242
Universitetda ta’lim sohasida raqamlashtirish bo‘yicha bajarilgan ishlardan yana biri
mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari uchun yagona axborot tizimi hisoblangan HEMIS
axborot tizimining yo‘lga qo‘yilganligidir.
Ushbu axborot tizimi “Ma’muriy boshqaruv”,
“O‘quv jarayoni”, “Ilmiy faoliyat” va “Moliyaviy boshqaruv” modullarini o‘z ichiga olgan.
Ushbu axborot tizimi universitet serveriga o‘rnatilgan bo‘lib, barcha talabalar, professor-
o‘qituvchilar, ishchi xodimlar axborot tizimi bazasiga to‘liq kiritilgan. HEMIS tizimidagi
talabalar bazasi hukumat portali bilan to‘liq integratsioya qilingan va hozirgi paytda
“O‘qish joyidan ma’lumotnoma” shu axborot tizimiga murojaat qilish orqali beriladi.
Axborot tizimi talabalar uchun modul-kredit tizimi asosida qurilgan. Talabalar o‘z
profillaridan dars jadvali, qoldirgan darslar soati, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar haqida
ma’lumot olishlari mumkin.
Shuningdek ushbu axborot tizimidan professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar uchun
“Ish joyidan ma’lumotnoma olish” interaktiv xizmatini joriy qilish uchun tegishli axborot
tizimlariga integratsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Quyida Hemis axborot tizimining
o‘qituvchi profili aks ettirilgan(1-rasm).
1-rasm. Hemis axborot tizimining o‘qituvchi profilidagi ko‘rinishi
Universitetda raqamli texnologiyalarni joriy qilishda yana bir qo‘yilgan katta qamlardan
biri bu E-minbar tizimining joriy etilganligidir. Ushbu texnologiyaning ishlash prinsipi
haqida to‘xtalamiz:
FINGERPRINT
qurilmasi talaba va professor o‘qituvchilarni skanerlash asosida
davomatini avtomatik ravishda aniqlaydi hamda markaziy serverga qayd etib boradi.
Ushbu elektron qaydlar yordamida guruh, fakultetlar kesimida joriy sanada
mashg‘ulotlarda qatnashmayotgan talabalar, semestr davomida ko‘p dars qoldirgan
talabalar to‘g‘risidagi hisobot shakllantiriladi. Elektron minbar dars materiallarini mavzu
bayonidan chalg‘imasdan tushuntirishda yangi texnologiya bo‘lib o‘quvchi uchun kerakli
bo‘lgan ma’lumot va uskunalar bilan jihozlangan. Dars vaqtida ko‘p bajariladigan masalan,
proyektor ekranini boshqarish, yoritish chiroqlarini uchirish va yoqish, xonadagi
pardalarni tushirish va ko‘tarish kabi amallarni o‘qituvchi o‘z joyidan turib