIKASI PReZIDeNTINING QARORI OLIY TALIM TIZIMINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Takidlash joizki, 2011 — 2016 yillarda Oliy talim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy talim muassasasining 202 ta obektida yangi qurilish, kapital tamirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    Oliy talim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangilangan davlat oliy talim standartlari va o‘quv dasturlari joriy qilindi.
    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy talim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy talim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, talim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan taminlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Oliy talim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-talim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-talim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti. Oliy talim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy malumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini taminlash maqsadida: 1. Oliy talim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin: har bir oliy talim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-talim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro talim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor talim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy talim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish; oliy malumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy talim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
    Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.
    talim jarayonini, oliy talimning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-talim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish; yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy talim muassasalarining talim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy talim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taminlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
    pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy talim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy talim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish; oliy talim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy talimda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy talim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish; oliy talimning manaviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak manaviyat va insoniylikning milliy ananalariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli marifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    oliy talim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash, oliy talim ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash; oliy talim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy talim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon talim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va malumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish. 2. 2017 — 2021 yillarda Oliy talim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur), uning tarkibida quyidagilar: 2017 — 2021 yillarda oliy talim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari 1-ilovaga muvofiq; 2017 — 2021 yillarda oliy talim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari 2-ilovaga muvofiq; 2017 — 2021 yillarda Oliy talim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish moliyaviy xarajatlar hajmining hisoblangan parametrlari 3-ilovaga muvofiq; 2017 — 2021 yillarda qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy talim muassasalari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq; 2017 — 2021 yillarda o‘quv va ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturlariga kiritiladigan oliy talim muassasalari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq; 2017 — 2021 yillarda oliy talim muassasalarini rivojlantirishning manzilli dasturlari 6 — 74-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha «Istedod» fondining faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni, quyidagilarni inobatga olgan holda, tayyorlasin: xorijiy talim va ilmiy muassasalarida oliy talim muassasalarining pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish, stajirovkasini o‘tkazish, bitiruvchilarning PhD va magistratura dasturlarida o‘qitishni tashkillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni;
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    yuqori malakali xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni xorijiy oliy talim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik mexanizm va shakllarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, Oliy talim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga keng jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini; «Istedod» fondining moliyaviy resurslarini shakllantirish manbasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Talim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini jalb etishni. 4.
    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
    Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni respublika oliy talim muassasalari, Oliy talim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari (keyingi o‘rinlarda — Tarmoq markazlari) o‘quv jarayonlariga jalb etishda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi; xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislar uchun ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish xarajatlari (uzoq muddatli mehnat shartnomalarida bir yilda ikki martadan oshmagan holda) oliy talim muassasalari, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada to‘lanadi; xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarning bir oydan oshmagan muddatga tuzilgan qisqa muddatli mehnat shartnomalari bo‘yicha respublika mehmonxonalarida yashash xarajatlari oliy talim muassasasi, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada to‘lanadi, bundan uzoq muddatga tuziladigan mehnat shartnomalari bo‘yicha xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarning uy-joy ijara xarajatlari tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq oylik maoshlarini to‘lashda amalga oshiriladi; Oldingi tahrirga qarang. xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan davrida kunlik safar xarajatlari 80 ming so‘m miqdorida milliy valyutada to‘lanadi; (4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi PF-5197-sonli Farmoni tahririda) oliy talim muassasalari, Tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari jismoniy shaxslar daromad soliqlari to‘lashdan ozod etiladi; oliy talim muassasalari, Tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari yagona ijtimoiy to‘lovlardan ozod etiladi; xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb etish va ularning moddiy taminoti bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbasi sifatida oliy talim muassasalari va Tarmoq markazlariga o‘rnatilgan tartibda ajratiladigan byudjet mablag‘lari, oliy talim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi. 5.
    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
    Talim va o‘qitish sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va talim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Talim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib: talim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
    idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qati nazar, talim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Talim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining manfaatdor davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan quyidagi takliflari qabul qilinsin: Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirish va uning ixtisoslashuvini o‘zgartirish; Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilish.
