Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi




Download 1,32 Mb.
bet5/76
Sana21.06.2024
Hajmi1,32 Mb.
#264992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

2-bosqich. Eramizgacha bo‘lgan VIII-VI asrlarni o‘z ichiga oladi. «Geografiya» fani rivojlanishining birinchi bosqichini shu kungacha aytilgan barcha fikrlarni inkor qilgan holda «Avesto» ma’lumotlariga asoslanib, «Avestoni» astronomiya, tabiat, ekologiya, qishloq xo‘jaligi va tabiat haqidagi ilmlar birinchi bo‘lib yozib qoldirilganini bilamiz. «Avesto» faqat diniy tushunchalar haqidagi bitiklardan iborat emas, balki yuqorida qayd etilgan fanlarning dastlabki ildizlari yozilgan manba hamdir.
Biz «Avesto» haqida bilmagan, uning yodgorliklari hali insoniyatga ma’lum bo‘lmagan paytlarda, hamma kabi fanning rivojla-nishini Gretsiyadan boshlangan, deb ishonardik. Ammo yer yuzi bo‘ylab, ayniqsa Yevropada «Avesto»shunos olimlar paydo bo‘lib, ular grek-yunon olimlari tabiiy fanlar haqida dastlabki ilmni «Aves-to»dan ko‘chirib, grek-yunongacha tarjima qilib o‘zlariniki qilib o‘zlashtirib olganlarini yozib qoldirganidan so‘ng, dunyoviy fanlar rivojlanishining birinchi bosqichi yoki dastlabki ildizlari bizning yurtimiz Markaziy Osiyoda deb aytishga haqlimiz. Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, fanning rivojlanishi eramizgacha bo‘lgan IV asrdan emas, balki VIII asrdan boshlangan. Hali bu borada ko‘pgina fikrlar aytilishi aniq.
3-bosqich.VIII-XIIasrlarni o‘z ichiga oladi. «Geografiya» rivojiga hissa qo‘shgan ilk olimlardan biri Ahmad ibn Nasr Jayxoniydir. 8–9 asrlarda bu ulug‘ inson Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlarining o‘simliklar va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ilmiy fikrlar, shuningdek, shu mintaqalarda tarqalgan o‘simlik va hayvonlardan aholi tomonidan foydalanilishi va ularning insonlar hayotidagi ahamiyati haqida yozib qoldirilgan.
Qomusiy olimlardan biri bo‘lgan al-Xorazmiy VIII–IX asrlarda yashadi. Xivada tug‘ilgan bu olim, Bag‘dod akademiyasining asoschilari va rahbarlaridan biri sanaladi.
Xorazmiy tabiiy fanlardan, «Astronomiya» va «Geografiya» fanlari rivojiga katta hisa qo‘shgan, u «Algebra» fanining asoschisi. «Algebra» so‘zi uning «Al-kitob al muxtasar fi-hisob aljabr va al muqobila» risolasidan olingan.
Abu Nasr Forobiy ham astronomiya fanining asoschilaridan biri. U Bog‘dodda birinchi observatoriyani qurgan va ilmiy darsliklar yozgan.
Abu Nasr Forobiy tabiiy, ilmiy, ijtimoiy, falsafiy bilimlarga bag‘ishlangan 150 dan ziyod asar yozib qoldirgan.
Ahmad al-Farg‘oniy sharqda IX asrlarda yashab, ijod qilgan buyuk allomalaridan biri bo‘lib, matematika, astronomiya, geografiya fanlarining asoschilaridan hisoblanadi, «Bayt ul hikma» ilmiy markazining tashkilotchilaridan biri.
Abu Ali ibn Sino faqat tibbiyot ilmining asoschisi bo‘lib qolmasdan, matematik, astronom, faylasuf, tabiatshunos olim hamdir.
Abu Rayxon Beruniy 160 dan ziyod asar yozib qoldirgan. Ular astronomiya, fizika, geografiya, geologiya, botanika, tibbiyot, etnografiya, falsafa va boshqa fanlarga oid asarlardir.
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma»sida Andijondan Hindistongacha bo‘lgan joylarning tabiati, iqlimi, o‘simliklari va hayvonlari haqida ma’lumot berdi.
Ulug‘bek Samarqandda ilmiy madrasa ochib, uning boshchiligida astronomiya fani rivojlandi, yulduz yilining uzunligi 365 kun, 6 soat, 10 minutu 8 sekundligini aniqladi. Texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda aniqlangan yulduz yili uzunligi bilan Ulug‘bek aniqlangan bu muddat orasidagi bu farq bori-yo‘g‘i 1 minutu 2 sekunddir.
O‘rta asrlarda Sharqda ilm-fan juda tezlik bilan rivojlandi. Sharq olimlari yunon olimlarining ilmiy asarlarini o‘rgandilar va ularni o‘z tillariga tarjima qildilar. O‘rta asrda birinchi arab universitetlari va akademiyalari ochildi.
Yevropa olimlari esa qadimgi grek olimlarining asarlari bilan arablarning tarjimalari orqali tanishdilar, xalos.

Download 1,32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Download 1,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

Download 1,32 Mb.