Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi




Download 1,32 Mb.
bet53/76
Sana21.06.2024
Hajmi1,32 Mb.
#264992
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

Yakka tushunchalar – bu yoki boshqa narsalarga, xodisalariga xos bo‘lgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustaxkamlansa, yakka tushuncha nomlar yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo‘lmaydi.
Yakka tushunchalarini shakllantira borib, umumiy tushunchani ochishga alohida e’tibor berish lozim.
Geografiya darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig‘ma tushunchalar ham shakllanadi. Ular umumiy belgilarga ega bo‘lgan yakka tushunchalardat tarkib topadi. Yig‘ma tushunchalarga kiradigan har bir yakka tushuncha o‘zining individual hususiyatini saqlaydi.
Tabiatga doir bilimlarni o’rganishda tafakkur asosiy o’rinda turadi. Atrofimizdagi borliqni bilishning 2 turi farqlanadi. Sezish orqali va mantiqiy bilish. Geografiya dasturining maqsadi o’quvchilarning tevarak-atrofdagi borliqni kuzatishlari asosida ular haqida to’g’ri tasavvur va tushunchalarni shakllantirishdan iborat. Olingan tasavvurlar asosida real borliq bilan ongli ravishda munosabat o’rnatishlari lozim.
Geografiya dasturi biologik, geografik, fizik, kimyoviy jarayonlarga oid elementar tushunchalarning o’zlashtirishini ko’zda tutadi. Ta‘lim jarayonida eng muhim Geografiya tushunchalarini ajratib yetkazilishi talab etiladi. Geografiya tushunchalari - umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan jismlar, hodisalar, jaryonlarning butun guruhi to’g’risidagi umumlashgan bilimlardir. Xususan “o’simliklar” tushunchasiga barcha o’simliklar uchun umumiy bo’lgan, muhim belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil mavjudotlar kiradi. Ularning barchasi o’sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko’payadi va u tirik organzm hisoblanadi.
Tushunchalar tasavvurlardan farqlanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tashqi jism va hodisalarni sezgi a‘zolari vositasida ilg’aydilar, ayrim sifat belgilarini bilib oladilar. Xususan, bola jismning shakli va hajmini sezish orqali bilib oladi, ya‘ni uning ongida aks etadi. Masalan, meva, tarvuz yoki qushni ko’rishi bilan ularning tasviri bola ongida aks etadi. Meva va sabzavotlarning shakli, rangi, mazasini aniqlagach bolada yaxlit tushuncha hosil bo’ladi, bu esa idrokni boshlanishi bilan belgilanadi. Bu tasvirlar xotirada ushlanaib qoladi. Olamni idrok etish jonli mushohada, psixologik tomondan his etish va qabul qilinishni ta‘minlaydi, ular borliq qiyofasini miyaga yetkazadi. Tabiat sirlariga chuqur kirib borish uchun olingan axborotga ishlov berish, uni qayta ishlash kerak.
Tasavvur sezgi organlari faoliyatining, xotiraning mahsuli bo’lsa, tushunchalar esa tafakkur mahsulidir. Ular o’rtasida ijodiy bog’lanish mavjud. Bu bog’lanish o’y-xayol va tafakkurni yagona fikrlash faoliyati deb hisoblashga imkon beradi. Ular orasida ham farqlar bor: o’y-xayol - bu ilgari qabul qilinganlar orasida yangi qiyofalarni vujudga keltirishdir, tafakkur esa – o’rab olgan olamni umumlashgan holda idrok qilish jarayonidir, ya‘ni tushunchalardir. Bu fikrlar nisbiy bo’lib, har qanday xayoliy fikr ham real borliqni aks ettiradi. Masalan, gulni, qushni, kompasni tasavvur qilish uchun ularga bir qarab qo’yish kifoya. Ular to’g’risida tushuncha hosil qilish uchun esa aniq va keng ma‘lumotlar va ularni tizimlashtirish bo’yicha fikrlash kerak bo’ladi. Tasavvurlar ayrim jismlarning qiyofasi bo’lsa, tushunchalar esa biror sinfiga taaluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi.
Barcha tushunchalar tahlildan boshlanadi. Konkret ob‘ektlar, narsalar fikran belgi va xususiyatlarga ajratiladi, keyin qandaydir biror belgi ajralib chiqadi va mavhumlashtirish boshlanadi, chunki biz bilgan boshqa belgilardan chetlashamiz, narsa va hodisalarni bizni qiziqtirishi nuqtai-nazaridan qarab chiqamiz.
1-2 sinflarda o’quvchilar “Atrofimizdagi olam” predmetidan umumiy Geografiya tushunchalarini egalaydilar. Keyingi sinflarda ular tajribalar o’tkazish, kuzatishlar, sayohatlar, amaliy ishlar, paytida tabiat to’g’risida aniq tushunchalarga ega bo’ladilar.
Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o’qituvchi:
1) jismlarni maqsadga yo’nalgan holda qabul qilib olishni tashkil etish;
2) tabiat jismlari to’g’risidagi har bir yangi tushunchani tahlil qilish va barcha jismlardagi muhim belgilarni ajratish.
3) 2-darajali, uncha muhim bo’lmagan barcha belgilarni mavhumlashtirish, muhim belgilarini saqlagan (masalan, lola va binafsha, boychechak va lola) jismlardan foydalanish lozim.
Kursda tushunchalar umumlashtirish va mavhumlashtirishning darajalari har xildir. Ularning ta‘rifi: mazmuni; hajmi; shu tushunchaning boshqa tushuncha bilan bog’lanishi.
Mazmun tushunchalarning eng muhim belgilari bilan xarakterlanadi. Tabiatdagi jism va hodisalarning “belgi” va “eng muhim belgisi” farqlanadi. N.I. Kondakov “Belgi - bu barcha narsa va hodisalarning ko’rsatgichi, tomonidir, ularga qarab narsa va hodisalarni tanlab olish, aniqlash yoki ta‘riflash mumkin”, - deb belgilaydi, “Eng muhim belgi - bu shunday belgiki, unda narsaning tub tabiati ifodalanadi, shu bilan boshqa tur va guruhdagi narsalardan farqlanadi… Agar bu belgi mustasno qilinsa, bunda tushuncha parchalanadi, mavjud bo’lmay qoladi.
Mazmuniga qarab tushunchalar 2 ga - oddiy va murakkabga bo’linadi. Masalan, “Quruqlik yuzasining shakllari” mavzusi bo’yicha murakkab tushuncha. Uning eng muhim belgisi: tekis yuza (tekislik) ning ko’tarilgan (tepalik, tog’lar), pasayganligi (tog’ oralig’i - jarlik) dir. Shu paytning o’zida tepalikka oddiy tushuncha sifatida ham qarashimiz mumkin; uning eng muhim belgisi – tagi-osti, cho’qqili va yon bag’irligidir.
Oddiy tushunchalar jism yoki tabiat hodisalari haqidagi bir elementdan iborat bo’lgan bilimlarni o’z ichiga oladi. Masalan, “fazo yo’li” tushunchasi yerning osmon bilan bog’lanish yo’li bilan xarakterlanadi. Har bir oddiy tushuncha murakkablashib boradi. Bir elementga qaratilgan oddiy bilimga boshqalari qo’shilib boradi, birlashadi va nihoyat murakkablashadi.

Download 1,32 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Download 1,32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

Download 1,32 Mb.