    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    Namangan - Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni boʻyicha Fargʻona vodiysida oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri.
    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
    Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur talim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘liq tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar tarkibini butlash, zarur moddiy-texnika va o‘quv-laboratoriya bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin. 7. 2017 — 2021 yillarda Oliy talim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taminlash bo‘yicha ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun 75-sonli ilovadagi tarkibga muvofiq Komissiya tashkil qilinsin. 1 — 75-ilovalar berilmaydi. Komissiya (A. N. Aripov): O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy talim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning takliflari bo‘yicha har yili, moliyaviy xarajatlarning umumiy tasdiqlangan parametrlari doirasida, oliy talim muassasalarining o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obektlarini ularning texnik holatini, shuningdek, har bir oliy talim muassasasining moddiy-texnika taminotini inobatga olgan holda qurish, rekonstruksiya qilish, kapital tamirlash va jihozlash manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy talim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning asoslangan takliflari bo‘yicha moliyaviy yil uchun belgilangan kapital qo‘yilmalar doirasida tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar parametrlariga o‘zgartirishlar kiritib borsin; Dasturning amalga oshirilib borishi bo‘yicha tizimli monitoring o‘rnatsin va uning bajarilish natijalarini Vazirlar Mahkamasining yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlari muhokamasiga kiritib borsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin. 9. Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital tamirlash va jihozlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Talim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; Oldingi tahrirga qarang. Navoiy konchilik instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital tamirlash va jihozlash bo‘yicha — idoraviy mansubligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarning o‘z mablag‘lari. (9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 iyundagi PF-5083-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 24-son, 490-modda) 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2018 yil va keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda, Komissiya qarori asosida, oliy talim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital tamirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Talim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi resurslaridan ajratilishini nazarda tutsin. 11. Belgilansinki, Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 2017 — 2021 yillar mobaynida xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan yo‘naltirilgan xayriya mablag‘lari foyda solig‘ini hisoblashda va yagona soliq to‘lovini to‘lashda soliqqa tortish bazasidan chiqariladi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining oliy talim muassasalari o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolari va korpuslari, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlashni loyihalashtirishda qo‘llaniladigan yagona texnik topshiriq va talablar konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihachi tashkilot sifatida «Tashgiprogor» aksiyadorlik jamiyatini belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi, tasarrufida oliy talim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarga oliy talim muassasalarida qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda, jumladan, zarur hollarda, ularga yer maydonlarini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishda va tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishda ko‘maklashsin; oliy talim muassasalarining tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishida optimal texnik sharoitlar yaratilishini taminlasin. Oliy talim muassasalari ixtiyoridagi yer maydonlarini tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirilishi belgilansin. 14. Quyidagilar 2022 yilning 1 yanvarigacha: 2017 — 2021 yillarda Oliy talim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 21 maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2016 yillarda Oliy talim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi doirasida olib kiriladigan zamonaviy o‘quv-laboratoriya, ilmiy-laboratoriya va kompyuter uskunalari, sarflanadigan laboratoriya materiallari (butlovchi materiallar, reaktivlar, kimyoviy idish, biologik materiallar va obektlar), dasturiy mahsulotlar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha xorijiy o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno);
    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    talim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari xo‘jalik yurituvchi subektlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajariladigan amaliy, innovatsion ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha yuridik shaxslarning daromad solig‘i, yagona soliq to‘lovi, qo‘shimcha qiymat solig‘i va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlardan (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) ozod etilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy talim sohasida zamonaviy standartlar talablaridan kelib chiqib, mavjud maydonlardan optimal foydalanish, zamonaviy resurs va energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan qurilish materiallari va butlovchi qismlardan ustuvor foydalanishni nazarda tutgan holda oliy talim muassasalari bo‘yicha shaharsozlik qurilish meyorlari va qoidalarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin; ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlari, berilayotgan ekspert xulosalari va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan doimiy va tizimli nazoratni taminlasin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. N. Yunusxodjaev zimmasiga yuklansin. Ushbu Qaror «Xalq so‘zi» gazetasining 2017 yil 21 apreldagi 79 (6773)-sonida elon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoeV Toshkent sh., 2017 yil 20 aprel, PQ-2909-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ShARH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori oliy talim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning mano-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy talim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8 oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan oliy talim tizimidagi mavjud holatni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, qator oliy talim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, talim jarayonining o‘quv-metodik va axborot taminoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnika bazasi tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy talim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-talim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti. Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy talim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi: har bir oliy talim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-talim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro talim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, talim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish; oliy malumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy talim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish; yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy talim tizimiga keng tatbiq etish, oliy talim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taminlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, oliy talim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish; oliy talim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy talim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish; oliy talimning manaviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak manaviyati va insonparvarlik ananalariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish; oliy talim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital tamirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan taminlash; oliy talim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taminlash, talabalar, o‘qituvchi va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg‘or talim resurslari, ilmiy adabiyotlar va malumotlar bazasi bo‘yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish. Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini to‘liq taminlash maqsadida oliy talim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy talim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy talim tizimini 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, 2017 — 2021 yillarda 48 ta oliy talim muassasasida jami 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital tamirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy talim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy talim muassasasida barcha oliy talim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi. Qarorning muhim ahamiyatini ko‘rsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan har bir oliy talim muassasasi bo‘yicha quyidagi konkret parametr va ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi: oliy talim tizimida yangi talim ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning, shuningdek, iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy ko‘rsatkichlarini 2021 yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 18 foizgacha oshirishni nazarda tutadigan 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan parametr va ko‘rsatkichlari; o‘quv binolari, talabalar turarjoylari, axborot-resurs markazlari va boshqa obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash hisobidan yangi o‘quv o‘rinlarini tashkil etish, yangi o‘quv-laboratoriya komplekslarini sotib olish, auditoriyalarni kompyuter texnikasi bilan jihozlash; professor-o‘qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada talim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy o‘quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan o‘tishi va malaka oshirishi. Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy talim muassasasi bilan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-talim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilgani o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
    Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu.
    Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) - Yevropa jan. da, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin ya.o., Sitsiliya, Sardiniya va b. kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Mayd.
    Fransiya (France), Fransiya Respublikasi (République Française) - Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km².
    Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) - Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat.
    Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, tɛː.han.min.ɡuk̚), tinglang (yordam·maʼlumot)) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh.
    Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga o‘quv jarayoniga jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, oliy talim muassasalari pedagog xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha amaldagi tizimni jiddiy takomillashtirish va bu borada moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga ehtiyoj sezilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq talimi vazirligiga uch oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlari pedagog xodimlariga ularning kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlik va tarbiyaviy sohadagi samarali ishtirokini inobatga olib, ustama haq to‘lashni belgilash tizimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasi topshirildi. Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda iqtidorli yosh pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Istedod» jamg‘armasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xorijiy talim muassasalari va ilmiy markazlarida ilmiy-pedagog xodimlarning malaka oshirishi va qayta tayyorgarlikdan o‘tishini, oliy talim muassasalari bitiruvchilarining PhD dasturi va ularning magistraturada o‘qishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan takliflar kiritish topshirilmoqda. Takidlash joizki, oliy talim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida korxonalarning buyurtmasiga asosan, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini amalga oshiradigan talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan, yagona soliq to‘lovidan, maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy to‘lov va qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilindi. Talim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Talim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi — talim-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, talim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qati nazar, talim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, talim-tarbiya sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat. Oliy talim tizimini 2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar 1,7 trillion so‘mdan ziyod bo‘lib, ulardan 1,2 trillion so‘mi o‘quv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turarjoylarini rekonstruksiya qilish va kapital tamirlashga, 500 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ esa o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan taminlash, umumiy tartibda foydalanishga mo‘ljallangan, barcha talim muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori uzluksiz talim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan taminlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy talim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.

    Download 23.81 Kb.




    Download 23.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarori oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish Chora-tadbirlari to‘G‘risida

    Download 23.81 Kb.